Animatsion dasturlarni ishlab chiqish va o‘tkazish bosqichlari. U yoki bu animatsion dasturlarni tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha ishlarni bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkin.
Birinchi bosqich (eng katta va mas’uliyatli bosqich) – tayyorgarlik bo‘lib, u o‘z tarkibiga quyidagilarni kiritadi:
taklif etilayotgan animatsion dastur tahlili;
maqsad va vazifalarni aniqlash;
dasturni o‘tkazish joyi va vaqtini tanlash;
animatsion dasturlarni yoshi, etnik va ushbu xizmat iste’molchilarining boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalashtirish;
dasturga kiritilgan animatsion tadbirlar ssenariylarini tanlash yoki tuzish;
dasturlarni o‘tkazishga sarflanadigan harajatlar smetasini tuzish;
ijodiy jamoani tanlab olish, animatsion komanda (gurux) ichida burchlarni taqsimlash;
texnik tayyorlash: inventarlar sotib olish, dekoratsiya, kastyumlar, rekvizitlar va h.k. tayyorlash;
tovush va yoritish apparatlarini va boshqa texnik vositalarni o‘rnatish, sahnani jihozlash, fonogramma va boshqalarni tayyorlash;
repetitsiya o‘tkazish, o‘yin qoidalarini o‘rgatish va boshq.;
belgilangan animatsion tadbirlarga reklama kompaniyasini o‘tkazish.
Ikkinchi bosqich – animatsion dasturni o‘tkazish, bu barcha ishtirokchilar uchun eng murakkab va mas’uliyatli ish hisoblanadi. Bu hamma animatorlarning kuchini birlashtirishni toqoza etadi, asabiy zo‘riqishni yengib o‘tish va qo‘yilgan vazifani bajarishni talab qiladi.
Uchinchi bosqich – yakunni chiqarish: o‘tkazilgan dasturni tahlil qilinadi; tahlil bilan birga iste’molchilar anketa so‘rovlari umumlashtiriladi; dasturni takomillashtirish ishlari olib boriladi. Shunday qilib, texnologik jarayon uch asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi: tayyorgarlik qismi, dasturni o‘tkazish va o‘tkazilgan dasturni tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |