Mavzu: Inson tanasining harakat dinamikasi


Download 111.93 Kb.
bet1/3
Sana10.11.2023
Hajmi111.93 Kb.
#1764912
  1   2   3
Bog'liq
Inson tanasining harakat dinamikasi


Mavzu: Inson tanasining harakat dinamikasi
Tana geometriyasi (tana massasining joylashishi) quyidagi ko'rsatkichlar — zvenoning og'irligi, zvenoning og'irlik markazi, butun bir tananing og'irlik markazi, inersiya momenti va boshqalar bilan ifodalanadi. Har bir zvenoning og'irligi butun bir tananing og'irligidan kelib chiqadi. Tana har bir zvenosining nisbiy og'irligi quyidagi rasmda ko'rsatilgan. Lekin, bu ko'rsatilgan nisbiy og'irliklar taxminan berilgan. Zvenolarning nisbiy og'irligi doimiy emas.
Masalan, vazni 60 kg odam semirib, 90 kg ga yetsa, bunda hamma zvenolarining massasi ham 1,5 marta oshdi deyolmaymiz. Chunki bosh, oyoq panjalari va q o i
panjalarining og'irligi 1,5 marta oshmaydi. Qattiq tanalar va jismlarning og'irlik markazi aniq joyda bo'ladi. Bu nuqta tanaga nisbatan harakatsiz bo'ladi. Lekin,
odam tanasining yoki boshqa tirik sistemalarning og'irlik markazi bir nuqtada boimaydi, u doim joyini o'zgartirib turadi, massalar siljigan tomonga qarab yo'naladi. Biomexanikada har bir zvenoning va butun bir tananing og'irlik markazi aniqlanadi. Antropometrik tik holatda turgan odam tanasining umumiy og'irlik markazi (u.o.m.) taxminan 2 - 3 - dumg'aza umurtqalari orasida bo'ladi. Yotgan odam tanasining u.o.m. taxminan 1% yuqoriga ko'tariladi. Ayollarning u.o.m. erkaklarnikiga qaraganda 1—2% pastroqdajoylashadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda u.o.m. kattalardagiga qaraganda 10—15%

yuqoriroqda joylashadi. Bularning hammasi odam tanasining


tuzilishiga bogiiq. Odam o'z tanasining holatini (pozasini) o'zgartirganda, u.o.m. tana massasi siljigan tomonga qarab siljiydi, bir xil vaqtda tanadan tashqariga ham chiqib ketishi mumkin. Masalan, „gimnastika ko'prigi,, mashqini bajargan vaqtda. Zvenolarda proksimal (tanaga yaqin joylashgan) uchi va distal (tanadan uzoqroqda joylashgan) uchi farq qilinadi. Zvenoning proksimal uchidan og'irlik markazigacha bo'lgan masofa og'irlik markazining radiusi hisoblanadi. Bu radius
zvenoning butun bir uzunligiga nisbatan olinadi. Gavda og'irlik markazining radiusi—0,44, yelkaniki—0,47, bilakniki—0,42, sonniki—0,44, boldirniki—0,42 ni tashkil etadi. Boshning og'irlik markazi kalla suyagining turk egari markazida joylashgan bo'ladi. Qo'l panjasining og'irlik markazi barmoq falangalarining 3-si boshlanadigan joyda bo'ladi.

Kuch ta'sirida tananing muvozanatini aniqlashda u.o.m in lulisli katta ahamiyatga ega. I ana qismlarining yig'indisini aniqlashda odamda 1 juft
qo'l va oyoq borligini unutmang. Odam tanasining suvdagi yoki havo oqimidagi muvozanatini aniqlash uchun, tananing hajmi va vu/asining markazlarini bilish shart. Suyuqlikka butunlay botirilgan odam tanasini itarib t luqaruvchi kuch ta'sir etgan nuqta — odam tanasining luijm markazi deb ataladi. Odam tanasining massasi bir h kisda joylashmaganligi uchun og'irlik va hajm markazlari I>11 nuqtada joylashmaydi. Hajm markazi og'irlik markaziga q.iiaganda 2—6 sm yuqoriroqda joylashgan bo'ladi. Odam chuqur nafas olganda, hajm markazi bosh tomonga qarab illiydi.
Odam tanasining holatiga qarab, tashqi muhitdan kuch la'sir etadi. Kuchlar yig'indisi ta'sir etgan nuqta tana vuzasining markazi deb ataladi. Tana juda katta tezlik bilan uchganda (parashutda, chang'ida sakraganda), havo oqimi liida katta qarshilik ko'rsatgan vaqtda, og'irlik va yuza markazlari tana muvozanatini saqlashda katta ahamiyatga
ega bo'ladi.
Tanaga ta'sir ko'rsatadigan kuchlarning hammasi ikki lurga—ichki va tashqi kuchlarga bo'linadi. Tashqi kuchlar odam tanasiga tashqi muhitdan ta'sir ko'rsatadi. Bunday kuchlarga tayanch sathining qarshilik
ko'rsatishi, turli sport anjomlarining ta'siri, boshqa insonlar ta'siri, tashqi muhit ta'siri va hokazolar kiradi. Shu kuchlar ta'siridagina og'irlik markazi tezligini va trayektoriyasini o'/gartirish mumkin. Agar bu kuchlarning ta'siri boimasa, tana o'zining tinch holatini yoki harakatini saqlab qolaveradi. Bu kuchlarning kattaligi, yo'nalishi va ta'sir etish
nuqtasi o'zgarib turadi. Shuning uchun odamning o'z harakatlarini bajaruvchi tashqi sharoiti doimiy emas. Ichki kuchlar tana qismlarining bir-biriga ta'sir ko'rsatishi natijasida yuzaga keladi. Bu kuchlarni, asosan,
muskullarning tortish kuchlari yuzaga keltiradi. Muskullarning tortish kuchlari ichki aktiv kuchlarga kirishi natijasida kamayib va ko'payib turadi, ularning kuch yelkalari va aylanish momentlari o'zgarib turadi. Bu o ' z g a r i s h l a r d a mexanik t a ' s i r d a n tashqari, nerv sistemasining ta'siri ham katta rol o'ynaydi. Tashqi tanalarning inersiya kuchlari odam tanasiga ta'sir etuvchi kuchlar — kontakt va distant kuchlarga bo'linadi. Kontakt kuchlar tanaga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Masalan, sport vositalari. Distant kuchlar ma'lum bir masofadan o'z
ta'sirini ko'rsatadi. Masalan Yerning tortish kuchi. Tashqi kuchlar ta'sirida odamning harakatlari o'zgaradi, bu kuchlar harakatning tezlanishini yuzaga keltiradi. Bunday holatda inersiya kuchlari hosil bo'ladi. Tashqi tanalarning inersiya kuchi quyidagicha formula bilan
ifodalanadi:
F = — m a,
in '

Download 111.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling