1. Andalib ijodiga xos jihatlar Andalib she`riyati va epik asarlariga xos uslubiy jihatlar
Download 24.97 Kb.
|
M.ishi Ozbek adabiyoti tarixi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Andalib ijodiga xos jihatlar 2. Andalib she`riyati va epik asarlariga xos uslubiy jihatlar
Buxoro davlat universiteti Filologiya va tillarni o`qitish:o`zbek tili ta`lim yo`nalishi 9-1 uzb s 18-guruh talabasi Yoriyeva Zarinaning o`zbek adabiyoti tarixi fanidan Mavzu: Andalib asarlarining timsollar olami Reja: 1. Andalib ijodiga xos jihatlar 2. Andalib she`riyati va epik asarlariga xos uslubiy jihatlar 3. Andalib dostonlarining an`ana bilan bog`liq hamda o`ziga xos jihatlari 4.Xulosa Andalib (Bulbul) (asl ismi Nurmuhammad G‘arib; taxminan 1712–Ur-ganch– 1780) – turkman shoiri. O‘zbek va turk-man tilida yozgan. Xiva madra-salarida o‘qigan. Andalib mumtoz adabiyotning g‘azal, ruboiy, murabba, muhammas, musaddas, musabba, muvashshax va boshqa janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fu-zuliy, Jomiy g‘azallariga muhammaslar boglagan. She’rlarida insonning zamon, hayot bilan munosabatlari aks etgan. Xalq og‘zaki ijodidan foydalanib, his-tuyg‘ularni sodda va ravon ifoda-lashga erishgan. 1200 misraga yaqin she’r hamda bir necha dostonlari bizgacha yetib kelgan. "Layli va Majnun", "Tohir va Zuhra", "Yusuf va Zulayho", "Zayn ul-arab", "Sa’d Voqqos", "Bobo Ravshan", "Malikai Mehrinigor", "O‘g‘iznoma" kabi dostonlarida mumtoz dostonchilikning eng yaxshi xususiyatlari mujas-samlashgan. "Nasimiy" dostonida ozar shoiri Nasimiy hayoti va ijodi aks et-gan. Mashrabga taqlidan yozgan she’rlari o‘zbek va turkman xalqlarining sevimli qo‘shiqpariga aylangan. Andalib asarlarining qo‘lyozmalari va toshbosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshu-noslik institutida saqlanadi O'zbek va turkman xalqlari orasidagi qardoshlik, adabiy-madaniy aloqalar juda qadimiy tarixga ega. Nizomiy Aruziy Samarqandiyning «Chahor maqola» asari va boshqa qadimiy manbalarda xabar berilishicha, somoniylar va saljuqiylar hukmronlik qilgan davrlarda Marv yirik ilmiy markaz boigan. Unda o'zbek, tojik va turkman olimlari, shoirlari yashab, ijod etganlar. Adabiy aloqalarimizning yaqinligiga guvoh bo'luvchi o'nlab dostonlar, xalq kitoblari borki, ulardan ayrimlarining dastawal qaysi xalq o'rtasida paydo boiganligini aniqlash qiyin. Bu xil asarlar, xususan, XVTI—XIX asrlarda o'zbek va turkman shoirlari tomonidan ko'p yaratildi. Sobir Sayqaliyning «Bahrom va Gulandom», so'ngroq ko'hna Urganch va (Toshovuz) tomonlarida yashagan Shohbandaning «Shohbahrom», XVIII asr oxirlarida yashagan turkman shoirlari Shaydoyi yaratgan «Gul Sanobar», Ma’rufiy yaratgan «Yusufbek va Alimadbek» dostonlari g'oyaviy-badiiy xususiyatlariga ko'ra shu nomdagi o'zbek xalq kitoblari nusxalariga juda yaqin. Bunday asarlar ko'p. Ular turkman kitobxonlariga qanchalik estetik zavq, ma’naviy oziq bag'ishlasa, o'zbek kitobxonlariga ham shunchalik zavq va ma’naviy oziq beradi. Ayniqsa, XVI asrdan boshlab turkman xalqi o'rtasida Alisher Navoiy asarlaridagi adolatparvarlik, insonparvarlik kabi yuksak g'oyalar haqida juda ko'p naqllar, rivoyatlar vujudga keldi. Bu rivoyatlarda Alisher — Mirali, Sulton Husayn Sulton Suyun nomi bilan mashhurdir. Turkman adabiyotining taraqqiyoti, uning shakllanishi va xalqchil adabiyot bo'lib rivojlanishiga xizmati singgan Davlatmamad Ozodiy (Maxtumqulining otasi), turkman klassik adabiyotiga asos qo'ygan Maxtumquli, uning zamondosh va izdoshlari bo'lgan Mulla Nafas, Zaliliy, Sayidiy, Shaydoyi, Ma’rufiy, G'oyibiy, Kamina, Miskin Qilich va boshqalar Alisher Navoiyni ustod hukmida e’tirof yetishib, uning ijodidan bahra olganlar. Turkman shoirlarining ko'pchiligi ko'hna Urganch va Xiva madrasalirda o'qiganlari manbalarda, shu shoirlaming asarlarida qayd etiladi. Buyuk Maxtumqulining quyidagi orzusi turkman mutafakkirlari, shoirlari orasida Alisher Navoiyga, o'zbek mumtoz adabiyotiga boigan e’tiqodning bir dalilidir: Domangirda yurgan ustoz Navoiy, «Chor devon»i, «Farhod Shirin» zuboyi, Zahiriddin Bobur mezonal oyi, Qoshlarida men Majnun bo bam. Navoiy g'azallariga G‘oyibiy, Sayidiy, Volehiy, Mulla Nafas bog‘lagan muxammaslar, naziralar o‘zbek va turkman Adabiyotlari orasidagi yaqinlik hamda ijodiy aloqalaming ko‘rinishlaridandir. Nurmuhammad Andalib go‘zal lirik asarlari, jonbaxsh dostonlari bilan ikki qardosh xalq mumtoz adabiyotining rivojiga muhim hissa qo'shgan. Andalib asarlarini ikki qardosh xalq vakillari sevib o‘qimoqda, olimlari esa o‘rganib kelmoqda. O ‘zbek va turkman olimlari Andalib merosi haqida yaratgan tadqiqotlarida u o‘zbek va turkman Adabiyotlarining yaqinligini ifodalagan siymo sifatida talqin etilmoqda. Hayotiga oid ma’lumotlar.Nurmuhammad Andalib (bulbul)ning ismi, tug‘ilgan joyi va hayoti haqidagi qisqa qaydlar uning «Yusuf va Zulayxo» dostonining kirish qismida keltirilgan. Shu dostondagi to‘qson olti misrali masnaviyda: Ismim edi Nurmuhammad g'arib, So'zda taxallusim edi Andalib. Shahrimiz Uganch viloyat edi. Xonimiz Shohg`ozi himoyat edi... Qaramozi erur joyimiz, Zikri xudo ishqila dilxohimiz— Barcha xaloyiq ichra mening ishim, Yetibdur ellik beshga mening yoshim... Munisning «Firdavs ul-iqbol» asarida keltirilishciha, Andalibning yuqoridagi misralarida nomi keltirilgan hukmdor Shohg'ozi atiga ikki yil hukmdorlik qilib, 1767 yili oidirilgan ekan. Bundan Andalibning 1711—1712 yillar mobaynida tug‘ilganligi ma’lum bo‘ladi. Biroq uning vafoti sanasi ma’lum emas. Ba’zi tadqiqot asarlarida uning 1770—1771 yili vafot etganligi taxmin qilinadi. U Xiva madrasalarida o ‘qib, o‘z zamonasining zukko shoirlaridan biri bo‘lib kamol topadi. Poetik mahorati. Nurmuhammad Andalib ancha salmoqli adabiy meros qoldirgan. She’riyat bobida ayniqsa Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy, Bobrrahim Mashrab va boshqalarning merosini qunt bilan o ‘rganib, ulaming an’analarini davom etdirgan. Biroq, uning lirik she’rlari bizgacha to'liq yetib kelmagan. Hozir ma’lum bo‘lgan she’rlari atigi 35ta bo‘lib, ulaming 23tasi o'zi ko'proq e’tiqod qo'ygan va asarlarini sevib mutolaa qilgan Alisher Navoiy, Mashrab g'azallariga yozilgan nazira hamda tazmin muxammaslardir. Uning taxmislari orasida Jomiy, Vafoiy va Habib g'azallariga bog'langan tazmin muxammaslar ham bor. Andalib lirikasiga mansub she’rlaming bizgacha yetib kelgan namunalaridan anchasida xalq she’riyatining ta’siri kuchlidir. Ular mazmuni va badiiy shakliga ko'ra xalq qo'shiqlariga o'xshab ketadi. Ular shodlik, hayotsevarlik ruhi bilan sug'orilgan: Jannat—setting visoling, hajring erur qiyomat, Sadqa bo`lау ko ‘zingdin kelgin quchog'a dilbar... Keldi ul sarvi sahi noz Ha xandon-xandon, Oldi Ico ‘nglimni navozish bila chandon-chandon... Qoldilar sayr qilurda yuzu la ’li labini, Gul boqib, g'uncha ochib og‘zini, hayron-hayron. Andalib lirik she’rlari tarkibida shaxsning charxi bemuruwatdan, taqdirdan nolish, og'ir hayot qiyinchiliklari tufayli ko'ngil hazin bo'lib, benavo-bechora ahvoliga tushib qolganligidan faiyod chekish ohanglari uchrab qoladi. Bunday she’rlari xasbihollilik xususiyatiga ega. Ulami shoir qismatining badiiy ifodasi deyish mumkin. Andalib lirikasi xususida fikr yuritganda, uning tazmin muxammaslari o'zgacha go'zallikka ega ekanligini ta’kidlamoq lozim. Andalib muxammas bogiagan g'azallarining deyarli hammasi negbinlik, hayotiylik pafosiga ega bo'lgan, o'quvchiga umid va shodlik baxsh etuvchi she’rlardir. She’rlarining barchasi xalq ardoqlab, sevib o'qib, kuylab kelgan g'azallardir. Andalib Mashrabning bir qancha g'azallariga javobiyalar, nazira she’rlar yozgan. Ular ichida murabba va musaddas shakllaridagi namunalar ham borligi diqqatga sazovordir. Dostonlari. Andalibning «Zaynularab», «Yusuf va Zulayxo», «Layli va Majnun» kabi dostonlari klassik dostonchilik hamda o'zbek va turkman xalqlari orasida ancha keng tarqalgan «Xalq kitoblari»ning eng yaxshi xususiyatlarini o'zida mujassamlantiradi. Bu dostonlar XVIII—XIX asrlar davomida qayta-qayta ko'chirilgan, chop etilgan. Biigina «Yusuf va Zulayxo» dostonining o'zi 1904-1912 yillari Kogon, Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida olti marta nashr qilingan. Uning yuqorida zikr etilgan uch dostoni ham xalq qissalariga xos an’analaiga ega, nasru nazm shaklida yozilgan. U «Zaynularab» dostonida Zaynularab bilan Muhammad Hanifa o'rtasidagi samimiy sevgini jozibali tasvirlaydi. Bu doston janri e’tiboriga ko'ra, ishqiyqahramonlik xarakteridagi sarguzasht dostondir. Dostonning asosiy qahramonlari Ali, uning o'g'illari Muhammad Hanifa, Imom Hasan va Imom Husayn kabi diniy-tarixiy shaxslar bo'lsa ham, ular xalq qissalari va dostonlaridagi qahramonlar sifatida harakat qiladilar, ezgulik uchun kurashadilar. Dostonda Muhammad Hanifa bilan Zaynularab orasidagi sadoqatli do'stlik, samimiy sevgi, bir-biriga vafodorlik tuyg'ulari mahorat bilan tasvirlanadi. Andalibning «Yusuf va Zulayxo» dostoni shu turkumda yaratilgan an’anaviy dostonlaming yetuk namunalaridan biridir. Shoiming bu dostoniga Rabg'uziyning «Qissai Yusuf» asari asosiy manba bo'lgan. Buni shoiming o'zi doston muqaddimasida zikr qilib o'tgan. Andalib dostonida ezgu orzu-maqsadlar yo'lida har qanday qiyinchiliklarga, to'siqlarga qaramay kurashish kerak degan g'oyani ilgari suradi. Dostonnavis o'z qahramonlari taqdirida bunday g'oyaning to'g'riligiga ishonch uyg'otishga muvafFaq boiadi. Chunki uning qahramonlarida aql-idrok, muhabbatda sadoqat, vafodorlik, qiyinchiliklardan qo'rqmaslik, imon-diyonat kabi go'zal insonlik fazilatlari ustundir. «Layli va Majnun» dostoni. Bu mavzuda buyuk ozarboyjon shoiri Fuzuliy ham go'zal doston yaratdi. O'z ijodida Fuzuliy an’analariga alohida e’tiqod qo'ygan Andalib, uning «Layli va Majnun» dostonidan kuchli ta’sirlanib o'z asarini yaratdi. Bu hoi ikki dostonning bir-biriga qiyosiy tahlili jarayonida ochila boradi. Tadqiqotchilaming fikrlaricha, ikki shoir-salaf va xalaf asarlari syujetidagi mushtarak tomonlar, epizodlar, bilan birga, Andalib dostonida Fuzuliy dostonidagi o'xshamagan yangi epizodlar, lavhalar, o‘rinlar anchadir. Fuzuliyning «Layli va Majnun» dostoni o‘z tuzilishi, tasvir uslubiga ko'ra, kitobiy poemachilik namunasidir; xamsanavislikdagi «Layli va Majnun» dostonlarining davomidir, shu turkumdagi dostonlaming lirizm bilan boyitilgan o‘ziga xos, original namunasidir. Nurmuhammad Andalib dostoni uslubi, tili va tasviriy vositalarining sodda va avomfahmligi bilan ajralib turadi. Unda xalq kitoblari, qissalariga xos xususiyatlar ustun. Bu asar, Andalibning boshqa dostonlari kabi, nasru nazm aralash yozilgan. Umuman, Andalib dostonlari tarkibida uning g‘azal, murabba’, maktub, muxammas, mustazod shakllaridagi she’rlari ham keltiriladi. Xulosa
Andalib mumtoz adabiyotning g‘azal, ruboiy, murabba, muxammas, musaddas, musabba, muvashshax va boshqa janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy, Jomiy g‘azallariga muxammaslar bog’lagan. She’rlarida insonning zamon, hayot bilan munosabatlari aks etgan. Xalq og‘zaki ijodidan foydalanib, his-tuyg‘ularni sodda va ravon ifodalashga erishgan. 1200 misraga yaqin she’r hamda bir necha dostonlari bizgacha yetib kelgan. «Layli va Majnun», «Tohir va Zuhra», «Yusuf va Zulayho», «Zayn ul-arab», «Sa’d Vaqqos», «Bobo Ravshan», «Malikai Mehrinigor», «O‘g‘iznoma» kabi dostonlarida mumtoz dostonchilikning eng yaxshi xususiyatlari mujassamlashgan. «Nasimiy» dostonida ozar shoiri Nasimiy hayoti va ijodi aks etgan. Mashrabga taqlidan yozgan she’rlari o‘zbek va turkman xalqlarining sevimli qo‘shiqlariga aylangan. Andalib asarlarining qo‘lyozmalari va toshbosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Xullas, madaniy-adabiy hayot uch xonlik doirasida ijtimoiytarixiy sharoitga qarab, goh siljishda, goh turg'unlikda, goh tanazzulda bo'lib turdi. Xon va amirlar, hukmron guruh vakillari, mulkdor shaxslar madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, ziyoratgohlar qurdirardilar. XVII—XVIII asrlarmobaynida Toshkentda Baroqxon madrasasi, Buxoroda Mir Arab, Abdullaxon, Abdulazizxon madrasalari, Nodir devonbegi masjidi, shu shaxsning Samarqandda Xoja Ahror Vali masjidi yonida qurdirgan madrasasi, Samarqandda Sherdor, Tillakori, madrasalari. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O`zbek adabiyoti tarixi. 5jildlik, 3-jild.-T., 1978 2.Nurmuhammad Andalib : O`zbek adabiyoti tarixi. –T.,1978 3.O`zbek adabiyoti . Majmua:IV va V tomlar.( Andalib she`rlari va “ Layli va Majnun” dostonidan parchalar)-T.,1959 4. Ayomiy O`t chaqnagan asarlar.-T., 1983 5.Halilov S. 19-asrning ikkinchi yarmi va 20-asrning boshlarida o`zbek va tojik Adabiy aloqalari. 1978 Download 24.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling