1. aqsh tajribasi. Germanya tajribasi
Download 1.04 Mb.
|
Mintaqa... Chet el tajribasi
KANADA TAJRIBASI
Statistics Time xalqaro reyting kompaniyasi 2018 yil ikkinchi choragi hisobotiga ko‘ra Kanada nominal YaIM hajmi 1,798,512 tlrn. AQSh dollari, 2017 yil yakunlari bo‘yicha XVF ma‘lumotiga ko‘ra aholi jon boshiga tushadigan milliy daromad bo‘yicha esa 48,470 AQSh dollarini tashkil etib, hozirda dunyo iqtisodiyotining 10 orinida turadigan mamlakat . Ushbu reyting kompaniya tomonidan mamlakatning 2023 yilga borib YaIM hajmi 2,434 mlrd. AQSh dollari bashorat qilinmoqda. Kanada 1995 yil 1 yanvarda Butunjahon Savdo Tashkilotiga a‘zo bo‘lgan. Kanadaning rivojlanish modeli bozor mexanizmlari va yuksak texnologiyaga asoslangan aralash iqtisodiyotdir. Kanada hayot darajasi va turmush tarzi juda yuqori bo'lgan dunyodagi eng boy mamlakatlardan biridir. Boshqa rivojlangan davlatlar kabi, mamlakat iqtisodiyoti ham xizmat ko'rsatish sohasiga ega bo‘lib YaIMning aksariyat qismini shakllantirib umumiy ish kuchining to'rtdan uch qismini tashkil etadi. Kanada 2016 yilda umumiy qiymati 33,2 trln. AQSh dollariga baholangan tabiiy resurslarning to'rtinchi eng yuqori zahira ko'rsatkichga ega. U dunyodagi uchinchi yirik tasdiqlangan neft zaxiralariga ega bo‘lib, to'rtinchi yirik eksportchisi sanaladi. Bundan tashqari, u tabiiy gazning to'rtinchi yirik eksportchisi hamdir. Kanada juda boy tabiiy resurslari tufayli "energiya super kuch" dasturiga amal qiladi. Iqtisodiy rivojlanish tarixi Kanadaning geografik jihatdan juda qulay va keng ko‘lamda joylashuvi mamlakat tabiiy resurslar zahiralarini boyitib boorish, qazib olish, qayta ishlash va eksport qilishga strategic jihatdan bog'liq. U shimoliy muz Okeani (Arktika) hamda Tinch va Atlantika, shuningdek Alyaska hududlarifa joylashgan bo‘lib, shimoliy qutbining aksariyat suvliklari bilan chegaradosh desak mubolag‘a bo‘lmaydi. XX asr mobaynida Kanada ishlab chiqarish sanoati va xizmatlar sektori tobora rivojlana boshladi. Xalqaro savdo munosabatlari Kanada iqtisodiyotining juda katta qismini, xususan, uning tabiiy resurslarini qayta islash orqali sanoatga bog‘liq mamlakat ekanligini hududiy taraqqiyotni ta‘minlaydi. 2009 yilda Kanada, jami eksportning qariyb 58 foizi qishloq xo'jaligi, energetika, o'rmonchilik va kon sanoati eksporti hisobiga to'g'ri keldi. Mashina, uskunalar, avtomobil mahsulotlari va boshqa mahsulotlar 2010 yilda jami eksportning 38 foizini tashkil qilgan. O’zbekiston Respublikasi bilan aloqalari O‘zbekiston Respublikasi bilan Kanada o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 7 sentyabr kuni o`rnatilgan. O‗zbekiston Kanada bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga muhim e‘tibor qaratmoqda va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi o‗zaro foydali hamkorlikni rivojlantirishga intilmoqda. Davlatlar o‗rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yilning 7-aprelida o‗rnatilgan. Ikki tomonlama aloqalar O‗zbekiston Respublikasining qarorgohi Vashington shahrida bo‗lgan Kanadadagi Elchixonasi hamda Kanadaning qarorgohi Moskva shahrida bo‗lgan O‗zbekistondagi Elchixonasi darajalarida olib borilmoqda. 1997 yildan buyon Toshkentda Kanadaning Fahriy Konsulligi faoliyat yuritib kelmoqda. O‗zbekiston Lotin Amerikasi davlatlari bilan faol aloqalarni qo‗labquvvatlashga intilmoqda. Braziliya, Kuba, Chili va Argentina mamlakatlari bilan munosabatlarda muntazamlik kuzatilmoqda. Ishchi muloqot muntazam ravishda xabar almashish va delegatsiyalarning o‗zaro tashriflari ko‗rinishida amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017-yil fevralida O‗zbekiston Qishloq va suv xo‗jaligi vaziri o‗rinbosarining Braziliyaga soya ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida amaliyotlarni o‗rganish bo‗yicha tashrifi tashkil etildi. ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling