1. Animatsiya dasturlarini yaratish bosqichlari. Kechki animatsion shou-dasturlar yaratish texnologiyasi


Download 63.59 Kb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi63.59 Kb.
#1798393
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu.Animatsiya dasturini yaratish - texnologik jarayon (1)


5-Modul. Animatsiya dasturini yaratish - texnologik jarayon.
Reja:
1. Animatsiya dasturlarini yaratish bosqichlari.
2. Kechki animatsion shou-dasturlar yaratish texnologiyasi.
3. Animatorlik xizmatida sport-sog’lomlashtirish dasturlari .


1. Animatsiya dasturlarini yaratish bosqichlari

Tashkilotchilar animatsiya dasturini shakllantirish davomida quyidagilarni aniqlashlari kerak:


• Maqsadli dasturning auditoriyasini (animatsiya dasturi kimga mo’ljallangan) kimlar tashkil etadi?
• Animatsiya dasturi mazmunida (asosiy g'oyasi, maqsadi, vazifalari) nima yotadi?
Animatsiya texnologiyasi. Texnologiya deyilganda animatorning mehnat usullari to‘plamini, ushbu mehnatni tashkil etish, moslama va asboblardan foydalanishni tushinish kerak. Animatsion dasturlarni yaratish va sotish (realizatsiya qilish) – murakkab jarayon va ko‘p rejalidir. Chunki u quyidagi vazifalarni hal etadi:

  • animatsiya dasturlarini tuzish;

  • dasturlar iqtisodiy qiymatini hisoblash;

  • dasturlarni reklama qilish;

  • ularni realizatsiya qilish;

  • animatsion dasturlarni tahlil etgan holda ijodiy ravishda uni amalga tadbiq qilish.

Ushbu texnologik jarayonlar o‘zida butun bir tizimni mujassamlashtiradi va barcha komponentlar o‘zaro harakatda bo‘ladi.
Animatsion dasturlarni tuzish va realizatsiya qilish tizimi sifatida o‘zaro bog‘langan bir necha tizim osti vazifalar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  • tizim osti tashkiliy ishlari – iqtisodiy, texnik, reklama bo‘limlarining birgalikdagi animatsion faoliyati komandasi (guruhi)ni tashkil etish;

  • instruktorlik-metodik tizim osti – tadbirlar ssenariysini tuzish va qayta ishlash, ekskursiya matnlarini ishlab chiqish, sport o‘yinlari va musobaqalarini tanlab olish, tajribalarni umumlashtirgan holda metodik tavsiyalarni ishlab chiqish bilan poxodlarning marshrutlarini tuzish;

  • tizim osti rejissyorligi – rollarni taqsimlash, repetitsiya rejasi, sahnalashtirish;

  • texnik tizim osti – animatsion tadbirlar uchun maydon (sahna), rekvizitlar, dekoratsiya, yoritqichlar, musiqa kuylari, kostyumlar va boshqalarni tayyorlash.

Barcha tizim ostilar texnologiya tizimini tashkil etadi va animatsion xizmatning ishlashiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Animatsion faoliyat o‘ziga xos bo‘lgan qoidalar asosida harakat qiluvchi real va mutloqa o‘zgacha olamdir. Bu harakatni professionallar ya’ni kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar amalga oshirish jarayonida imkon qadar ko‘proq odamlarni jalb qilish uchun qo‘llashadi. Bu yerda animatsion faoliyatni ishlashining o‘ziga xos qonuniyati mavjud.
Animatsion dasturlar tuzish texnologik jarayoni o‘z ichiga quyidagi elementalarni kiritadi:

  • faoliyat obektlari xizmat ko‘rsatiladigan aholi tashrif buyuruvchilar (alohida shaxslar va odamlar jamoalari);

  • faoliyat subektlari: animatsion xizmatlar rahbarlari, mutaxassislari;

  • animatsion xizmatning o‘zi (sub’ektning sub’ektga o‘zaro tasir jarayoni) uning butun komponentlari bilan.

Texnologik jarayonning hamma ishlash elementlari birgalikda va o‘zaro harakatda bo‘ladi hamda yagona tizimni tashkil qiladi. Ushbu tizimda asosiy elementlar – faoliyat ob’ektlari, odamlar: turistlar, mehmonlar, dam oluvchilar, hamma narsa ularning jismoniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Shuning uchun mutaxassis – animatorlar ushbu ehtiyojlarni bilishi lozim, har kuni ular auditoriyani, aholi turli guruhlari kayfiyatlari va qiziqishlarini o‘rganishlari zarur. Odamlarni bilmasdan turib, kutilgan natijaga erishish qiyin, auditoriyaga hissiy ta’sir etish va intellektual samaradorlikni oshirish mushkul bo‘ladi.

Download 63.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling