1. Andijon viloyati shivaki group ma’suliyati cheklangan jamiyatining rivojlanishi tarixi
Download 82.78 Kb.
|
amaliyot hisoboti Esonov Qudratbek
REJA: I. Kirish II. Asosiy qism: 1.Andijon viloyati SHIVAKI GROUP ma’suliyati cheklangan jamiyatining rivojlanishi tarixi. 2. SHIVAKI GROUP ma’suliyati cheklangan jamiyatida strategik boshqaruv xususiyatlari. 3. SHIVAKI GROUP ma’suliyati cheklangan jamiyatining ko‘rsatkichlari strategik tahlili. III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Xizmat ko'rsatish korxonalari O'zbekiston iqtisodiyotida tobora muhim rol o'ynamoqda va so'nggi yillarda ushbu sohada sezilarli o'sish kuzatilmoqda. O'zbekiston iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berdi va hukumat tomonidan xizmat ko'rsatish korxonalariga investitsiyalarni rag'batlantirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar joriy etildi. Mamlakatimiz taraqqiyotining ijtimoiy yo’naltirilgan bozori iqtisodiyoti yo’lining tanlanishi xo’jalik yuritish shakllarining xilma-xilligi hamda tadbirkorlik faoliyatini kuchayishini taqozo etadi. Bu hol respublikamizda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatining shakllanishi, xo’jalik yuritishi va ishlab chiqarishni tashkil etishning turli – tuman yangi shakllarini tashkil topishiga va o’z faoliyatini yuksaltirib borishiga olib kelmoqda. “2017-2021 yillar uchun belgilangan Harakatlar strategiyasining uchinchi bo’limida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish suratlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish belgilangan.”1 Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti hisobotining uslubi va uslubiyatlari asosi bo’lib mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, sanoat korxonalari, xususiy tadbirkorlikni va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy Majlis qonunlari, hamda mamlakatimiz olimlari va mutaxassislarining ilmiy ishlanmalari hisoblanadi. Barchamizga ma’lumki har bir olingan bilim mustahkam bo’lishi uchun uni amaliyotda sinab ko’rish talab etiladi. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim Vazirligi hamda Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirliklari qaroriga asosan biz talabalar olgan bilimlarimizni ishlab chiqarish amaliyotida qo’llab bilim, ko’nikma va malakamizni yanada oshirishga erishdik. Bizga amaliyot davomida yetuk bilimga ega bo’lgan ishchi xodimlarga biriktirildik. “SHIVAKI GROUP” MCHJda bo’lib o‘tgan malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti davomida korxonaning iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-tuzilmaviy xolatlarini o‘rgandim. Asosiy maqsadlardan biri xam shundan iborat edi. Hisobotining ilmiy va amaliy ahamiyatini maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonada foyda ko’rsatkichlarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish bo’yicha xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Download 82.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling