Xix asr oxiri XX asr boshlarida aqsh


AQSH ning Amerika qit`asi va Tinch okeanda hukmronlik qilish uchun


Download 181.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi181.31 Kb.
#1506877
1   2
Bog'liq
jahon tarixi mustaqil ish

AQSH ning Amerika qit`asi va Tinch okeanda hukmronlik qilish uchun 
kurashi. 
O`z mamlakatining juda katta resursalarini va Rossiyadan sotib olgan 
Alyaskani (1867 yil Aleksandr II 7,2 mln. dollorga sotgan) o`zlashtirish bilan band 
bo`lgan AQSH sarmayadorlari mustamlakalar va o`z ta`sir doiralarini qo`lga 
kiritishga boshqa Yevropa mamlakatlaridan kechroq kirishdilar. Ularning e`tibori 
Kariib havzasi va Tinch okean mamlakatlarga qaratildi. Bu yo`ldagi birinchi qadam 
Tinch okeaninging Markaziy Osiyoga olib boradigan strategik jihatdan muhim 
bo`lgan dengiz yo`llari kesishgan joydagi Gavayi orllarini 1898 yilda bosib olinishi 
bo`ldi. AQSH ning Tinch okeanda hukmronlik kurashi XIX asrning 60 yillarida, 
aniqrog`i fuqarolar urushidan so`ng boshlandi. 1866, 1867, 1871 yillarda Koreyaga 
bir necha marta hujum qildi. Nihoyat 1882 yilda u bilan tengsiz shartnoma tuzdi, bu 


shartnomaga muvofiq Koreya 3 ta portini AQSH savdosi uchun ochib qo`ydi, 
diplomatik vakillarini qabul qildi va Koreya AQSH fuqarolari uchun daxlsizligini 
tan oldi. Shunday qilib bu yerga Amerika maslahatchilari, missionerlar, 
o`qituvchilari va albatta kapitali kirib kela boshladi.
AQSH Samoa orollarini 1889 yilda (Sharqiy Samoani) bosib oldi. Gavaya 
orollari uchun uzoq kurash olib bordi. U bilan 1875 yil savdo shartnomasi tuzildi. 
Ammo inglizlar va fransuzlar ham bu strategik qulay joyga ega bo`lishga intildilar. 
AQSH faol harakat qilib, Gavaya bu shartnomada o`z yeriga uchinchi bir davlarni 
kiritmaslik majburiyatini oldi. Bu orolda qand ishlab chiqarilardi. Amerikalik qand 
zavodlari egalik qilib oldi. AQSH bu muhim joyni batamom qo`lga kiritishga qaror 
qildi. 1893 yil Gavayaga “Dengiz peyodalari” tushurildi, monarxiya ag`darib 
tashlandi, “amerikacha inqilob” g`alaba qildi, respublika e`lon qilindi va hukumat 
tuzildi. AQSH shu tarzda va Gavayani zab etdi. 1898 yili Gavaya arxenelogi 
anneksiya qilindi. Qishloq xo`jaligida asosiy tarmoq 1 mln. ga ekin maydoni bor. 
Shakarqamish (1 mln. tonna qand), ananas, banan, kofe, gulchilik, sholi, 
chorvachilik rivojlangan.
XIX asr oxiriga borib AQSH kapitalislari Meksika va Markazi Amerika 
mamlakatlaridan ancha manfaatdor bo`lib qolgan edilar. AQSH Lotin 
Amerikasidagi siyosati asosida “Hamma Amerika manfaatlari bitta” degan g`oya 
yotar edi.
1889 yilda AQSH davlat Departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda 
Panamerika konferensiyasi bo`ldi.
Lotin Amerikasi mamlakatlari delegatlari AQSH dan qo`rqqanlgi va unga 
ishinchsizlik ko`zi bilan qaraganligi, AQSH ning Amerika davlatlari bojxona 
bitimini tuzishga qaratilgan harakatini yo`qqa chiqardi. O`zaro qulaylik tug`dirish 
masalasida 
ham 
umumiy 
bitimga 
kelinmadi. 
Birinchi 
Panamerika 
konferensiyasining birdan –bir aniq natijasi xalqaro Amerika Respublikalari se`zdi 
degan asotsiasiya tuzishdan iborat bo`ldi. AQSH ning g`arbiy yarim shardagi 
mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishga qaratilgan bosqinchilik siyosati shu 
tariqa paydo bo`lgan. 80 yillarda Venesuelda bilan Britaniya Gveniyasi o`rtasidagi 


ziddiyat juda kuchayib ketganda, AQSH “Monro doktrina”siga tayanib, bu janjalni 
bartaraf qilishda o`z vositachilik qilmoqchi bo`lganligini Amerikaga taklif qiladi. 
Janubiy Amerika xususidagi Angliya – Germaniya ziddiyati, Uzoq Sharq Angliya –
Rossiya munosabatlarining keskinlashuvi Angliyani AQSH ga yaqinlashtirdi. 1899 
yil Venesuella masalasi hal qilindi.
XIX asr oxirida AQSH nihoyatda qudratli davlatga aylandi. Hokimiyat 
tepasida mahkam o`rnashib olgan guruhlar mamlakatda hukmronlik qilish bilan 
qanoatlanmay qoldilar. AQSH jahonni hududiy jihatdan bo`lib olishdan ancha 
kechikkanligi sababli putuxdan ketgan Ispaniya monarxiyasida mustamlakalarni 
tortib olishni mo`ljalladi. Ispaniyaga qarashli Kuba oroliAmerika kapitalistlarining 
havasini keltiradi, chunki AQSH ning iqtisodiyotiga ancha kapital sarlagan edi. 
AQSH Ispaniyaga qarshi urushga tayyorlana boshladi. AQSH fuqarolarining 
manfaatini himoya qilish bahonasida Kuba sohillariga 1898 yil 15-fevral kechasi 
Amerika “Meyn” kreseri harbiy kemasi yuborildi. Bu harbiy kema Gavana reydida 
turgan joyda noma`lum sababga ko`ra portlab ketdi. Natijada 260 kishi halok bo`ldi. 
100 ga yaqin yarador bo`ldi. AQSH hukumati bo`lgan hodisa aybini Ispanlarga 
qo`ydi va 1898 yil aprel oyida Ispaniyaga urush e`lon qildi. Bu dunyoni qaytadan 
bo`lib olish boshlagan birinchi urush edi. Urush atiga 3 oy davom etdi va mag`lub 
bo`lgan Ispaniya monarxiyasining ichidan chiriganligini ko`rsatdi. 1898 yil 10-
dekabrda Parijda imzolangan sulh shartnomasiga ko`ra Filippin orollarini AQSH 
Puerto-Riko, Guvam orollarini oldi. Kuba AQSH ga qaram bo`lib qoldi. Pilippin 
uchun 20 million dollor pul berdi.
1901 yilda AQSH Angliyani bu hududda egallaganini tan olganligi haqida 
shartnoma tuzishga majbur bo`ldi. Kanal qurilishidan shug`ullanayotgan fransuzlar 
bankrotga uchradi va AQSH Fransuz aksionerlik jamiyatining kanalini qurish 
bo`yicha barcha aksiyalarni sotib oldi. Shu yo` bilan AQSH kanal qazish, 
foydalanish va boshqarish huquqiga ega bo`ldi. Biroq bu hudud Kolumbiyaga 
tegishli bo`lib, Kolumbiya senati AQSH ni bu yerdan chiqib ketishini talab qildi va 
shartnomani ratifikatsiya qilmadi. Shundan AQSH Panamada isyon uyushtirdi va 
isyonchilarga yordam berish uchun Panama sohiliga harbiy kreyser yubordi. 


Kolumbiya qo`shinlarining yo`li kesildi. Panama “mustaqil” deb e`lon qilindi, 
AQSH esa uni darhol tan oldi. Panama hukumati AQSh bilan shartnoma tuzib, kanal 
va boshqa inshoatlar qurish huquqini unga topshirdi. Buning evaziga 10 million 
dollor pul oldi va yiliga 250 ming dollor renta olib tiradigan bo`ldi. Kanal qurilishi 
10 yil (1904-1914 y.y) davom etdi. 1914-yil 15 – avgustda birinchi ishchi kema 
so`zib o`tdi. 1920-yil 12- iyunda kanal rasman ochildi. Kanal uzunligi 81.6 km. 
Kema kanalni 4-8 soatda suzib o`tadi. 1 sutkada 36 tacha kema o`tadi.
AQSH XX asr boshlarida jahonda ekspanseya siyosatini kuchaytirib yubordi. 
1899 yil sentabrida AQSh davlat kotibi Xeyni Angliya, Germaniya, Rossiya, 
Yaponiya, Fransiyaga yuborildi. U “Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” siyosatini 
targ`ib qila boshladi.
“Dollor diplomatiyasi” AQSH ning Lotin Amerikasini asoratga solishga 
qaratilgan siyosati.
“Yordam berish”
“Katta to`qmoq” 
“G`arbiy yarim sharning politsiyasi” AQSH Lotin Amerikasi mamlakatlarida 
tanho hukmronligini o`rgatish uchun kurash olib bordi. Bunda u Monro doktrinasiga
tayanib ish ko`rdi. AQSH Prezidenti Teador Ruzvelt (1901 -1909) “Katta to`qmoq” 
siyosatini ishlab chiqdi va uni o`tkazdi. BU yo`lga muvofiq kongresda “Amerika 
mamlakatlaridan birida tartibsizliklar ro`y bersa xalqaro politsiya rolini bajarish 
AQSH ning burchidir” degan so`zlarga amal qildi. Shu bilan AQSH moliya va 
sanoat kapitalining Lotin Amerikasi mamlakatlariga bostirib kirishiga yo`l ochib 
berdi.
1907 yilda San-Damengoni tengsiz shartnoma tuzishga majbur qildi. Unga 
muvofiq bojxona va moliya nazorati AQSH ga o`tdi. Huddi shu tartib 1911 yil 
Meksikada joriy etildi. Shu yil oxirida AQSH ning Meksikaga sarflangan kapitali 
1,5 milliard dollorga yetdi. Gvatemala, Kosta –Reka, Naharagua asoratli zayonlar 
bedi. Ularning ichki ishlariga aralasha boshladi.
AQSH iqtisodiy –moliyaviy diplamatik va harbiy tazyiq o`tkazish usullarini 
sekin –asta ishlata borib, Markaziy Amerika mamlakatlarini yarim mustamlakaga 


aylantirdi, ular AQSH ga hom-ashyo yetkazib beradigan agrav mamlakatga 
aylandilar.
“Ochiq eshiklar” siyosati kabilar XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi AQSH 
diplomatsiyasi siyosatini asosini tashkil etdi.
XX asr boshlariga kelib xalqaro maydonda kuchlar joylashishida yangicha 
o`zgarishlar bo`ldi. Ilgari iqtisodiy jihatdan ilg`or bo`lgan Angliya, Fransiya bir 
muncha yosh davlatlar Germaniya, AQSH, Yaponiya tomonidan asta –sekin qisib 
qo`yila boshladi. Rosiya bilan Yaponiya o`rtasida Manjuriya masalasida tortishuv 
kelib chiqdi. Yaponiya bu masalada Angliya bilan bitim tuzmoqchi bo`ladi. Angliya 
bilan Yaponiya har qanday sharoitda bir –biriga yordam berishga kelishib oldilar. 
Rossiya –Yaponiya o`rtasida 1903 yil 30-iyunda Tokioda muzokarolar boshlandi. 
Ruslarning murosa tomon intilishini hisobga olmay, Yaponiya 1904 yil 24-yanvarda 
muzokaralar to`xtatib, urush e`lon qilmasdan urush boshladi. Urush Xitoy va Koreya 
hududida avj olib ketdi. Birinchi zarbani Port –Arturga berdilar. Yaponiya –AQSH, 
Angliya –Yaponiya yordamida urushga yaxshi tayyorgarlik ko`rdi. 1904 yil 20-
dekabrda Port –Artur yaponlarga taslim bo`ldi. Qal`ada 17 ming kishi o`ldirildi.
1905 yil Rus floti Sutsima yonida mag`lubiyatga uchradi. Chorizm siyosiy 
jihatdan zaiflashganligi va harbiy muvofaqiyatsizliklarga uchraganligi tufayli 
Rossiya –Fransiya ittifoqi Fransiya uchun ahamiyatini bir muncha yo`qotdi. Ana 
shunday bir vaziyatda Fransiya bilan Angliya “til topishdi”lar. 1904 yil 8-aprelda 
ular o`rtasida bitim tuzildi. 1907 yil ularga Rossiya qo`shildi. Shunday qilib “Uchlar 
bitimi” – Antanta degan bitim imzolandi. 1905 yil 23-avgustda AQSH ning Port-
Smut shahrida Yaponiya bilan Rossiya o`rtasida sulh tuzildi.
XX asr boshlariga kelib, monopolistik rejalar tashkil topishi jarayoni 
ko`paydi, bu birlashmalar xalq xo`jaligining eng muhim tarmoqlarini o`z ichiga 
oladi va mamlakat AQSH prezidenti T.Ruzvelt vositachiligida AQSH ning Port-
Smut shahrida sulh muzokaralari bo`ldi. Rossiyadan Soxalin orolining bir qismini 
Yaponiyaga berishga va Yaponiyaga 1,2 mlrd. ien tovon to`lash talab qilindi. Lekin 
rus qo`mondonligi bunga ko`nmadi. Faqat Saxolinni bir qismini Yaponiyaga 


berishga rozi bo`ldi. Bitimga ko`ra Koreya Yaponiyaga o`tdi. Port Artur Yaponiya 
ijaraga berildi.
1910 yil Yaponiya Koreyani to`la istilo qilib oladi. Yaponiya Birinchi jahon 
urushiga tayyorlana boshladi. 

Download 181.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling