Jumaniyozov Murodjon - Mahsulot tannarxini hisoblashning o‘rtacha xarajatlar usuli belgilangan muddat boshi uchun tugallanmagan ishlab chiqarishdagi mahsulotni hisobot davri davomida boshlangan va tugatilgan sifatida ko‘rib chiqadi. Bunda “asosiy ishlab chiqarish” hisobkitob schyotida yig‘ilgan barcha (yil boshiga qolgan qoldiqlarni hisobga olgan holdagi) xarajatlar hisobot davrida ishlab chiqarilgan shartli tayyor mahsulot birligiga bo‘linadi. FIFO usulida hisobot davrining boshida birinchi navbatda tugallanmagan ishlab chiqarish mahsulotlari tugallangan ko‘rinish oladi, shundan keyin yangi mahsulot ishlab chiqariladi. FIFO usuli mohiyatini tushunish birmuncha qiyin bo‘lsa ham, real holatdan kelib chiqib o‘rtacha xarajatlar usuliga nisbatan aniqroq natijalarni berishi bilan o‘ziga xosdir.
- Bu usul bo’yicha mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda ikki usuldan foydalaniladi: O’rtacha hisob usuli – bu usulda barcha xarajatlar, shu jumladan, hisobot davri boshidagi qoldiq summasi ham qo’shilib, shu davrda ishlab chiqarilgan shartli tayyor mahsulot soniga bo’linadi; FIFO usuli – bu usulda hisobot davri boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i tugatiladi, so’ngra yangi mahsulot ishlab chiqarish amalga oshiriladi. “FIFO” usuli murakkabroq, lekin “o’rtacha hisob usuli”ga qaraganda katta aniqlikka ega, aniq sharoit va holatlarni hisobga olish imkoniyati kata va ko’pincha qo’llaniladigan usul hisoblanadi.
- Shuning uchun FIFO usuli mohiyatini atroflicha ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashning jarayonli usulidan foydalangan holda tayyor mahsulot tannarxini hisoblash uchta tahliliy jadvallar tuzilishiga asoslanadi: 1-jadval: Shartli ishlab chiqarish hajmini hisoblash jadvali; 2-jadval: Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxi tahlili; 3-jadval: Yakuniy tannarxni hisoblash.
- Ana shu tahliliy jadvallardagi ma’lumotlardan foydalanib, tayyor mahsulotga olib boriladigan xarajatlar miqdori va tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i sifatida qoldiriladigan qismini aniqlash mumkin. Xarajatlar hisobini jarayonli usulining ikki varianti mavjud: yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz. Yarim tayyor mahsulotli usuldahar bir oldingi qayta ishlangan mahsulot keyingi qayta ishlov uchun yarim tayyor mahsulot hisoblanadi va u tashqariga sotilishi mumkin. Bu yarim tayyor mahsulotlarni haqiqiy, normativ yoki rejali tannarx bo‘yicha, hisob-kitob yoki mahsulotni sotish baholari bo‘yicha baholash zaruratini belgilaydi.Bu variantda yarim tayyor mahsulotlar qiymati alohida 2100 - “O‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar” nomli aktiv schyotda aks ettiriladi. Yarim tayyor mahsulotsiz usulda har bir qayta ishlov bo‘yicha, asosan, faqat ishlov berishga ketgan xarajatlar olinadi. Tayyor mahsulot tannarxi xomashyo, dastlabki materiallar xarajatlari, barcha qayta ishlash xarajatlari va boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini umumlashtirish bilan aniqlanadi. Bunda faqat tayyor mahsulot tannarxi kalkulyatsiya qilinadi.
- Mahsulot birligiga sarflarni aniqlash uchun qilingan barcha ishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga taqsimlash lozim. Mahsulot birligiga xarajatlar boshqa jarayonga (bo’linmaga) berilgan mahsulotga va davr oxirida jarayon zahirasidagi (shu bo’linmadagi) mahsulotga xarajatlarni o’tkazish uchun bazadir. Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’lmaganda, ya’ni jarayonga kiritilgan barcha mahsulot birliklariga ma’lum davrda ishlov berish tugallangan bo’lganda hisoblar oson bo’lar edi. Amalda davr boshida (oxirida) mahsulotga ishlov berish qisman tugallangan hamda, tugallanmagan birliklarga ham taqsimlanishi kerak.Bunda ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida hisobot davri boshlanishida va oxirida hamisha bo’ladigan tugallanmagan ishlab chiqarish shartli tugallangan buyumga aylantirib hisoblanadi. Bu miqdor quyidagi summaga tenglashtiriladi:
- Mazkur hisobot davrida boshlangan va tugallangan buyumlarning umumiy miqdoriga;
- Hisobot davri boshida va oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish ustida bajarilgan ishlar aks ettiruvchi yig’masiga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |