1. Andijon viloyati shivaki group ma’suliyati cheklangan jamiyatining rivojlanishi tarixi
SHIVAKI GROUP MCHJning 2020-2022-yillardagi daromadi
Download 82.78 Kb.
|
amaliyot hisoboti Esonov Qudratbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHIVAKI GROUP MCHJning 2020-2022-yillardagi xarajatlari
- Xulosa va takliflar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
- Internet saytlari
SHIVAKI GROUP MCHJning 2020-2022-yillardagi daromadi
Yuqoridagi jadvalda SHIVAKI GROUP MCHJning 2020-2022-yillardagi daromadi va bu bo’yicha yillardai o’zgarishni ko’rishimiz mumkin. Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum 2022-yilda 16 877 380,74 ming so’mni tashkil etgan va 2021-yilga qaraganda 6 032 041,69 so’mga, 2020-yilga nisbatan esa 10 395 487,3so’m ko’proqni tashkil etadi. Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishning yalpi foydasi 2022-yilda 570 770,17 ming so’mni tashkil etgan va bu ko’rsatkich 2021-yilda 301 999,46 ming so’m, 2020-yilda esa 4 146,77 ming so’m bo’lgan va farq mos ravishda 268 770,71 ming va 268 770,71 ming so’ni tashkil qilgan. Korxona asosiy faoliyatning foydasi 2020-yilda 2 949,82 ming so’mni bo’lgan bu ko’rsatkich 2021-yilda 184 481, 15ming so’mga ortib 187 430,97ming so’mni tashkil qilgan. 2022-yilda korxona asosiy faoliyatning foydasi 346 649,35ming so’mni tashkil qilib 2021-yilga nisbatan 159 218,38 ming so’m o’sish kuzatilgan. Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 184 481,15so’mga ortib 187 430,97 ming so’m bo’lgan bo’lsa 2022-yilda 96 477,82 ming so’mga ko’payib 283 908,79ming so’mnni tashkil qilgan. 2020-yilda korxona sof foydasi 2 949,82 ming so’m, 2021-yilda 187 430,97ming so’m bo’lib 184 481,15ming so’mga ortgan. 2022-yilda esa 2021-yilga nisbatan 29 % ga yoki 53 891,5ming so’mga ortib 241 322,47ming so’mni tashkil qilgan. SHIVAKI GROUP MCHJning 2020-2022-yillardagi xarajatlari
Yuqoridagi jadvalda SHIVAKI GROUP MCHJ 2020-2022-yillardagi xarajatlari tarkibini ko’rishimiz mumkin. 2020-yilda sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi 445 705,03 ming so’mni tashkil etgan va bu ko’rsatkich 2021-yilda10 097 634,6 ming so’mga ortib 10 543 339,59 ming so’mni, 2022-yilda esa oldingi yilga qaraganda 5 763 270,98 ming so’mga ortib 16 306 610,57 ming so’mni tashkil etgan. Davr xarajatlari jami 2020-yilda 1 196,95 ming so’mni, 2021-yilda esa 113 371,54ming so’mga ortib 114 568,49 bo’lgan bo’lsa 2022-yilga kelib 224 120,82 ming so’mga yetgan. Bu ko’rsatkich 2021-yilga qaraganda 109 552,33 ming so’mga ortganliginiko’rishimiz mumkin. SHIVAKI GROUP MCHJ 2020-yilda ma’muriy xarajatlar uchun 1 074,65 sarflagan bo’lsa 2021-yilda esa 54 670,6 ming so’mga ko’proq, ya’ni 55 745,25 ming so’m bo’lgan. Korxona bu turdagi xarajatga o’tgan 2022-yilda ajratgan 80 612,00 ming so’m va bu mos ravishda 2021-yilga qaraganda 24 876,75 ming so’mga ko’proqni tashkil etadi. Boshqa operatsion xarajatlar uchun 2020-yilda 122,30ming so’m, 2021-yilda esa 58 700,94ming so’mga ko’proq ya’ni 58 823,24 ming so’m sarlangan. 2022-yilda boshqa operatsion xarajatlar 2021-yilga qaraganda deyarli ikki barobar yoki 84 685,58ming so’m ko’proq, ya’ni 143 508,82 ming so’m mablag’ ajratilgan. SHIVAKI GROUP MCHJ 2020-2022-yillarda moliyaviy ijara bo‘yicha foizlar shaklidagi xarajatlarni amalga oshirmagan, valyuta kursi farqidan hech qanday zarar ko’rmagan.Umumxo‘jalik faoliyatida va favquloddagi zararlar kuzatilmagan. SHIVAKI GROUP MCHJ 2022-yilda qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tgan va shu yili davlat budjetiga 42 586,32 ming so’m soliq to’lagan. 2020-2022-yillarda korxona faoliyati kengayganligi va yangi filiallarning ochilishi sabab xarajatlar yillar davomida ortgan, ammo sabab hech qanday zarar aniqlanmagan. Xulosa va takliflar Yuqoridagi barcha ma’lumotlardan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan chora tadbirlar natijasida ishlab chiqarish sohasida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Birgina “SHIVAKI GROUP” MCHJini hisobga oladigan bo‘lsak, undagi ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifati zamon talabiga mos ekanligi va bundan aholining mamnunligining o‘zi katta bir yutuq hisoblanadi. Mamlakatimizda xususiy sеktorning ulushi tobora ortib borayotgani bu borada Rеspublikamizda olib borilayotgan tub islohotlar samara bеrayotganligini ko’rib o’tdik. Unda kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda hali bir qator muammolar to’siq bo’layotganligiga guvoh bo’ldik. Bularni o’rganishdan maqsad ushbu soha rivojiga to’g’ri xulosa bеrishdan iboratdir. Mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi, xalqning farovon turmush darajasi, shuningdek, mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi bevosita kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bog’liq. Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-taxnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o’sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi rivojlanish omillari bilan belgilanadi. Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki amaliyot davrida “SHIVAKI GROUP”MCHJining ish faoliyati misolida xizma ko’rsatish korxonalarida boshqaruvni to’g’ri tashkil etish ahamiyatini, yaqin kelajak uchun bozordagi raqobatni va ichki holtani inobatga olib startegiya tuzish qanchalik zarurligini, olib borilayotgan ishlar yuzasidan doimiy boshqaruv nazoratini olib borish muhim ahamiyatga ega ekanligiga amin bo’ldim va bu boradi yetarlicha bilimlar shakllandi. Shu o’rinda korxonani yaxshilash uchun takliflarim sifatida quyidagilarni beraman: Tashkilotning rivojlanishi uchun birinchi navbatda kadrlarning mahoratini yanada oshirish kerak, bunda ularni ushbu soha bo’yicha yirik korxonalarga amaliy bilimlarini oshirish uchun yuborish kerak. ““SHIVAKI GROUP”” MCHJ ning servis uchun do’konlarni ochish orqali yanada ko’proq mijozlarni jalb qilish mumkin. Bundan tashqari yo’l qurilishi tufayli manzilni o’zgartish vaqtiga qadar o’zining avvalgi mijozlari bilan ham yangi manzilda turib ish faoliyatini olib borish, tashkilotning har tafaflama foydasiga ishlaydi. Tashkilotning iqtisodiy ko’rsatkichlari yildan-yilga ortib borayotgani va uning mijozlarini ko’payayotgani uchun ish o’rnini ko’paytirish, yangi xodimlarni ishga olishi kerak, shundagina iste’molchilarning talabidagi tezkor sifatli xizmat ko’rsatishni saqlab qola oladi. ““SHIVAKI GROUP”” MCHJ bo‘lib o‘tgan ishlab chiqarish amaliyoti davomida korxonaning iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-tuzilmaviy holatlarini o‘rgandim va kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 7- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi qonuni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 2022-yil 3. Pardaev M.Q. - Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Darslik. 2-nashr. - T.: «Innovasion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021. 4. “MIRZOHIDJON MEBEL FAYZ” oilaviy korxonasining ustav(nizom) xujjatlari, ilovalari, statistik ko‘rsatkichlari, moliyaviy natijalari. Darsliklar: 1.Menejment nazariyasi - Dilorom Qosimova 2011 Toshkent 2.Statistika - X. Shodiyev, I . Habibullayeva 2013 Toshkent 3.Korxona iqtisodiyoti - B.A Abdukarimov , A.B Bektemirov 2013Toshkent Internet saytlari: www.stat.uz www.yellowpage.uz www.google.com www.lex.ux www.buxgalter.uz 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 7- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi qonuni. Download 82.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling