1. aqshning geografik joylashuvi aqshning tarixi


AQSHning tabiiy resurslari


Download 143.5 Kb.
bet6/11
Sana30.03.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1309303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3.mavzu

6.AQSHning tabiiy resurslari. AQSH yer osti va yer usti foydali qazilmalarga juda boy. Jumladan, toshko’mir, qo’ng’ir ko’mir, neft, yonuvchi gaz, temir, marganets, titan, xromit, mis, rux, qo’rg’oshin, kumush, polimetal, nekilь, kobalьt, alyuminiy, molibdan, volfram, simob, surma, uran rudalari, oltin, platina, oltingugurt, fosfort, osh va kaliy tuzlari kabi yer osti va yer usti boyliklari uchraydi.
Ayniqsa, yoqilg’i energiya resurslari, qora va rangli metallarning yirik zahiralari, tog’-kimyo xom-ashyosi va boshqa resurs zahiralari bilan ajralib turadi. AQSH neft va gazning yirik zahiralariga ega. Yirik neft va gaz havzalari Alyaskada, mamlakat janubidagi Texas, Nyu-Meksika, Luiziana, Tinch okean sohillari bo’yidagi Kaliforniya shtatilari, Meksika ko’rfazi hududida nihoyatda ko’p. Mamlakatda yiliga o’rtacha 338 million tonna atrofida neft va 661 millyard kub metr tabiiy gaz olinadi. Yiliga 1 mlrd tonna atrofida ko’mir (Toshko’mir-932 mil. tonna va qo’ng’ir ko’mir-76 mil. tonna) qazib olinadi va Xitoydan keyin Jahonda 2- o’rinda turadi.(5-jadval)
Yirik ko’mir havzalari Buyuk ko’llar havzasi, Sharqiy proventsiyada (Appalachi), Buyuk tekisliklar shimolida va Alyaska hududida joylashgan. Temir, mis va boshqa rudalar Michigan va Minnesota shtatlarida , molibdin va volьfram tog’li shtatlarda, mis Arizona, Yuta, Nyu-Meksika, Montata shtatlarida, rux Tennissi va Nyu-Jersi, qo’rg’oshin - rux rudalari Aydaxo, Yuta, Montana, Missuri shtatlaridadir. Qimmatbaho oltin konlari zahiralari Alyaska, Kaliforniya, Nivada, Yuta, Kaliforniya, Arizana, Pensilvaniya, Michigan kabi shtatlar hududida nihoyatda ko’pdir. SHuningdek, kumush, platina, uran, kamyob va sochma metallarga boy Kordilyerada, fosforit Florida, Shimoliy Karolina, Aydaxo shtatlarida, oltingugurt Meksikabo’yi pasttekisligidan qazib olinadi.
Ichki suvlari. Shimoliy Amerika makromintaqasi ichki suvlari boyligi bilan ajralib turadi. AQSHning ko’p daryolari Atlantika okeani havzasiga qo’yiladi. Mamlakat hududidan dunyoning eng yirik daryo tizimlaridan biri Missisipi daryosi oqib o’tadi. Missisipining uzunligi Missuri irmog’i (4750 km) bilan qo’shib hisoblaganda 6420 km. dir. Missisipining suv yig’adigan maydoni 3 mln. 238 ming kv.km., o’rtacha suv sarfi bosh daryoning qo’yilish joyida esa 19000 m/sek.
Missisipining eng katta so’l irmog’i Ogayi bo’lib, uning uzunligi 1580 km. Ogayining irmog’i Grin-River daryosi havzasida Appalachi platosi chekkasi yaqinida mashhur Mamont g’ori bor. G’orning tekshirilgan qismi uzunligi 240 km. dir.Shuningdek, Rio-Grande (Pekos irmog’i), Kolorado daryolari ham o’z suvini Atlantika okeaniga quyadi. Niagara daryosida 50 metrlik Niagara sharsharasi oqadi. Kordilьera tog’ tizmalaridan boshlanuvchi Kolorado daryosi AQSHning janubi-g’arbidan (Katta Kanon hosil qilib) oqib o’tib, Meksika hududidagi Kaliforniya qo’ltig’i (Tinch okean)ga qo’yiladi, Kolumbiya daryosi ham o’z suvini Tinch okeaniga quyadigan daryolardan. AQSH Alyaskasi hududida eng uzun daryolardan Yukon daryosi bo’lib uning uzunligi 3180 km. dir.
AQSHning eng katta ko’li Buyuk ko’llar (Yuqori ko’l, Michigan, Guron, Eri, Ontario) va Katta Sho’r ko’llardir. Buyuk ko’llar (Yuqori ko’l, Michigan, Guron, Eri, Ontario) suv havzasining maydoni 246050 kv.km., maydoni 82414 kv.km.,eng chuqur joyi 393 metr. Buyuk ko’llar (Yuqori ko’l, Michigan, Guron, Eri, Ontario) bir biri bilan tutashib katta suv oqimini hosil qiladi va Avliyo Lavrentiy daryosi bilan birgalikda Atlantika okeaniga bog’lanadi. (5-jadval)

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling