1. Amir Temur davlatni boshqarishda qanday tamoyillarni asos qilib olgan?


Mahalliy boshqaruvning amalga oshirilishi


Download 0.96 Mb.
bet3/6
Sana04.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1077999
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-Variant

Mahalliy boshqaruvning amalga oshirilishi
Temur tuzuklariga asosan har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda xabar yozuvchilar tayinlangan.Ular hokimlar, raiyat, sipoh va lashkarlarning xatti-harakati haqida, atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, begona kishilar, qo'shni davlatlar va boshqalar haqida xabar yetkazib turishlari lozim edi.Shu bilan birga, ular armiyadagi holat, lashkarlarning jangovor tayyorligi va ma'naviy sifatlari to'g'risida ham axborot berib turganlar.Bundan tashqari yana «mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib-yuguruvchi kishini chopqunchi, riling nafar tezyurar piyodani chopar etib tayinlangan».Ular turli mamlakatlaiy sarhadlarning xabarlarini, qo'shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini yetkazib turganlar.Har bir shahar va qishloqqa qutvol (qal'a boshlig'i - komendant) tayinlanib, u sipohu raiyatga soqchilik qilgan va turli xil o'g'irliklardan himoya qilib turishi lozim bo'lgan. Bundan tashqari maxsus yo'l kuzatuvchilari, zobitlar ( idora etuvchi qo'shin boshliqlari) tayinlanib, yo'llarni qo'riqlab, o'tkinchilar,savdogarlar, musofirlarni kuzatib,mol-mulki va boshqa narsalarni manzildan-manzilga yetkazib qo'yish majburiyatiga ega bo'lganlar.Yo'lda birortasining narsasi yo'qolsa,o’zi o'ldirilsa yoki biror korhol yuz bersa, hamma uchun javob berganlar.Temur arzbegi mansabini ta'sis etgan. U sipoh,raiyat yoki ariza va shikoyat bilan kelganlarning ahvolini, mamlakat obodonchiligini, muhim jshlardan qaysi biri bitgan-bitmaganligini hal qilgan.Temur hokimiyati ostidagi o'troq dehqon ommasi va shahar aholisini boshqarish viloyatlaming hokimlari - valilar, o'lkalar - beklar va shaharlar - hokimlar tomonidan amalga oshirilgan.Kentlar (uyezd) va qishloqlar tepasida arboblar turgan. Ular viloyat va okruglarning hokimlari tomonidan tayinlangan.Mahalliy hokimiyat boshliqlari asosan aholidan soliq va o'lponlarni yig'ishni va bularni davlat xazinasiga o'z vaqtida yetkazishni kuzatib turganlar.Har bir viloyat, tuman va shaharlarda moliya ishlarini 3 ta vazir yuritgan: 1) xiroj va miqdorini belgilashi va uni yig'ish bilan shug'ullanuvchi vazir; 2) navkarlar o'rtasida soliqlardan tushgan mablag'larni taqsimlovchi vazir; 3) egasiz mulklarni boshqaruvchi vazir.Ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi aholi ichida mahalliy hokimiyat tumanlar va uluslarning hokimlariga tegishli "bo'lgan. Bu yerlarda aholi orasida urug'-qabilachilik an'analari saqlanib qolgan bo'lib,u asta-sekin shariat normalari tomonidan siqib chiqarilgan. 



  1. Motivlashtirish.

Motivlashtirish-bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faolligining manbaasi, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir.
Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish-bu kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan maqsadga muvofiq yo‘naltirishdir. U mua’yan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo‘ladi.

Ehtiyojlar va ularning turlari:
1. Birlamchi (fiziologik ) ehtiyojlar ya‟ni:
 oziq-ovqat
 kiyim kechak
 uy-joylarga bo„lgan ehtiyojlar
 *dam olish va sog„liqga
Ikkilamchi darajadagi ehtiyojlar: ( sotsial ehtiyojlar),
 ijodiy mehnatga
 oila va muhabbatga
 bilim va axborotga
toat ibodatga, jasoratga
 zurriyotni davom ettirishga
 tartib va barqarorlikka
 bo„sh vaqt va dam olishga
 o„zlikni anglashga va boshqalar
Jahon amaliyotida motivatsiya vositasida unumli mehnatga chorlashning turli nazariyalari mavjud. Bular jumlasiga:
 ehtiyojlar ustunligi nazariyasi
 ”X”(iks) va “Y”(igrek) nazariyasi
kutish nazariyasi
 boisiy(gigienik) tozalanish nazariyasi
 adolatlilik (haqqoniylik) nazariyasi

  1. Menejmentda strategik boshqaruv tushunchasi.

«Strategik boshqaruv» termini yuqori darajadagi boshqaruvni ishlab chiqarish darajasidagi joriy boshqaruvdan farqini aks ettirish uchun 60-70-yillarda muomalaga kiritilgan. Operativ boshqaruvdan strategik boshqaruvga o’tishning mohiyatini aks ettiruvchi asosiy g’oya sifatida yuqori rahbariyat diqqat markazini atrof muhitdagi o’zgarishlarga muvofiq tarzda va o’z vaqtida ta’sir ko’rsatish uchun tashqi muhitga o’tkazish zaruriyati sifatidagi g’oya bo’ldi.


Strategik boshqaruv nazariyasining nufuzli ishlab chiqaruvchilari tomonidan taklif etilgan bir qancha ta’riflarni ko’rib chiqaylik. Shendel va Xatten uni «tashkilotni uning atorfidagi muhit bilan aloqani aniqlash va o’rnatish jarayoni» sifatida tushunganlar. Ushbu jarayon tanlangan maqsadlarni amalga oshirish va resurslarni taqsimlash vositasida atrof muhit bilan kungildagiday o’zaro munosabatlar xolatiga erishish xarakatlaridan iborat.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling