Yosh kimyogarlar


Download 63 Kb.
bet3/6
Sana02.01.2022
Hajmi63 Kb.
#200902
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YOSH KIMYOGARLAR

2 – boshlovchi: Shunday narsalar borki ularsiz inson hayotini tasavur etish qiyin. Masalan, taqvim, soat yoki ko`paytirish jadvali. Kimyoda esa bunday jadval kimyoviy elementlar davriy jadvalidir. Davriy sistemani 1869 – yil D. I. Mendeleyev ishlab chiqqan bo`lib, u 7 ta davr, 8 ta guruhdan iborat.

1 – boshlovchi: Endi navbatni davriy sistemani tashkil etgann elementlarga bersak. “Elementlar so`zlaydi.”

Uglerod: Kim boshlaydi bormi azamat?

Vodorod: Eh nodonlar aytishim shartmi? Men jadvalda axir birinchi Turishimni nahot bilmaysiz. Meni yengil gaz derlar, Mendan o`g`it olarlar. Yondirsalar yonaman, Oddiy suvni beraman. Koinotda ko`p uchrar, Rangsiz, yengil metallmas. Elementlar ichida, Eng yengili ushbu gaz.

Temir: Nomim qora metalldir, Biroq asl metallman. Po`latim rangi oppoq, Juda kerak metallman. Yasalar asbob – anjom, Bolg`alashga tap – tayyor. Bo`lar kerakli anjom. Cho`yanim ancha mo`rtroq. Bolg`alashga chatoqroq. Qoliplasangiz agar, Tayyor bo`lar pech, o`choq. Men bilan tirik hayot, Meni qiling ehtiyot.

Kislorod Mening nomim kislorod, Neki bor tirik jonzot, Hayotin asragayman, Bag`ishlab unga hayot. Mag`rurman, ammo haqman, Mensiz tiriklik bo`lmas. Oksidlar – u asoslar Men bilan olar nafas. Havoda bordirman men, Mensiz yashay olmaysiz. Suvda bordir vodorod Va kamina kislorod.

Uglerod Bir holatda qalamdirman, Bir holatim toshko`mir. Qurum bilan olmos ham, Turmushda kerakdirman. Oddiylik borasida Xossam ko`pdir gapirsam. Eng qattiqman eng arzon, Alohida nomim bor: Lotincha derlar “Karbon” Tiriklikning barchasi Men bilan barhayotdir.

O`quvchi: Har kim maqtar o`zini, O`tkazmoqchi so`zini. Mo`jizalar olamida Har kimning bor o`z o`rni. Eshiting siz ham biroz, Boshladi simob daroz.



Simob Metallarning suyug`iman, nomimni derlar simob. Bo`yginam cho`ziladi, tanim isitsa oftob. Boshqalardan qiymatim, do`stlar, emas also kam, Bag`rimga tushsa, erib ketar oltin ham. O`zim suyuq ziyrakman, Hamma joyda kerakman. Meni deydilar simob, Bug`larim zahar noyob.

Oltin To`g`ri maqtanding simob, Eritding meni shut ob. Lekin o`zim passivman, Ta’sir etmas kislota. Shu meni do`stlar Ishlatarlar har ishda. Tilloman – eng qimmat tanga, Kerakman sizga yanga. Taqsangiz meni qo`lga, Ko`z – ko`z bo`lur ko`rganga.

Azot Meni derlar azotjon, O`simlik bo`lsa nimjon. Bo`larman unga kon jon, Xursanddir mendan dehqon. Havoning tarkibida Sal kam 80 foizman. Havodan bir oz yengil Suvda ham oz eriyman.

O`quvchi: Kimyo sanoatining noni, Akkamulyatorning joni. Sulfat kislotadir nomi, Navoiydadir koni.



Oltingugurt Tabiatda birikmasi Kolchedan gipsdir. Aldama rux piritda, Uning miqdori ko`pdir. P element oilasiga Kirar oltingugurt ham. Oppoq tusga kiradi, Agar havo bo`lsa nam. Asli uning rangi sariq, Yer tagida ko`p bo`lar. Yuz o`n ikki darajada U suyuq holga kelar.

Alyuminiy Aluminiy mening nomim, O`zim oq rang yaltiroq. Massam uncha og`irmas, Tok o`tadi yaxshiroq. Shuning uchun yasalur, Mendan ulkan tayyora. Hatto sayr qildim men, Uzoq – uzoq sayyora.

O`quvchi: Ishqor bo`lar g`o`za poya kulida, Ishlatilar har bir o`zbek uyida. Ortib ketsa me’yori, . O`ylamasdan yemirar qo`lni.



Natriy Men natriyman faol metal, Yasamaslar mendan medall. Chunki tanim juda bo`sh, Suvga esa juda o`ch. Uy ro`zg`orga juda kerak Ichimlik kir sodasi. Natriy juda saxiy edi, Bir kun xlorga dedi: - Ey xlorjon kuyma ko`p, Menda electron ko`p. Mayli istaganing ol, Mudom do`stim bo`lib qol. Xlorga yoqib tushdi Natriyjonning bu so`zi. Shu do`stlikdan tug`ildi Bizga kerak osh tuzi.


Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling