1. Andijon viloyati shivaki group ma’suliyati cheklangan jamiyatining rivojlanishi tarixi
amaliyot hisoboti Esonov Qudratbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHIVAKI GROUP” MCHJning boshqaruv strukturasi
Dushanbadan – Shanbagacha
|
09:00dan 19:00gacha |
12:00dan 13:00 gacha (tushlik ish xona hisobidan beriladi) |
|
Ish grafigidan ko’rishimiz mumkinki, ish kunlari haftada olti kunni tashkil qiladi va soat ertalabki 09:00dan kechki 19:00 gacha tashkil etadi. Korxona tomonidan bir martalik tushlik tashkil etilgan bo’lib, uning vaqti 12:00dan 13:00 gachani tashkil qiladi.
“SHIVAKI GROUP” MCHJning boshqaruv strukturasi
Struktura - lotincha so’z bo’lib, tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liq ravishda joylashishini va tuzilishini bildiradi. Boshqaruv strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
Bo’linma – o’zaro ma’lum bir tarkibga ega bo’lgan ma’lum bir maqsad uchun tashkil etilgan va korxona ishlab chiqarish tizimida bir yaxlit vazifani bajaruvchi bo’lim hisoblanadi.
Boshqaruv bo’g’ini boshqarishni aniq, ayrim funksiyalarini bajaruvchi strukturaning mustaqil bo’limidir. Boshqaruv bosqichi iyerarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo’limidir.
Boshqaruv strukturasiga ta’sir etuvchi omillar 3 ta katta guruhga ajratiladi:
Strukturani aniqlovchi omillar:
boshqaruv strukturasi maqsadi;
boshqaruv strukturasi funksiyalari va vazifalari;
xizmat qilinadigan mintaqalar va iste’molchilar soni;
korxonaning ish vaqti, rejimi, intervali.
Strukturaga ta’sir qiluvchi omillar:
tashqi muhit;
texnologiya;
korxona hajmi;
biznes strategiyasi;
xodimlar soni;
qabul qilinadigan qarorlar tizimi;
shakllangan struktura.
Strukturani optimallashtiruvchi omillar:
malakali xodimlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
bo’g’in va bosqichlar soni;
unumdorlikka erishish uchun tizimni o’zgartirish imkoniyati;
ish rejimini iste’molchilarga moslashtirish.
Korxonaning boʻlimlari 5 ta boʻlib, ular quyidagilar hisoblanadi:
savdo bolimi
boshqaruv
unduruv
marketing
buxgalteriya
Buxgalteriya bo’limida barcha turdagi ishlab chiqarishga oid hisob-kitoblar olib boriladi. Kirim-chiqim orderlari, Schyot faktura, yuk hati, ishonchnoma kabi hujjatlar olib boriladi. Bundan tashqari soliq hisobotlari ham yuritiladi.
Download 82.78 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling