1. Analog o’lchash asboblari haqida. Analog o’lchash asboblari tuzilishi
Download 71,41 Kb.
|
1. Analog o’lchash asboblari haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analog o’lchash asboblari haqida.
Analogli elektr o’lchash asboblari mexanizmlari Reja: Kirish. Asosiy qism. 1. Analog o’lchash asboblari haqida.2. Analog o’lchash asboblari tuzilishi.3. Analog o‘lchash asboblari, magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik o‘lchash asboblari, ularning shartli belgilari. Xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar: Kirish. Har qanday o‘lchash asbobini tanlashda eng avvalo uning metrologik tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi. O‘zgartirish funksiyasi – buni analogli o‘lchash asboblarida shkala tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o‘zgartirish funktsiyasi chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv xatoliklarni esa kamaytiradi. Sezgirligi. Umuman sezgirlik – bu o‘lchash vositasining tashqi signalga nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o‘lchash vositasining chiqish signali orttirmasini, kirish signali orttirmasiga nisbatidan aniqlanadi: Bevosita ko‘rsatuvchi asboblar uchun sezgirlik asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagini o‘lchanadigan kattalik bo‘yicha birinchi hosilasi bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi: S = d /dx, bu yerda d – asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagi. Sezgirlik ostonasi – bu o‘lchanadigan kattalikning shunday eng kichik. (boshlang‘ich) qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli o‘zgarishiga olib keladi. Analog o’lchash asboblari haqida. Analog o’lchash asboblari yoki bevosita ko’rsatuvchi asboblar elektr o’lchashlar va umuman o’lchash texnikasida keng o’rin olgan asboblardan hisoblanadi. Bu turdagi asboblarda ko’rsatuv qaydnomasi uzluksiz (funksional) ravishda o’lchanayotgan kattalik bilan bog’liqlikda bo’ladi. Bu turdagi asboblarning tuzilish sxemasi quyidagi rasmda ko’rsatilgan analogli o’lchash asbobining struktur sxemasi
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling