1. Anacanthotermes turkumiga kiruvchi termitlarning tarqalishiga qanday omillar ta’sir qiladi?


Download 21.24 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi21.24 Kb.
#1840095

1. Anacanthotermes turkumiga kiruvchi termitlarning tarqalishiga qanday omillar ta’sir qiladi?
Anacanthotermes jinsi termitlarining tarqalishi turli omillarga bog'liq bo'lishi mumkin. Muhim omillar harorat va namlik kabi iqlim sharoitlari, shuningdek, yog'och va o'simlik chiqindilari kabi mos oziq-ovqat manbalarining mavjudligi. Shuningdek, geografik xususiyatlarning ta'siri va boshqa o'zaro ta'sir qiluvchi turlarning mavjudligi.

2. Anacanthotermes termitlarining tarqalishini kuzatish uchun qanday monitoring usullari qo'llaniladi?
Anakantotermlar turkumiga kiruvchi termitlarning tarqalishini kuzatish uchun turli usullardan foydalanilgan. Ulardan biri, uyalar, qurilish inshootlari yoki shikastlangan yog'och kabi termitlarning belgilarini vizual ravishda kuzatishdir. Termitlarni jalb qilish va ushlash uchun ularning ko'pligi va tarqalishini aniqroq baholash uchun turli xil tuzoqlar, masalan, feromonlarni jalb qilish o'ljalari ham qo'llaniladi.

3. Anacanthotermes termitlarini aniqlash uchun qanday monitoring usullaridan foydalanish mumkin?

- Anacanthotermes termitlarini aniqlashning bir necha monitoring usullari mavjud, jumladan:


- ularning mavjudligi belgilarini, masalan, uyalar, axlat uyumlari va ularning faoliyati izlarini vizual kuzatish.
- Termitlarni jalb qilish va keyin ularni aniqlash va aniqlash uchun biologik o'ljalardan foydalanish.
- Termitlarni tutish va kuzatish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan maxsus tuzoqlardan foydalanish.

4. Anacanthotermes (Jacobs) avlodiga mansub termitlariga nisbatan entomopatogen mikroorganizm “Beauveria tenella zamburug‘ining VD-85 shtammi” qanaqa tayorlangan va bu issiqqonli hayvonlarga toksik ta’sir qanaqa?
Boverin, QDR, G. Quruq donadorlashtirilgan kukun, Beauveria bassiana zamburug’i asosida ishlab chiqariladi. 1 gr preparatda 2 mlrd. bladtospora mavjud. O’simlikka purkash uchun preparatning 2,5 % ishchi eritmasidan foydalaniladi. Ochiq dalada preparatni Anacanthotermesga qarshi qo’llaniladi.Boverin kontakt va ichakdan ta’sir etish xususiyatiga ega. Boverin qo’llashning optimal sharoitlari 20-25 C harorat va 85 % nisbiy namlik. Preparat issiqqonli hayvonlarga toksik ta’sir qilmaydi.
5. “Piralaks-Lyuks” mahalliy xomashyo “Oligomer superplastifikator” preparati odamlar va hayvonlar uchun tasiri qanaqa ?
ishlov berilgan yuzalar odamlar va hayvonlar uchun xavfsizdir.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasida Anacanthotermes (Jacobs) avlodiga mansub 2 ta tur: bir biridan nimasi bilan farq qiladi?
Turkiston va Katta Kaspiy orti (A.turkestanicus Jacobs., A.ahngerianus Jacobs.) termitlari ...................................
Turkiston termiti (A.turkestanicus Jacobs.) ko‘pchilik vaqtlari binolar atrofiga o‘rnashgan bo‘ladi, tashqi morfologik ko‘rinishi to‘q sariq, qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, tanasi Katta Kaspiy orti termitidan kattaroq shaklda bo‘ladi. Uyasi er ostida berkitilgan holda bo‘lib, tashqaridan deyarli bilinmaydi, binolarning pastki va devor qismlari bo‘ylab kamera yo‘lakchalarini hosil etib, qish faslida imoratning issiq, yozda bo‘lsa salqin o‘rinlariga ketadi. Ko‘pchilik vaqtlari, qishdan keyin erta bahorda quyosh nuri tushadigan tomonlariga yig‘iladi.
7. Beauveria tenella VD-85 shtammi va “Oligomer superplastifikator” preparatlarining farqi qanaqa samadorligi?
Beauveria tenella VD-85 shtammi (1107) aralashmasi ishlatilgan uyalarda tirik termitlar soni o‘rtacha 1676,4±3,1; (100%) bo‘lganligi qayd etildi. Tajiribada zamburug‘ ta’sirchangligini 30 kuni 260,3±1,1; 60 kuni 811,7±1,8; 90 kuni 1253,5±0,9 termit tabaqalarning kunlar hisobida nobud bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi, biologik samaradorlik tirik zararkunanda nisbatan 422,9±0,5/74,7% ekanligi qayd etildi.
Oligomer superplastifikator da uyadagi zararkunandaning sonining umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichi 2005,2±3,5 (100%) bo‘lib, tajiriba davomida nobud bo‘lgan termitlar soni 30 kuni 304,5±1,4; 60 kuni 517,7±2,1; 90 kuni 1602,7±0,8 ekanligi ma’lum bo‘ldi, biologik samaradorlik 402,5±0,2/79,9% tashkil etdi.
8. Piralaks-Lyuks” va “Oligomer superplastifikator” nimasi bilan boshqa preparatlardan farq qiladi?
Piralaks-Lyuks” va “Oligomer superplastifikator” asosidagi zaharli em-xo‘raklar zararkunanda tamonidan to‘liq deyarli tashib ketilgan, ammo zaharli em-xo‘raklar iste’mol qilinmasdan ozuqa yig‘ish o‘rinlarida saqlanishi kuzatildi. Bu holatda “Piralaks-Lyuks” va “Oligomer superplastifikator”ning uyadagi termitlarga nisbatan attraktantligi aniqlandi.
9. Zararkunandaga qarshi kurashda kimyoviy preparatlar miqdori yuqori ko‘rsatkichlarda ishlatilsa, ularning oziqlanish jarayonin qanaqa boladi?
Xulosa qilganimizda, tajiriba davomida 0,003% koncentratsiyada biologik samaradorlik 92,1%, 0,005% koncentratsiya esa 83,2%, ya’ni zararkunandaga qarshi kurashda kimyoviy preparatlar miqdori yuqori ko‘rsatkichlarda ishlatilsa, ularning oziqlanish jarayoning past bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.
10.Termitlarning yoshin qanaqa qilib bilsa boladi?
Tadqiqot jaryonlarining 2019-2022-yillari davomida Quyi Amudar’yo Biosfera rezervatida termit uyalarining uch yillik davrlari, ya’ni ularning katta, kichikligiga nisbatan o‘rganildi va biologik tomondan tavsiflandi (bir yillik termit uyalari 15-20 sm.radiusda, uch yillik uyalar 30-35 sm.radiusda va ko‘p yillik uyalari 50 sm.radiusdan katta bo‘lganlari).
Download 21.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling