1. Animatsiya dasturlarini yaratish bosqichlari. Kechki animatsion shou-dasturlar yaratish texnologiyasi


Download 63.59 Kb.
bet3/5
Sana03.12.2023
Hajmi63.59 Kb.
#1798393
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu.Animatsiya dasturini yaratish - texnologik jarayon (1)

Animatsion dastur reklamasi. Animatsion dasturning samaradorligi ko‘p jihatdan reklama kompaniyasining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, reklama tovarlarni iste’molchilik xususiyatlari va xizmat turlarini ularga talabni oshirshi maqsadida iste’molchilarga yetkazish hisoblanadi. Shunday bo‘ladiki, animatsion dasturlar juda past darajada reklama qilinadi. Hatto ushbu dastur bor turistik korxonalarda ham.
Animatsion dasturni reklama qilish – bu shunday vositaki, iste’molchida ularga qiziqish uyg‘otish maqsadida mazmuni, xususiyatlari, jozibadorligi haqida ma’lumot beriladi, iste’molchilar reklama qilingan tovarni sotib olish bilan animatsion dastur ishtirokchisiga aylanadi. Animatsion dasturlar reklamasini ishlab chiqishga kirisha turib quyidagilarga amal qilish zarur bo‘ladi:

  • dastur realizatsiyasi, reklama materiallari narxlari va boshqalardan olinadigan foydaga ko‘ra o‘z moliyaviy imkoniyatlari hisobga olingan holda reklamaga moliyaviy harajatlarni baholash;

  • potensial iste’molchilarni aniqlash va ularni demografik (yoshi, jinsi), etnik belgilari, ijtimoiy maqomi, daromad darajasi va boshqalari bo‘yicha ta’rifini tuzish;

  • raqobatchilarni aniqlash, o‘z dasturlarining ustunligini aniqlash va unga reklamada e’tiborni tortish;

  • reklamani tarqatish kanallari va usullarini aniqlash.

O‘z firma stilini ishlab chiqish juda muhim, qaysikim taklif qilinayotgan animatsion dasturlar sifatining kafolati sifatida qabul qilinadi. O‘z firma stilini ishlab chiqish chog‘ida quyidagilarni hisobga olish zarur bo‘ladi:

  • faoliyatning asosiy yo‘nalishi;

  • ishlab chiqiladigan dasturlarning mo‘ljallangan bozor sigmentlari;

  • asosiy reklama vositalari;

  • ishlab chiqilayotgan dasturlarning xususiyatlari yoki ustunligi.



2. Kechki animatsion shou-dasturlar yaratish texnologiyasi.

Hozirgi vaqtda butun dunyoda mutlaqo yangi yo‘nalish – animatsiya sohasi faol foydalanila boshlaydi. Ya’ni maroqli dam olish va tadbirlarda shaxsan ishtirok etishdan olinadigan boy taassurotlar bevosita ana shu sohadagi tashkiliy ishlarga bog‘liqdir. Turizmdagi bu hodisa kurortlar servisi va ajoyib intererlar o‘rtasidagi tengsiz raqobat natijasida tug‘ilgan. Xizmat ko‘rstaishda animatsiya formulasi paydo bo‘ldi.


Turistik industriyada animatsiya yo‘nalishlaridan biri – turistlarning mehmonxonalar va dam olish markazlari (kurortlar)da dam olish animatsiyasidir. U yerda animatorlar turistlar bilan doimiy ravishda ishlaydilar. Bu xodimlarning asosiy vazifasi odamlarni zerikishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Ko‘pincha bunday xodimlar «allinclusive” tipidagi klublarda uchraydi. Turistlar uchun tashkil etilgan sport musobaqalarida yoki baliq ovida ko‘rishlari mumkin. Oqshomda esa o‘sha animatorlar turistlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan rang-barang shou tashkil qiladilar. Animatorlar formasi sifatida yorqin futbolkalar mavjud. Futbolkada animator ismi sharifi yozilgan, tilini biladigan mamlakat bayrog‘i tasviri tushirilgan katrochka bor.
Animatsimon dasturlar ishlab chiqish va tayyorlash – turistik tarmoqda alohida faoliyat hisoblanadi. U sport o‘yinlari va musobaqalari, raqs oqshomlari, karnavallar, o‘yinlar, mashg‘ulotlar va ma’naviy qiziqishlar sohasiga kiruvchi boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Dam olish dasturi – bu umumiy maqsadda yoki turistik, fizkultura sog‘lomlashtirish, ommaviy-madaniy, bilish va havaskorlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalari birligidir.
Animatsion dasturning vazifasi – madaniy, sog‘lomlashtirish va sport tadbirlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish, ularni kelgusida turistlar orasida keng yoyishdan iborat.
Animatsion dasturni shakllantirish davrida uning tashkilotchilari quyidagi savolarga javob berishlari lozim:

  1. Dastur kimlar uchun tuziladi va unda nimalar belgilanadi:

  • bo‘lajak tomoshabinlar yoshi va jinsi (agar bu oilaviy otel bo‘lsa, uning kontingenti qanaqa, dasturimizni bolalar, katta yoshdagilar tomosha qilishadimi va h.k.);

  • ijtimoiy mavqe va kasbiy mashg‘ulligi (bizning otelimiz aristokratlar va biznesmenlar tanlagan yopiq klub, yoki bu talabalar uchun yoshlar lageri hisoblanadimi), millati (madaniyat va ana’analar xususiyatlari;

  • otelda dam olayotgan odamlar turmush tarzi;

  • (klassik, qaltischi, xonashin) – uyda qamalib o‘tirishni yoqtiruvchi va h.k.

  1. Animatsion dasturlar asosida nimalar qo‘yilgan (bosh g‘oya unga erishish maqsadi);

  2. Animatsion voqealarni qanday qurish kerak.

Odatda, yangi mavsum avvalida animatorlar shefi jamoa hamkorligida butun mavsum uchun animatsion dasturlar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Har bir kun, hafta tadbirlar jadvali (soatma-soat) aniq tuziladi. Va ularni o‘tkazish bo‘yicha jamoa har bir a’zosiga ma’lum vazifa yuklanadi. Animatsiya dasturi shunday tayyorlanadiki, ko‘ngilyozar va sport elementlari o‘z shakliga ko‘ra xilma-xil bo‘lsin, turistlar qiziqishlariga mos kelsin, o‘tkaziladigan tadbirlar ko‘proq ishtirokchilarni qamrab olsin.
Oqshom shoulari ikki haftada bir marta takrorlangani ma’qul, bunda mehmonlarning otelda ikki hafta turishi uchun kelganlari hisobga olingan. Ssenariy, musiqa, chiroq, xoreografiya, liboslar – hammasi jamoa rahbari va a’zolari tomonidan puxta o‘ylanadi va tashkil qilinadi. Ko‘pincha rahbarning o‘zi ham shou-dasturda ishtirok etadi. Tushlik paytida va kechki ovqat oldidan animatorlar mehmonlarni restoran eshigida kutib olishadi, yoqimli ishtaha tilashadi. Yangi kelgan mehmonlar bilan tanishishadi, bugun birga ko‘ngilxushlik qilgan kishilar bilan gurunglashishadi, stol atrofiga o‘tirishib, suhbat uzilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka intilishadi. Mehmonlarning ko‘ngillarini yozadi va tushlikdan keyin o‘yin-kulgi va ko‘ngil ochar shouda ishtirok etishga taklif qilishadi. Kechki shouda band bo‘ladigan animatorlar kechki spektaklni repetitsiya qiladilar.

Spektaklda band bo‘lmagan barcha animatorlar kechki shou va ko‘ngilochar dasturlarni tayyorlashda ishtirok etishadi: dekoratsiya, liboslar, boshqa rekvizitlar tayyorlashadi, kiyinishda ularga ko‘maklashishadi va h.k.


Qo‘yida ikki hafta dam olishga mo‘ljallangan turistlarning dam olishning taxminiy dasturi keltirildi.

Download 63.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling