1 «Ana xolos»


Download 17.56 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi17.56 Kb.
#1054788
  1   2   3   4   5

1-vaziyat. Siz dars mashg`ulotini boshladingiz. Talabalar tinchlikni saqlagan holda Sizni tinglayapti. To’satdan kimdir ovoz chiqarib kulib yubordi. Siz hech narsa deyishga ulgurmay, kulgan o’quvchiga qaraganingizda, u: «Sizga qarasam doim kulgim kelaveradi», - dedi.
Siz bu vaziyatdan qanday chiqib ketgan bo’lar edingiz? Quyidagi variantlardan o’zingizga ma`qul bo’lgan javobni belgilang:
1) «Ana xolos»;
2) «Senga nima kulgili tuyuladi?»;
3) «Unday bo’lsa, bemalol kulavering»;
4) «Siz axmoqmisiz?»;
5) «Men quvnoq insonlarni yoqtiraman»;
6) «Kayfiyatingizning yaxshiligidan xursandman»;
7) . . . . . . . . . . .
2-vaziyat. O’quv yilining boshidayoq yoki bir nechta mashg`ulotni o’tkazganingizdan so’ng talabalar Sizga: «Siz pedagog sifatida bizga nimalarnidir o’rgata olasiz deb o’ylay olmaymiz», - deb qolishdi. Bu vaziyatda Siz qanday yo’l tutasiz?
Javob variantlari:
1) «Sizlarning vazifangiz o’qish-menga o’rgatish emas»;
2) «Sizlarga o’xshaganlarga hech nimani o’rgata olmayman, albatta»;
3) «Balki boshqa o’qituvchida o’qiganingiz ma`quldir»
4) «Sizlarning umuman o’qigingiz yo’q»;
5) «Aytinglar-chi, nega shunday deb o’ylayapsizlar»;
6) «Kelinglar, xotirjam gaplashib olamiz, mening xulq-atvorimdagi nimadir sizlarda shunday fikrni uyg`otayotgandir».
7) . . . . . . . . . . . . . . .
3-vaziyat. O’qituvchi talabaga topshiriq berdi. Talabada esa uni bajarishga xohish yo’q, shuning uchun: «Buni bajarishni istamayman»,- deb ochiq aytdi. Bu vaziyatda Siz qanday yo’l tutasiz? Javob variantlari:
1) «Istamasangiz - majbur qilaman»;
2) «Unda nima uchun o’qishga keldingiz»;
3) «O’zingizga yomon, savodsiz bo’lib qolasiz. Sizning xulqing, o’zining yuzini ko’rib, burnini kesmoqchi bo’lgan odamga o’xshaydi»;
4) «Siz bunday holat nimalarga olib kelishini o’ylab ko’ring»;
5) «Nima uchunligini ayta olasizmi?»;
6) «Keling, o’tirib gaplashib olamiz, balki siz to’g`ri aytayotgandirsiz»;
7) . . . . . . . . . . . . .



Download 17.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling