Yosh kimyogarlar


Download 63 Kb.
bet5/6
Sana02.01.2022
Hajmi63 Kb.
#200902
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YOSH KIMYOGARLAR

1 – boshlovchi: Deyarli hech narsa.

2 – boshlovchi: Unda keling quyidagi “Suv janobi oliyalari” nomli sahna ko`rinishimizni tomosha qilaylik. Ana undan keyin o`z fikrlarimiz bilan o`rtoqlashsak, nima deysiz.

Qatnashuvchilar: 1) Olib boruvchi. 2) O`qituvchi. 3) O`quvchi. 4) Ibn – Xattob. 5) Ma’ruzachilar.

Olib boruvchi: Suv! Undan yaqinroq va oddiyroq biror modda topish mumkinmi? Suv yer yuzida eng ko`p tarqalgan moddadir. Inson hayotining birinchi kunidayoq suv bilan to`qnashadi. Ha o`sha den-giz va daryolar, bulutlar va muz shaklidagi suvlar. Tasavvur qiling yer yuzida suvsiz hayot. Bu cheksiz cho`l – u biyobonlar, bu qurib qolgan Orol dengizi, bu gulsiz, bargsiz hayot. Keling endi suv, uning xossalari, ajoyib xususiyatlariga bir to`xtalib o`tsak.

Sahnada Eshmatov: Qo`lida kimyo kitobi. Suv haqidagi mavzuni o`qimoq-da. Ammo hech narsani tushunmagani chehrasidan bilinib turibdi. Qiynalib ketganidan sehrgar Ibn – Xattobni chaqirmoqda.

Ibn – Xattob: O yuragimning bir bo`lakchasi Eshmatov! Men suv haqida juda ko`p narsalarni bilaman. Qo`rqmasdan maktabingga boraver, hech narsadan qo`rqma. ( Ibn – Xattob va Eshmatov chiqib ketadilar)

Sinf jixozlangan, tajriba uchun jixozlar. Sinfda o`quvchilar o`tiribdi. Birinchi partada Eshmatov, o`qituvchi stoli orqasida Ibn – Xattob yashiringan. Sinfga o`qituvchi kirdi.

O`qituvchi: Bugun biz sizlar bilan suv haqida suhbatlashamiz. Xo`sh Eshmatov sizdan boshlaymiz. Suv haqida nimalarni bilasiz?

Eshmatov doskaga chiqadi. Ibn – Xattobning so`zlarini takrorlay boshlaydi.

Eshmatov: Donishmandlar – donishmandi! Men sizga aytsam, suv bu yer yuzida eng kerakli modda, arablarning fikricha suv bo`lmagan joyda hayot ham bo`lmaydi.

O`qituvchi: Eshmatov javoblaring juda qiziqku. Sen reja asosida boshla: Suvning fizik xossalari, kimyoviy xossalari va ishlatilishi.

Eshmatov: Donolar – donosi domlajon! Xatolarimni kechiring. Bir qoshiq qonimdan keching. Xatolarimni tuzatishga harakat qilaman. XVII asrda yashagan Kirxer ismli din peshvosining fikricha, yer yuzasidagi suv katta kanal orqali butun yer sharida oqib o`tadi. Shimoliy qutbda shu kanal orqali suv oqib, Janubiy qutbga keladi va quduqlarga quyiladi.

O`qituvchi: Demak, seningcha biz har kuni Shimoliy qutbdan oqayotgan sho`r dengiz suvi bilan yuvinar ekanmizda.

Eshmatov: O, donolar – donosi ustoz, nahotki siz har kuni yuvinasiz! Hatto Ispaniya qirolichasi va buyuk Fransiya qiroli Lyudovik ham har kuni yuvinmagan.

O`qituvchi: Suv haqidagi bunday eski tasavvurlar, ma’lumotlarni qayerdan olding?

Eshmatov: Chunki men qarib qolganmanda (keyin Ibn – Xattobga qarab) chalkashib ketdim chiqa qoling.

O`qituvchi: Ha gap bu yerda ekanda, suv haqidagi qadimgi qarashlarni siz yetkazayotgan ekansizda. Hurmatli Ibn – Xattob bizning mehmonimiz bo`ling. Hozir suv haqida bizning yosh kimyogarlarimizdan bilib olasiz.

Boshlovchi: Suvsiz hayot yo`q, buni hammamiz bilamiz. Suv bilan tabiat jonlanadi, hayot nish uradi, yashashga oshiqadi, kuch – quvvatga kiradi va hayot jilvalanadi. Suv hamisha tabiatning asosiy unsur deb qaralgan. “Suvga suprindi tashlama”, “suvga tupurma”, “quduqqa tosh tashlama” degan gaplarga kishilar rioya etgan. Sahnaga navbat bilan o`quvchilar chiqa boshlaydi:

1 - o`quvchi: Suv toza holda rangsiz, hidsiz va ta’msiz suyuqlik bo`lib, 100°C da (101,3 kP bosimda) qaynaydi. Xuddi shunday bosim sharoitida 0°C da muzlaydi. Suvning yuqori zichligi 4°C da 1g/sm3 ga teng.

2 - o`quvchi: Suv juda katta issiqlik sig`imiga (4,19kJ/kg) ega bo`lgan modda. Shu sababli u sekin isiydi va sekin soviydi. Suv o`zining shu xossasi tufayli yer sayyorasida iqlimni tartibga solib turuvchi modda hisoblanadi. Tajriba: “Yonmaydigan ro`molcha”. Qo`l ro`molchasini suvga botirib oling. Uni siqib spirt yoki atsetonga botirib olib qisiladi. Ro`molcha bir chetidan qisqich bilan ushlab yondiriladi.

3 - o`quvchi: Suvning muhim fizik xossalaridan biri uning kuchli erituvchi ekenligidir. Shuni akidlash kerakki suvda mutlaqo eirmydigan modda deyarli bo`lmaydi. Tajriba: Suvning “sut” va “qon” ga aylanishi. Bitta stakanning atrofi 5 %li ammoniy rodanit eritmasi, ikkinchisi esa bariy xloridning eritmasi bilan artiladi. Har bir stakanga 20 – 25 – ml suv quyiladi. Har bir stakanga temir sulfatning 5%li eritmasidan qo`shiladi. Ko`rganlar hayratga tushadi, stakanlarning birida “sut”, ikkinchisida “qon” hosil bo`ladi.

4 - o`quvchi: Tirik organizmlarda eng ko`p uchraydigan modda bu suvdir. U hujayralaning tarkibida turli xil miqdorda bo`ladi. Tish emali hujayralarida 10 % gacha, rivojlanayotgan homilada 90 %, ko`p hujayrali organizmlar tanasining 80 % ini suv tashkil etadi. Odam tanasining 64 % ini, uy hayvonlarining 59 % ini, baliqlarning esa 75 % ini suv tashkil etadi. Tajriba: “Oltin” ning olinishi. Qo`rg`oshin nitrat va kaliy yodidning 10 % li eritmalari tayyorlanadi. Eritmalar qo`shiladi. Qo`rg`oshin yodid suvda yomon eriydi, shuning uchun u cho`kmaga tushadi. 100 ml qo`shilib to eriguncha qizdiriladi. Keyin eritma sovitiladi, stakan qorli idishga solib qo`yiladi. Soviganda qo`rg`oshin yodidning sarg`ish rangli kristallari – “oltin” hosil qiladi.

O`qituvchi: Hurmatli Ibn – Xattob! O`ylaymanki, bugungi darsimizdagi yosh kimyogarlarning chiqishlari sizda zo`r taasurot qoldirdi. Endi sen ham Eshmatov suvni oddiy modda deb hisoblamasang kerak.

Boshlovchi: bugun biz sizlar bilan suv janobi oliyalari to`g`risida suhbatlashdik. Siz aziz o`quvchilar ham o`zingizga kerakli xulosalarni chiqarib olgan bo`lsangiz biz bundan xursandmiz.




Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling