1. Analitik kimyo nimani о‘rganadi va qachondan fan sifatida shakllana boshladi?
Download 24.82 Kb.
|
TOPSHIRIQ SAVOLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Robert Wilhelm Eberhard Bunsen
TOPSHIRIQ SAVOLLARI 1. Analitik kimyo nimani о‘rganadi va qachondan fan sifatida shakllana boshladi? Analitik kimyo-kimyoviy analizning nazariy asoslari va metodlarini ishlab chiqadigan, atrof muxitdagi har xil obyektlarning elementar kimyoviy tuzilishini, sifat va miqdoriy aniqlashni ta’minlaydigan metodlar tо‘g‘risidagi, ya’ni analitik kimyo-identifikatsiyalash, miqdoriy aniqlash va tabiatdagi turli elementar obyektlarning, ya’ni atomlar, ionlar, molekulalar, funktsional guruhlar va boshqa zarralar kimyoviy strukturasini aniqlaydigan fandir. Analitik kimyoning asosiy vazifalari-analizning umumiy nazariy asoslarini, kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizikaviy metodlarining asosiy printsiplari bilan tanishtirishdir. Analitik kimyo fan sifatida XVII asrning о‘rtalaridan boshlab rivojlana boshladi. Robert Boyl (1627-1691) murakkab moddalarning kimyoviy jihatdan parchalanmaydigan tarkibiy qismi-kimyoviy element haqidagi tushunchani fanga kiritgandan keyin rivojlana boshladi. XVIII asrda eritmalardan metallarni (kationlarni) guruhlari bilan ajratish usuli T. Bergman (1735-1784) tomonidan joriy qilindi. 2. «Hо‘l usul» bilan qilinadigan analizga kim asos solgan? Robert Boyl (1627-1691) murakkab moddalarning kimyoviy jihatdan parchalanmaydigan tarkibiy qismi-kimyoviy element haqidagi tushunchani fanga kiritgandan keyin rivojlana boshladi. U о‘zigacha ma’lum bо‘lgan sifat reaksiyalarining hammasini tartibga soldi va о‘zi bir necha reaksiyalarni tavsiya qilib, «hо‘l usul» bilan qilinadigan analizga asos soldi. 3. qaysi olimlarning ishlari tufayli mikrokristallokopik analiz vujudga keldi va bu olimlarning yana qanday ishlarini bilasiz? Sifat analizining boshqa metodi, chunonchi mikrokristalloskopik analiz XVIII asrda Rossiyada M. V. Lomonosov (1711-1765) va ayniqsa T. YE. Lovits (1757-1804)ning ilmiy ishlari tufayli vujudga keldi. Lovits adsorbsiya hodisasini ham ochdi. Lomonosov 1744 yilda birinchi bо‘lib sifat analizida mikroskop qо‘lladi va kristallarning shakliga qarab analiz qilinayotgan modda tarkibi haqida xulosa chiqardi. Lomonosov о‘z ishlarida filtrlash, chо‘ktirish, quritish va chо‘kmalarni tortish ishlarini bajardi. Lomonosov analitik kimyoni taraqqiy qildira borib, 1756 yilda modda massasining saqlanish qonuni isbotladi. 4. Metallarni eritmalardan guruhlari bilan ajratish orqali kimlar tomonidan sistematik analiz vujudga keldi? XVIII asrda eritmalardan metallarni (kationlarni) guruhlari bilan ajratish usuli T. Bergman (1735-1784) tomonidan joriy qilindi. Bu esa sifat analizi taraqqiyotida katta yutuq bо‘ldi va sistemali analiz qilish usuliga asos solindi. 5. Gaz analizining asoschisi haqida nimalarni bilasiz? Bu olim tomonidan qanday gazlarning ajratib olinishi flogiston nazariyasining barbod bо‘lishiga olib keldi? Nemis olimi Bunzen R. (1811-1899) gaz analiziga asos soldi va u Kirxgof bilan birgalikda fizik analiz metodlaridan-sifat spekral analizini ishlab chiqdi. Robert Wilhelm Eberhard Bunsen (talaffuzi: Robert Vilhelm Eberhard Bunzen; 31-march 1811 – 16-avgust 1899) olmon kimyogari boʻlgan. U Gustav Kirchhoff bilan birgalikda 1860-yili seziy, 1861-yili rubidiy unsurlarini ochgan. Bunsen gaz tahlili, fotokimyo, organoarsenik kimyo sohalarining kashshoflaridan biri boʻlgan. Yordamchisi Peter Desaga bilan hozirgacha laboratoriyalarda ishlatiluvchi Bunsen gorelkasini yaratgan. Marburg (1838-yildan) va Geydelberg universiteti (1852— 89) professori. B. kumirpyx galvanik elementini ixtiro qilgan (1841). Metall holdagi magniy, litiy, kalsiy, stronsiy va bariylarni elektroliz yoʻli bilan olgan. Gaz analizi usulini ishlab chiqqan. G. R. Krixgof bilan birga spektral analizga asos solgan. Gaz gorelkasi, yogʻ dogʻli fotometr, muz kalorimetri va boshqalarni kashf etgan. 6. D. Dalton, M. Berselius, Gey-Lyussak, Libixlarning ishlari haqida nima deya olasiz? Miqdoriy analizning rivojlanishi asosida D. Dalton (1766-1844) kimyoda atom nazariyasini uzil-kesil о‘rnatdi. Bu nazariyaning kiritilishi miqdoriy analizning keyingi rivojlanishini tezlashtirdi, chunki elementlar atom og‘irliklarini imkoni boricha tо‘g‘ri aniqlash zarurati tug‘ilgan edi. Bu sohada shved kimyogari I. Berselius (1779-1848)ning xizmati juda katta bо‘lib, u 45 ta elementning atom og‘irligini juda aniq (о‘sha vaqt uchun) topdi, miqdoriy analizning kо‘pgina yangi metodlarini ishlab chiqdi va eskilarini takomillashtirdi. U organik birikmalarning elementar analizi usulini ham ishlab chiqdi. keyinchalik bu usulni Y. Libix (1803-1873) va boshqa olimlar takomillashtirdilar. Fransuz fizigi Gеy-Lyussak(1778-1850) hajmiy (titrimеtrik) analizni ishlab chiqdi. 7. Sifat va miqdor analiziga doir «Analitik kimyo» klassik qо‘llanmasi birinchi nashrining muallifi kim va bu kitob qachon chop etilgan? XVII asrda R.Boyl analitik kimyoning ilmiy fan sifatida shakllana boshlashiga yo‘l ochdi. U fanga 1654-yilda «kimyoviy analiz» tushunchasini kiritdi va sifat analiziga asos soldi, uning asosiy tushuncha hamda usullarini yaratdi. 8. Analitik kimyoda organik reagentlarni chо‘ktiruvchi sifatida qо‘llagan olimlardan kimlarni bilasiz va ular о‘z davrida yana qanday dolzarb muammolarni olg‘a surdilar? Organik rеagеntlarni analitik kimyoda cho`ktiruvchi sifatida birinchi marta M. A.Ilinskiy(1856-1951) va L. A. Chugaеv (1873-1922)lar qo`lladilar. Bu sohada 1905 yilda dimеtilglioksim ta'sirida Ni(2 ga tavsiya qilindi va ichki komplеks tuzlarning analitik o`rganish muammosini Chugaеv olg`a surdi. Bu hozir ham actual muammolardan biridir 9. Analitik kimyoning xalq xо‘jaligi, sanoat, qishloq xо‘jaligi, meditsina, atrof-muhit obyektlari va boshqa sohalardagi ahamiyati nimalardan iborat? Analitik kimyo fani nihoyatda katta ahamiyatga ega bo’lgan fandir. Amalda sanoatdagi eng muhim jarayonlardan hisoblangan ishlab chiqarish jarayonini boshqarib borish, shuningdek tuproq, o’g’itlar, qishloq xo’jalik mahsulotlari, qazilma boyliklar va boshqalarning tarkibini tekshirishni kimyoviy analizsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Amaliy maqsadlar uchun har doim ham kimyoviy analizni to’liq, bajarish talab qilinmaydi. Ko’pincha modda tarkibidagi ikki, uch yoki to’rt-besh komponent aniqlanib, so’ngra ularning miqdoriy analiziga o’tiladi. Tekshirilayotgan modda tarkibiga kiruvchi elementlar yoki ionlarni xossasiga qarab aniqlash masalasini har xil usullar: fizikaviy, kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar bilan hal qilish mumkin, demak bu usullar sifat analizining usullari hisoblanadi 10. Sifat analizi qanday metodlarga bо‘linadi? Download 24.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling