Xix asr oxiri XX asr boshlarida aqsh
Download 181.31 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqjahon tarixi mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQSH ning iqtisodiy taraqqiyoti va uning sabablari.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim , Fan va Innovatsiyalar Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Tarix Fakulteti Arxeologiya yo’nalishi MUSTAQIL ISH Mavzu: XX asr boshida AQShning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi Tayyorladi:Murotaliyeva R. Qabul qildi:Xaynazarov B. AQSH ning iqtisodiy taraqqiyoti va uning sabablari. 1776 yil 4-iyulda mustaqilikka erishgan AQSH, 1787 yildagi Konstitusiya asosida demokratik yo`l bilan taraqqiyot sari odimladi. 1861 -1865 yillardagi fuqarolar urushi va qulchilikning bekor qilinishi mamlakatni yana ilgari rivojlanishi uchun yo`l ochib berdi. Buning ustiga AQSH ning o`z hududlarini ancha kengaytirib olgani (1822 yilda Flaridani sotib olinishi, 1848 yilda Meksikadan Texas Nyu-Meksika va boshqalarni tortib olinishi, 1867 yil Alyaskani qo`lga kiritilishi) natijasida bitmas, tuganmas yer osti va yer usti boyliklariga ega bo`ldi. Ishlab chiqarish kuchlarining tez taraqqiy qilish uchun yangi sharoit vujudga keldi. Bu davr AQSH da kapitalizm tez suratlar bilan rivojlanganligi va sanoat to`ntarishi sodir bo`lganligi bilan harakterlanadi. 1894 yilga kelib, AQSH sanoat ishlab chiqarish jihatidan 1 -o`ringa chiqib oldi. Ilgari Angliyaning mustamlakasi bo`lgan bu o`lka jahondagi eng rivojlangan industrial –agra mamlakatga aylangan. 40 yilda, ya`ni 1899 yilga kelib korxonalar soni 3 marta, ishchilar soni 4 marta, maxsulot ishlab chiqarish 7 marta, ishga solingan sarmoyalar 10 marta ko`paydi. XX asr chegarasida AQSH da sarmoyasi 1 mln. dollordan ortiq bo`lgan 447 korxona bor edi. Shiddatli raqobat kurashi 1873, 1884, 1893 yillardagi iqtisodiy inqirozlar natijasida juda ko`p mayda korxonalar sinib ishlab chiqarish yiriklashdi. J.Rokfellerning neft maxsulotining 90 % ga ega bo`lgan “Standart oyl” (1870), Julius Spekser Morganning “Tamaki” trest (1884) lari keyin “Amerika paxta moyi”, “Milliy zig`ir moyi”, “Qand –shakar trest”lari XX asr boshlarida (1901 yil) tuzilgan. Yana o`sha Morganning 66 % po`lat nazoratida “Po`lat tresti” Dyuponning “Kimyo tresti”, Fordning 1902 yil “Ford motor” kompaniyasi, u traktor, tenis, samalyot va boshqa ishlab chiqargan “Jeniral Motors”dan so`ng 2 o`rinda turadi. Uning tarkibida xarbiy texnika asosiy o`rinni tashkil etadi. Avtamblsozlik nafaqat AQSH da balki jahonda nufuzi katta edi. Morganiyada moliya guruhining ilk banki “Morgan granti tresti” kompaniyasi (1861) bo`lib, u Nyu Yorkda tashkil etildi. Uning 20,4 milliard yuqoridagi bankka tegishli. “Jeneral Mortos”, “Jeneral elektr”, “Yunayted Stats Stil”, “Amerika telefon va telegraf” va boshqa korparatsiyalarni shuningdek ko`mir, to`qimachilik, neft, kimyo va boshqa tarmoqlarni o`z ichiga oladi. Guruh AQSH siyosiy hayotida muhim o`rin tutadi. 1903 yilda Morgan va Rokfeller kompaniyalari AQSH dagi 22 milliard dollor kapitali bo`lgan 112 ta bankni nazorat qilib turgan. AQSH da kopitalistik ishlab chiqarishning rivojlanishi sabablari: 1. Taraqqiyotga g`ov bo`lgan qulchilikka barham berildi. 2. AQSH da yer –mulk davlat qo`lida edi, xalaqt beradigan qirol ham, zamindor zadagon ham, yer mulki bo`lgan ruhoniylar ham yo`q edi. Masalan, 6,048111.608 akr yer, ya`ni mamlakat butun yer maydonining yarmidan ko`pi hukumat qo`lida bo`lib, u sanoat egalari va bankerlarga suv tekinga berardi; fermerlar ham yer osti boyliklarini arzon narxda sotib olish yoki ijaradan foydalanish imkoniga ega. 3. Hindularning yerlari tortib olindi. 4. AQSH kapitalistlari katta-katta hududlarni bosib olib, yer rentasi to`lamadilar va boyib ketdilar. 5. Tabiiy resurslar ko`mir, temir, o`rmon, neft, mis va boshqa boyliklar ko`p edi. 6. Yevropa mamlakatidan kapitalidan unumli foydalandi. 7. Immigratsiya natijasida qo`shimcha arzon, ishchi kuchi mavjudligi, shu sabab aholi sonining oshganligi. 8. Qishloq xo`jaligida kapitalizm taraqqiyotlarining “Amerika yo`li” g`alabasi. 9. G`arbning tezlik bilan kolonizatsiya qilinishi va temir yo`llar qurilganligi. 10. AQSH mustaqillik va dehqonlar urushidan so`ng urushsiz va katta harajatlarsiz rivojlanish imkoniga ega bo`ldi. AQSH ning ijtimoiy –siyosiy ahvoli. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida AQSH murakkab ijtimiy muammolarga duch keldi. Bulardan eng yiriklari mahalliy hindular, negirlar bilan bog`liq bo`lib, milliy masala otkirligicha qolayotgan edi. Sanoatning tez rivojlanishi yerli hindularda tortib olingan yerlarni mumkin qadar tezroq o`zlashtirish, Sharqiy shtatlar bilan G`arbiy hududlarni qo`shish, undan ishlab chiqarilgan maxsulotlarni bozorlarga sotish, ko`plab temiryo`llar qurishni talab qilardi. Mamlakatda aholi soni tez o`sdi. “Ko`hna dunyo”dan “baxt” qidirib kelganlar bu yerda mashaqqatli mehnatga duch keldilar. Kasaba uyushmalari zaif, milliy ishchilar ittifoqi 6-7 yildan so`ng tarqab ketdi. Ishchilarni himoya qiladigan kuch yo`q edi. Ishchilar noroziligi ko`payib bordi. 1877 yilda AQSH temir yo`lchilari ish tashladi va u 17 shtatga tarqaldi. Ularga qarshi armiya, politsiya tashlandi. Amalda bu “kichik” fuqarolar urushiga aylandi. Pitsburgda ishchilar hukumat qo`shinlarini yengib, 7 kun shaharga ega bo`ldilar. Sent –Luistda ham ishchilar ikki hafta hukumron bo`ldilar. Nyu York, Ogayo, Indiana, Illinoys shtatlarida qurolli qo`zg`alonlar bo`ldi. 1886 yil 1-mayda Chekako ishchilaridan 350 mingtasi ish tashladi. Ular 8 soatlik ish kuni talab qildilar. 3-mayda ular Senno maydoniga mitingga to`plandilar, ammo politsiya namoyishchilarni o`qqa tutdi,. Bu hunruzlik ommaviy mitinglar namoyishlarni yanada kuchaytirdi. Hukumat ko`plab ishchilarni qamoqqa oldi. 1887 yil 11-noyabrda ishchi rahbarlaridan 4 kishi Parsons, Fisher, Engel, Shpis dorga osildi. Shpis so`ngi so`zida: “Bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham dahshatli bo`ladi” degan edi. Bu qonli o`ch olish dunyoni larzaga soldi. Jahondagi ishchilar Chekago ishchilari bilan hamkorlik bildirib, shu kunni ishchilarning birdamlik ramzi sifatida nishonlaydigan bo`ldilar. G`arbdagi ba`zi mamlakatlarda bu kunni hozir ham birdamlik kuni sifatida bayram qilib kelishyapti. 1886 yilda AQSH da kasaba uyushmalari “Amerika mehnat federatsiyasi” tahkil topdi. 1867 yilda fermerlarning grenjerlar tashkiloti tuzildi. Uning safida 1,5 million a`zosi bo`lib, 32 shtatda bo`limlari bo`lgan. XIX asrning 60 yillar oxirida O`rta - G`arbdagi agrar shtatlarda fermerlarning harakati boshlanib ketdi. Bu harakat tarixda Grenjerlar harakati deb nom oldi. “Grensh” – “fermer” degani AQSH da qishloq xo`jaligida noroziliklar fermerlar harakati ko`rinishida bo`lib o`tgan agror shtatlar Illinoes, Vesponsin, Ayova, Minnisota, ko`p o`tmay grenjlar harakati grinbeklarga bo`shatib berildi. Grinbek – “ko`k yelka” dollorining orqa tomoni degan ma`noni anglatadi. Fuqarolar urushidan so`ng mamlakatda 450 milliard qog`oz pul chiqarilgan. Uushdan so`ng bu pullarning kursi 50 % ga tushib ketdi. Bankerlar va omonatchilar uni bekor qilishni talab etdi. Hukumat 1875 yil uni tillaga ayirish va sekin –asta mulklarga chiqish yo`lini tutdi. Ammo fermerlar bunga qarshilik ko`rsatgan edilar. 1875-1876 yillarda grinbeklar ittifoqi tuzilgan edi. Hatto ular 1878 yil saylovlarda 1 mln. Ovoz va kongresda 15 o`rin olgan edilar. Ammo keyin sayovlarda bu partiyaning ta`siri ham, 90 yillarga kelib o`zi ham yo`qolib ketgan edi. AQSH siyosiy partiyalarinign hukmronligi quyidagicha sodir bo`ldi: AQSH prezidentlari (1865-1913 yy) 17 –Endryu Jonson (1808-1875, 1865-1869) tikuvchi, senator, respublikachi 18 – Uliss Grand (1822-1885, 1869-1877) harbiy, senator, respublikachi. 19 – Ratterford Xeys (1822-1885, 1877-1881) yurist, senator, respublikachi. 20 – Jeyms Garfild (1831-1881, 1881-1x) yurist, senator, respublikachi 21 – Chester Artur (1829-1886, 1887-1885) yurist, senator, respublikachi 22 – Grover Klivlend (1815-1889, 1885-1889) yurist, demokrat. 23 – Benjamin Garrison (1883-1908, 1889-1894) yurist, respublikachi 24 – Uilyam Makkinli (1843-1901, 1897-1901) yurist, respublikachi 25 – Teodor Ruzvelt (1858-1919, 1901-1909) yozuvchi, respublikachi, “Nobel” mukofoti berilgan. 26 – Uilyam Taft (1857-1930, 1909-1913) yurist, respublikachi. 27 – Vudro Vilson (1856-1924, 1913-1921) o`qituvchi, demokrat, Prinston Universitetining tarix va huquq professori, rektori. Vilson prezidentligi davrida bojlarni 10 % ga kamaytirdi. (Unlervud qonuni), daromadlarning oshib borishiga qarab qo`shimcha soliq joriy etildi, Senatorlarni oldin shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari saylagan bo`lsa, endi xalq saylaydigan bo`ldi, mahalliy banklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi zahira bank tashkil etildi, 1914 yilda trestlarga qarshi Kleyton qonuni kuchga kirdi. Unda ish yashlash davrid yetgan zararni kasaba uyushmalari talab qila olmasligi ko`rsatilgan edi. Vielson ham AQSH ning jahonda hukmron bo`lishi uchun katta hissa qo`shdi. U shunday deyishni yaxshi ko`rgan: “Biz yangi davr arafasida turibmiz, bu davrda amerikaliklar dunyoni idora qilishlari kerak”. V.Vilson yirik monopolyalarga sadoqat bilan xizmat qildi. U nobel mukofotini olgan. Download 181.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling