Nomi, atalishi
|
Qisqacha tafsiloti
|
Streyching
|
Nonushtadan keyin uncha ko‘p bo‘lmagan (15 min) ertalabki gimnastika
|
Kamondan otish
|
O‘yin paytida kamondan o‘q otish bo‘yicha yaxshi kamonchi konkursi uyushtiriladi, hafta oxirida yakun yasaladi va haftaning eng yaxshi kamonchisi aniqlanib, faxriy diplom topshiriladi.
|
Chim ustida
xokkey
|
Turistlardan ikki jamoa tuziladi, o‘yin umum qabul qilingan qoidalar asosida o‘tkaziladi.
|
Bochcha
|
Yalang yerda, o‘t ustida o‘tkaziladigan fransuzcha o‘yin bo‘lib, maydonga kichik oq shar qo‘yiladi. Har bir o‘yinchi 2 tadan katta kemtik metall sharlar olishadi – bu taniqli belgi u yoki bu o‘yinchiga tegishligini bildiradi. Metall sharni shunday otish kerakki, u iloji boricha oq sharga – belgiga yaqinroq borib tushsin. Har bir o‘yinchiga 2 martadan beriladi. Kimning shari belgiga yaqinroq borsa, o‘sha yutgan hisoblanadi.
|
Kriket
|
Landshaft bo‘yicha temir xalqalar qo‘yilib chiqiladi, ishtirokchilarga bittadan yog‘och to‘p va tayoq beriladi, o‘yinchilar vazifasi birinchi bo‘lib barcha darvozlar (halqalar) ga to‘pni kiritish.
|
Mini-golf
|
Katta golfga o‘xshash, uncha katta bo‘lmagan maydonda ko‘p sonli sun’iy to‘siqlar qo‘yilgan.
|
Suv polosi
|
Suvda sport jamoasining to‘p o‘yini. Ikki jamoa o‘ynaydi. Har bir jamoaning vazifasi – raqiblar darvozasiga to‘p kiritish.
|
Suv aerobikasi
|
Suvda musiqa ohanglari ostida maxsus kompleks mashqlar o‘tkazish. Mashg‘ulot tajribali yo‘riqchi tomonidan o‘tkaziladi. U turli kategoriya turistlar uchun optimal yuklanishni hisobga olgan holda kompleks mashqlarni ishlab chiqadi. Katta qiziqishni uyg‘otish uchun shuningdek, masharabozlik shoulardan foydalaniladi.
|
Konkurs - musobaqalar
|
Eng yaxshi sho‘ng‘uvchi.
Basseyn tubiga tanga yoki qandaydir boshqa buyum joylashtiriladi. Konkurs ishtirokchilariga o‘sha tangani olib chiqish taklif qilinadi. Belgilangan vaqt ichida kim ko‘p tangani olib chiqsa o‘sha yutgan hisoblanadi.
Eng yaxshi suzuvchi.
Dam oluvchilar orasidan guruh tanlab olinadi va animator hakam ishorasi bilan suzish boshlanadi. Basseyn narigi boshiga kim birinchi bo‘lib suzib borsa, o‘sha g‘olib chiqadi.
|