1. aqsh tajribasi. Germanya tajribasi
AQSh jami kollej va universitetlari, 2015
Download 1,04 Mb.
|
Mintaqa... Chet el tajribasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- GERMANYA TAJRIBASI.
AQSh jami kollej va universitetlari, 2015
Xususiy 4 yillik ta'lim muassasalari soni 1,845ta va 4,161,815 talaba; yillik davlat muassasalari soni 1,070ta va 6,184,229 talaba; Xususiy 2 yillik ta'lim muassasalari soni 596 ta va 303 826 talaba O’zbekiston Respublikasi bilan aloqalari. O‘zbekiston Respublikasi bilan AQSh o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 19 fevral kuni o`rnatilgan. O‗zbekistonAQSh munosabatlari doirasidagi barcha yo‗nalishlarda sifat jihatidan yangi va o‗zaro manfaatli aloqalarni yo‗lga qo‗yishni belgilab bergan asosiy hujjat bu ikki mamlakat o‗rtasida 2002-yil martda imzolangan Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‗g‗risidagi Deklaratsiya hisoblanadi.Ikki tomonlama hamkorlikni muntazamlashtirish hamda qayd etilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida AQSh bilan o‗zaro manfaatli va barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli «Yo‗l xaritasi» amalga oshirilmoqda. 2017-yilda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi AQShga va Vakillar palatasi a‘zosi T. Kelli boshchiligidagi bir guruh kongress a‘zolari O‗zbekistonga tashrif buyurdi.O‗zbekiston va AQSh o‗rtasida ustuvor ahamiyatga ega bo‗lgan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik faol rivojlanmoqda. Mamlakatlar o‗rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirishda AQSh-O‗zbekiston savdo palatasi muhim ahamiyat kasb etadi. GERMANYA TAJRIBASI. Statistics Time xalqaro reyting kompaniyasi 2018 yil ikkinchi choragi hisobotiga ko‘ra Germaniya nominal YaIM hajmi 4,211,635 trln. AQSh dollari, 2017 yil yakunlari bo‘yicha XVF ma‘lumotiga ko‘ra aholi jon boshiga tushadigan milliy daromad bo‘yicha esa 50,840 AQSh dollarini tashkil etib, hozirda dunyo iqtisodiyotining 4 orinida turadigan mamlakat. Ushbu reyting kompaniya tomonidan mamlakatning 2023 yilga borib YaIM hajmi 5,240 tlrn. .AQSh dollari bashorat qilinmoqda. Germaniya 1995 yil 1 yanvarda Butunjahon Savdo Tashkilotiga a‘zo bo‘lgan. 2016 yilda Germaniya tashqi savdo hajmi 310 milliard AQSh dollarni tashkil qildi. Hozirda mamlakat jahon miqyosida eng katta kapitalni eksport qiluvchi mamlakatga aylandi. Iqtisodiy rivojlanish tarixi VIII asr boshlarida Ispaniyagacha yetib borgan nemis qabilalri asosan hunarmandchilik asosida kun ko‘rishgan. Ilm-fan taraqqiyotini rivojlantirishda Rim va Vizantiya Imperiyalari alohida tahsinga sazovordir. Chunki Vatikanda bo‘lib turgan ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan yutuqlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatda milliy boshqaruv tizimiga tadbiq etilar edi. Ilk olimlarning paydo bo‘lishi hamda ta‘lim tizimining takomillashshuvi aynan ushbu omil hisobiga to‘g‘ri keladi. Germaniya 1871 yilda yagona davlatga aylandi. Mamlakat Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng ikki qismga bo‘lingan holda keskin rivojlana oshladi. G‘arbiy Germaniya AQSh va Buyuk Britaniya tomonida bo‘lsa Sharqiy germaniya Sobiq Ittifoq va Sobiq Yugoslabiya hamkorligida rivojlana bosladi. Ayniqsa qayta qurish dasturi markazdan boshqariladigan rejali iqisodiyot asosida tashkil etilgan bo‘lsa G‘arbiy qismda erkin bozor munosabatlari uyg‘unlasha boshladi. Shu tarzda rivojlangan ikki qismli mamlakat 1989 yilda birlashib Buyuk devor qulatildi. Endilikda mamlakat bir butun tizimda ishlay boshladi. O’zbekiston Respublikasi bilan aloqalari O‘zbekiston Respublikasi bilan Germaniya o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 6 mart kuni o`rnatilgan.Ikki mamlakat o‗rtasida turli, jumladan oliy darajadagi siyosiy muloqot yo‗lga qo‗yilgan. O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Germaniyaga rasmiy tashriflari (1993-, 1995- va 2001-yillar), Germaniya Prezidenti R.Gerzogning O‗zbekistonga davlat tashrifi (1995yil) va Kantsleri G.Shryoderning rasmiy tashrifi (2002-yil) amalga oshirilgan. Tashqi ishlar vazirliklari o‗rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 13 ta doirasi o‗tkazilgan. 2017-yil yakunlariga ko‗ra, o‗zbek-german savdo aylanmasi hajmi 613,2 million AQSh dollarini tashkil etdi. Ikki mamlakat o‗rtasidagi moliyaviy va texnikaviy hamkorlikning umumiy hajmi 329,9 million yevrodan oshgan. O‗zbekistonda nemis madaniyati va tilini o‗rganishga katta qiziqish mavjud. Nemis tili respublikada eng ko‗p tarqalgan chet tillari orasida ikkinchi o‗rinni egallaydi. Hozirgi paytda oliy ta‘lim sohasida Germaniyaning 20 dan ortiq oliy o‗quv yurtlari bilan sheriklik aloqalari o‗rnatilgan bo‗lib, talabalar, mutaxassislar va pedagog kadrlar almashinuvi yo‗lga qo‗yilgan. Ikki tomonlama madaniy-gumanitar munosabatlarni rivojlantirishda Toshkent va Berlin, Samarqand va Bremen, Buxoro va Bonn shaharlari o‗rtasidagi hamkorlik aloqalari muhim rol o‗ynaydi. Download 1,04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling