1. Andijon viloyati shivaki group ma’suliyati cheklangan jamiyatining rivojlanishi tarixi
SHIVAKI GROUP ma’suliyati cheklangan jamiyatining ko‘rsatkichlari strategik tahlili
Download 82.78 Kb.
|
amaliyot hisoboti Esonov Qudratbek
3. SHIVAKI GROUP ma’suliyati cheklangan jamiyatining ko‘rsatkichlari strategik tahlili.
“SHIVAKI GROUP” Ma’suliyati cheklangan jamiyatining oxirgi 3 yil ichidagi iqtisodiy, moliyaviy va hamda ijtimoiy koʻrsatkichlarini tahlili uchun 2020, 2021 va 2022-yil ma’lumotlari oʻrganildi. Korxonaning moliyaviy hamda iqtisodiy koʻrsatkichlaridan quyidagilarni ko’rib chiqishimiz mumkin: korxonaning oxirgi uch yillik sotgan mahsulotlari soni; korxonaning oxirgi uch yillik pul mablag’lari aylanmasi mahsulot sotishdan tushgan foyda; korxonaning iqtisodiy rentabelligi va samaradorligi; korxonaning xarajatlari va zarar nuqtasi. SHIVAKI Group MChJda 2020-2022-yillarda sotilgan tovarlar
Yuqoridagi jadvalda 2020-2022-yillarda SHIVAKI GROUP MCHJda sotilgan tovar turlarini ko’rishimiz mumkin. Korxona 2020 – yil oxirgi choragida ochilganligi sabab ushbu yilda unchalik ko’p mahsulotlar sotilmagan va mos ravishda umumiy miqdorda jami sotilgan tovarlar miqdori 4050 tani tashkil etadi. 2021-yilda korxona butun yil davomida faoliyat olib bordi va tabiiyki oldingi yilga qaraganda 2.6 barobar ko’proq, ya’ni 10490 ta tovar mahsulotlar sotilgan. Bu ko’rsatkichni oshishida ma’lum hududlardagi vaziyat hamda aholi ehtiyoji o’rganilib u yerlarda ochilgan yangi 2 filialning ham foydasi kata bo’ldi. SHIVAKI GRPOUP o’z faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda korxona rivojlantirish maqsadida 2022-yilda ELDE brendini yaratdi. ELDE so’zining ma’nosi electronics devices ya’ni electron texnika vositalari degan ma’noni anglatib korxonaning faoliyati bilan chambarchas bog’liq hisoblanadi. Brending bilan bir qaotrda korxona xalqqa tanitish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan korxonadagi marketing faoliyati ijtimoiy tarmoqlar orqali brendni ommaga tanitish yuzasidan juda ko’p samarali ishlarni olib bordi. Bundan tashqari sotuv bo’limidagi xodimlarning malakasini oshirish maqsadida tajribali mentorlar tomonidan master klass darlar o’tildi, bir qancha seminarlar, treninglar amalga oshirildi. Bularning barchasi bir bo’lib korxona rivojiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Sotilgan mahslutolar hajmi 20300 dan ortiqni tashkil etdi. Bu oldingi 2021-yilga qaraganda deyarli ikki barobarga ko’proq. Bundan tashqari 2022-yilda korxona o’znining yangi 3 ta filiallarini tashkil etdi va yil oxiriga borib ELDE brendi ostida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 6ta tashkil etdi. Download 82.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling