“Yosh kimyogarlar”
1 – boshlovchi: - Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim, Qumlar bosib qurimasin daryolarim. Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang - xalq bo`l, elim.
2 – boshlovchi: Mirzo Jaloliddin Manguberdilar, Qo`lga qilich olib otga mindilar. Ne – ne g`animlarning dodin berdilar, Bu mening Vatanim, aziz yurtim.
1 – boshlovchi: Salomdan boshlanadi hurmat, ehtirom, Salomdir dunyoda eng shirin kalom. Ey aziz mehmonlar, dono ustozlar, Avvalo sizlarga salom – assalom.
2 – boshlovchi: Assalom ustozlar, qalbi quyoshlar, Assalom bilimsevar zukko tengdoshlar.
1 – boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, maktabimizning bilimsevar o`quvchilari. Mana bugun biz sizlar bilan “YOSH KIMYOGARLAR” nomli tadbirni o`tkazish uchun yig`ildik. Tadbirni ochib berish uchun so`zni maktabimiz direktori S. Jalilovga beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |