1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi


Qurilish texnologiyalarining mexnat resurslari


Download 124.21 Kb.
bet11/21
Sana17.09.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1680192
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
1-Mavzu

Qurilish texnologiyalarining mexnat resurslari

      1. Qurilishdagi ishchilarning kasblari va malakalari


Qurilish jarayonlarining xilma xilligi ularni bajarish uchun zarur bilimga va amaliy tajribaga ega turli kasbdagi ishchilarni jalb etishni talab etadi.
Ishchilarning kasblari – bu ularning doimiy faoliyati bo‘lib, ular bajaradigan ishlarning (montajchi, betonchi, bo‘yoqchi) turi va xususiyati bilan belgilanadi.
Mutaxassislik (ixtisos) – mazkur ish turi bo‘yicha yanada tor ixtisoslik (montajchi-yuqorida ishlovchi, temir beton yoki metall konstruktsiyalar montajchisi). Turli xil qurilish ishlari va jarayonlarini bajarish uchun tayyorgarlik darajasi turlicha bo‘lgan, ya’ni turli malakaga ega ishchilar kerak.
Malaka – ma’lum bir murakkablikdagi ishni bajarish uchun bilim va malakalarning mavjudligi. Malakaning ko‘rsatkichi razryad hisoblanib, u har bir kasbning va razryadning malaka tavsiflariga muvofiq o‘rnatiladi.
Qurilishda ishlar va kasblarning yagona tarif-malaka ma’lumotnomasi (YaTMM) da qurilishda qabul qilingan 6 razryadli to‘rni hisobga olib, 179 ta kasbni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotnomada u yoki bu ishni bajarishning bilimi va malakalariga nisbatan turli kasb ishchilariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Bajariladigan qurilish jarayonlarining murakkabligiga mos holda asosiy kasblar ishchilari uchun oltita malaka razryadi belgilangan:

  1. razryad – yetarlicha mexnat malakalariga ega bo‘lish va mexnat havfsizligi qoidalarini bilish;

  2. razryad – ayrim kasbiy malakalarga ega bo‘lishi zarur;

zarur;


  1. razryad – bilim va malakalarning ma’lum kasbiy darajasiga ega bo‘lishi


  1. razryad – o‘rtacha murakkablikdagi jarayonlarni bajarish uchun maxsus va

nazariy tayyorgarlik hamda katta kasbiy stajga ega bo‘lishi talab etiladi;

  1. razryad –murakkab jarayonlarni bajarish uchun yuqori malaka va bilimlar, zveno yoki brigada boshlig‘i bo‘lib ishlash uchun tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi zarur;

  2. razryad – nihoyatda murakkab jarayonlar.

Yangi razryad berish – ishlab chiqarish sinovlari natijasi, malaka komissiyasining bayonnomasi bilan (u bajarayotgan ishga quyilgan malaka talablariga amal qilgan holda), qurilish tashkiloti bo‘yicha buyruq bilan va mexnat daftarchasiga yozib qo‘ygan holda yangi guvohnoma berish bilan rasmiylashtiriladi. Taqdim etilayotgan razryadga muvofiq zarur bilimlardan tashqari ishchi bajarilayotgan jarayonning o‘ziga xos xususiyatini, uni ishlab chiqarish texnologiyasini, mexnat muhofazasi qoidalarini, ichki mehnat tartibi qoidalari, qo‘shni qurilish mutaxassisliklari bo‘yicha ishlar sifatiga talablarni bilishi kerak.
Qurilish ishchi kadrlari kasb – hunar kollejlarida, o‘quv punktlarida va kombinatlarda, qurilish maydonlarida o‘qitish va malakasini oshirish yo‘li bilan tayyorlanadi.



Download 124.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling