Mavzu: Maktabgacha ta’limda bolalar kitobxonligi fanining predmeti va obyekti


Download 0.59 Mb.
Sana08.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1444941
Bog'liq
2bosqich 19seminar

19- Seminar; Maktabgacha yoshdagi katta bolalar bilan she’rlarning badiiy mohiyatini tushunish va tahlil qilishga oid mashg‘ulotlar.


Shoir Anvar Obidjonnig she’rlaridan namuna sifatida foydalanamiz, mazmun mohiyati yoritilgan. O‘zingizga yoqqan shoirlar ijodidan namunalar keltiring, mavzusi bolalarning yosh xususiyatiga mos kelsin, mashg‘ulot ishlanmasi tayyorlang?

A.Obidjonning nomini eshitmagan kitobxon kam bo‘lsa kerak.Shoirning mana bu jajji she’rini tahlil qilib ko‘ramiz. Kalamushvoy, Kalamush, Savoding sal chalamush. Yoz desalar “Temir” deb, Sen yozibsan “Kemir”deb. Qisqa ammo mazmundor bu she’rdan bolalar ham, kattalar ham tegishli ma’no chiqarib oladilar.Shoir kalamush ustidan (aniqrog‘i,kalamushsifat kishilar ustidan) samimiy kulayotgandek ko‘rinadi.Shoir chalasavod o‘quvchilarni qoralayotgani sezilib turibdi.Ma’lumki, kalamushning kemirishdan boshqa dardi yo‘q,o‘zgacha yashay olamaydi ham.She’rga jiddiyroq yondashsak,muallif kalamushday o‘jar, har qanday ishni o‘z foydasi yo‘liga burib yuboradigan kishilarni qattiq tanqid qilayotganini anglab etamiz.Shoir oddiy bir jonivor tabiatidan inson faoliyatiga saboq bo‘ladigan belgi topgan va undan yoshlardagi ayrim illatlarni tanqid qilish uchun ustalik bilan foydalangan.

A.Obidjonning “Uzum” she’rini o qigan bolalargina emas, barcha yoshdagi she’rxonlar qalbida rohat tuyadi.Shoirning boalarga bag‘ishlangan she’rlarining asosiy xususiyati ana shunda – ular barcha yoshdagi kitobxonlar diliga emin-erkin kirib bora oladi, ularni ham bolaligiga, ham hayot zavqiga oshno qiladi. Donalarim marjoncha. Bir boshim – naq bir jomcha. Quritsangiz mayizman, Dasturxonga fayzman. Kuzda eb-eb to‘yishar, Qishga osib qo‘yishar. Boqar shod yosh-qarilar, Maqtar hatto, arilar.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling