1: Andishasiz bilan muloqot qilish nega qiyin?


Havas – bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki etarlicha anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat.  Istak


Download 45.52 Kb.
bet7/9
Sana22.04.2023
Hajmi45.52 Kb.
#1376750
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish (n.shokirov)..1

Havas – bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki etarlicha anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. 
Istak faoliyat motivi sifatida ehtiyojning etarlicha aniq anglanganligi bilan ifodalanadi. Bunda uning ob’ektigina emas, balki uni qondirish yo‘llari ham anglanadi. 
Intilish istak tuzilishiga irodaviy tarkibiy qism qo‘shilganida yuzaga keladi. 
Qiziqish – bu shaxsning yo‘nalganligini faoliyat maqsadlarini anglash bilan ta’minlovchi bilish ehtiyoji ifodalanishining maxsus shakli. Sub’ektiv tarzda qiziqish ob’ektni chuqurroq o‘rganish, u haqda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish, uni tushunish istagida bilish jarayoniga ega bo‘ladigan ijobiy emotsional tonda namoyon bo‘ladi. Odatda, shaxs yo‘nalganligini ifodalovchi qiziqishning qondirilishi uning so‘nishiga sabab bo‘lmasdan, uni ichdan o‘zgartiradi, boyitadi va chuqurlashtiradi, bilish faoliyatining yuqori darajasi talablariga javob beruvchi yangi qiziqishlarni uyg‘otadi. 
E’tiqodlar – bu shaxsni o‘z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi. E’tiqodlar shaklidagi ehtiyojlar mazmuni – bu tabiat va jamiyatni o‘rab turgan olam haqidagi bilimlar, ularni muayyan tarzda anglash. Bu bilimlar tartibli va ichdan tashkil topgan qarashlar (falsafiy, etika, estetika, tabiiy-ilmiy) tizimini hosil etganida, ular insonning dunyoqarashi sifatida o‘rganilishi mumkin.
Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, unga aylanadi. Shaxs taraqqiyoti bo‘ysunadigan qonunlarga doir turli nuqtai nazarlar mavjud. Turli xil shaxs nazariyalari ko‘pchilikni tashkil etadi, ularning har birida shaxs taraqqiyoti muammosi o‘ziga xos holatda ko‘rib chiqiladi. Psixologik tahlil nazariyasi rivojlanishni insonning biologik tabiatini jamiyatdagi hayotga moslashuvi, insonda ehtiyojlarni qondirishning ma’lum himoya mexanizmlari va usullarining ishlanmasi sifatida tushuntiradi. Xususiyatlar nazariyasiga ko‘ra, shaxs xususiyatlari hayoti davomida shakllanadi, ularning hosil bo‘lish, o‘zgarish va barqarorlashtirish jarayonlari nobiologik qonunlarga bo‘ysunadi. Ijtimoiy ta’limot nazariyasiga ko‘ra, shaxs taraqqiyoti jarayoni odamlar o‘zaro ta’sirlashuvi ma’lum usullarining shakllanishi sifatida o‘rganiladi. Umuminsoniy va boshqa noyob hodisalar bilan bog‘liq nazariyalar «Men»ning vujudga kelish jarayoni sifatida tushuntiradilar.


Download 45.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling