№1 amaliyot ishi mavzu: Axborot xarakteristikalarini hisoblash Ishdan maqsad
Download 122.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-dedlayn (2)
№ 1 AMALIYOT ISHI Mavzu: Axborot xarakteristikalarini hisoblash Ishdan maqsad: Shartli entropiya va birlashma entropiya va natijalarni taxlil qilish. Nazariy qism. Shartli entropiya informatsiya nazariyasida kodlanuvchi alfavit simvollari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashda, aloqa kanallari bo‘yicha informatsiya uzatishdagi yo‘qotishlarni aniqlashda va birlashma entropiyani xisoblashda ishlatiladi. Entropiyalarni jamlash qoidasiga muvofiq ikkita mazmun jixatidan turli (mustaqil) kitoblardagi informatsiya miqdori – aloxida kitoblardagi informatsiya miqdorlarining yig‘indisiga teng. Agar bir kitob ikkinchi kitobning qismini o‘z ichiga olsa, ushbu ikki kitobdagi informatsiya miqdori aloxida kitoblardagi informatsiya miqdorlarlarining yig‘indisiga teng bo‘lmaydi, balki undan kam bo‘ladi. Bu xolda informatsiya miqdorini o‘lchashda shartli entropiya tushunchasidan foydalaniladi. Shartli entropiyani xisoblashda shartli ehtimolliklar u yoki bu ko‘rinishda ishlatiladi. Agar n ta xabar uzatilganida A simvoli m marta, B simvoli l marta, A simvoli B simaoli bilan birgalikda k marta paydo bo‘lgan bo‘lsa A simvolning paydo bo‘lish ehtimolligi ; B simvolning paydo bo‘lish ehtimolligi ; A va B simvollarning birgalikda paydo bo‘lish ehtimolligi p ; B simvolga nisbatan A simvolning paydo bo‘lishining shartli ehtimolligi ; A simvolga nisbatan B simvolning paydo bo‘lishining shartli ehtimolligi . Ushbu ifodalardan foydalanib A va B simvollarning birgalikda paydo bo‘lish ehtimolligini aniqlash mumkin. Download 122.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling