1 «Ana xolos»


Download 17.56 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi17.56 Kb.
#1054788
1   2   3   4   5
4-vaziyat. Talaba o’zidan qoniqmay, o’quv materiallarini o’zlashtirib olish qobiliyatiga ikkilanib, o’qituvchidan: «Men ham qachondir a`lochi bo’lib, o’qiy olamanmi? Sinfdoshlardan orqada qolmasligim mumkinmi?»,- deb so’raydi. Bu vaziyatda Siz unga qanday javob berasiz? Javob variantlari:
1) «To’g`risini aytsam- ishonqiramay turibman»;
2) «Ha, albatta, bunga shubhasiz ikkilanmasligingiz kerak»;
3) «Siz ajoyib qobiliyatga egasiz, Sizdan umidim katta»;
4) «Nega Siz o’zingizga ishonmaysiz, qobiliyatingizdan ikkilanasiz?»;
5) «Keling, gaplashib, muammolarini aniqlab olamiz»;
6) «Hammasi ikkimizning qanday ishlashimizga bog`liq»;
7) . . . . . . . . . . . . . . .
5-vaziyat. Talaba o’qituvchiga «Keyingi ikki darsingizda ishtirok eta olmayman. Sababi sport musobaqalarida (yoshlar ansambllari kontserti, do’stlarim bilan sayr etish, dam olmoqchiman) tomoshabin bo’lib ishtirok etmoqchiman»,- dedi. Bu vaziyatda Sizning javobingiz qanday bo’ladi? Javob variantlari:
1) «Qani kelmangchi?»;
2) «Keyingi darsga ota-onangiz bilan kelishingizga to’g`ri keladi»;
3) «Bu Sizning ishingiz, imtihonni Siz topshirasiz»;
4) Siz darslarga yomon munosabatda bo’lar ekansiz. Menga shunday tuyulayapti»;
5) «Qiziq, nima uchun sport musobaqasini tomosha qilish (do’stlar bilan sayr etish, kontsertga borish) Sizni kollejda o’qishdan ko’ra ko’proq qiziqtiradi?»;
6) «Sizni tushunaman, sport musobaqalari (dam olish, kontsertga borish, do’stlar bilan muloqot) xaqiqatdan ham kollejda o’qishdan qiziqroq, biroq shunga qaramasdan bilmoqchi edim, Siz aynan nima uchun shunday qilmoqchisiz?»;
7) . . . . . . . . . . . . . . . . . .
6-vaziyat. Auditoriyaga o’qituvchi kirganligini ko’rgan talaba unga: «Siz charchagan ko’rinasiz?», - dedi. Bu vaziyatda Siz qanday yo’l tutasiz? Javob variantlari:
1) «O’ylaymanki, menga bunday deyishingiz yaxshi emas»;
2) «Ha, o’zimni yomon his qilayapman»;
3) «Meni qo’yavering, bezovta bo’lmang, yaxshisi o’zingizga qarang»;
4) «Bugun yomon uxladim, ishlarim ko’p»;
5) «Xavotir olmang, bu darsimizga ta`sir qilmaydi» ;
6) «Siz juda e`tiborlisiz, rahmat!»;
7) . . . . . . . . . . . . . . .



Download 17.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling