1: Andishasiz bilan muloqot qilish nega qiyin?


:Ishbilarmonlar kastumini izoxlang


Download 45.52 Kb.
bet6/9
Sana22.04.2023
Hajmi45.52 Kb.
#1376750
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish (n.shokirov)..1

5:Ishbilarmonlar kastumini izoxlang
Kostyum-shim − zamonaviy ayollar garderobining ajralmas qismidir. Undan kundalik ish uchun unumli foydalanish ham mumkin. Bu qulaylik va tashqi ko‘rinishni xilma-xil qilishga yordam beradi.
- Kostyum-shimni oq ko‘ylak bilan kiyish ofis va boshqa joylar uchun ham mukammal obraz. Oq ko‘ylak − qat’iy, nozik rang va bir qancha uslubga mos keluvchi ko‘p qirrali libosdir. Kostyum-shimni nima bilan kiyishga ikkilanganda hamisha oq ko‘ylak yordamga keladi.
- Bir vaqtlar kostyum bilan futbolka kombinatsiyasi g‘alati tuyilar edi. Krossovkani-ku aytmasa ham bo‘ladi. Ammo bugungi kunda moda olamida yuz berayotgan o‘zgarishlar tufayli kostyum shim uchun hech qanday bezaksiz futbolka va bejirib krossovkani tavsiya etish mumkin.
- Sviter bilan ham moslash mumkin bo‘lgan kostyum-shim modellari talaygina. Bunda sviterning qanday rangda bo‘lishi ahamiyatsiz. Kimdir faqat oq va qora rangdangina foydalanadi. Ammo kostyumga qarama-qarshi rangda bo‘lgan sviter obrazni yanada mukammallashtiradi.
- Jiddiy kostyumlar bilan boyitilgan to‘r va turli nafis matodan tikilgan koftalar ayolga yanada nafislik baxsh etadi. Ushbu ko‘rinishda ofis yoki boshqa uchrashuvlarga ham tashrif buyurish mumkin.
- Biroz issiq mavsum uchun kostyum ichidan nozik yengsiz kofta ham kiyish mumkin. Shuningdek, kombinatsiya uchun mo‘ljallangan oyoq kiyimlar ham tepa qism va ob-havoga mos bo‘lishi kerak.

6:Shaxs nima?


Shaxs bu — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
Shaxsning shakllanish omillari koʻp va xilma-xiddir. Masalan, genetik (nasliy), biologik-tabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shaxsning genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, feʼl-atvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.
Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, ijtimoiy-tarixiy anʼana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiymaʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi.
Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham toʻlaqonli shaxs boʻlib yetilmasligi mumkin.




Shaxs asosini uning tuzilishi tashkil etadi, bu esa shaxsning yaxlit hosila sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va o‘zaro ta’sirga ega bo‘lishidan iborat. Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar. S.L. Rubinshteyn temperament, xarakter, layoqatlarda; bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarda; yo‘nalganlikda namoyon bo‘ladigan individual-tipologik xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi.
A.G. Kovalev yo‘nalganlik, xarakter, imkoniyatlar va mashqlar tizimini ajratadi. M.I. Enikeev temperament, yo‘nalganlik, layoqatlar va xarakterni sanab o‘tadi. Mashhur psixolog K.K. Aflotunov yo‘nalganlik tarkibini, ijtimoiy tajriba tarkibini, psixologik tarkibni va biologik asoslangan tarkibni ajratib ko‘rsatadi.
Bizlar nima uchun odam harakatlari faollashganining sababini aniqlashda ehtiyojlar mohiyatining tahlilini o‘tkazamiz, lekin bu faollikning oqibatlarini bilish uchun uning yo‘nalganligi nima bilan belgilanishini tahlil qilishimiz lozim. Yo‘nalganlik deb, shaxs faoliyatini yo‘naltiruvchi va xususiy vaziyatlardan nisbatan mustaqil bo‘lgan barqaror motivlar yig‘indisiga aytiladi. Masalan, o‘quvchi hulq-atvori yaxlitligicha ko‘rib chiqilganida, uning psixologiyasi tahlilida barqaror motivlarni aniqlash zarur. Mana shu holatdagina o‘smirning harakati tasodifiyligi yoki qonuniyatga asoslanganligiga baho berish, uning takrorlanish imkoniyatlarini oldindan ko‘ra olish, shaxs sifatlarining ba’zilarini bartaraf etish, boshqalarining rivojlanishini esa rag‘batlantirish mumkin. Motivlar u yoki bu darajada anglangan yoki umuman anglanmagan bo‘lishi mumkin. Shaxs yo‘nalganligida asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi.
Shaxs yo‘nalganligi doimo ijtimoiy belgilangan bo‘ladi va tarbiya jarayonida shakllanadi. Yo‘nalganlik – bu shaxsning xususiyatlariga aylangan va havas, istak, intilish, qiziqish, moyillik, ideal, dunyoqarash, e’tiqod kabi shakllarda namoyon bo‘ladigan mayllar. Bu shakllarning asosida faoliyat motivlari yotadi.

Download 45.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling