Reja: Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi


Download 38.34 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi38.34 Kb.
#1608108
  1   2   3   4
Bog'liq
Muhammadumar kurs ish



Iqtisodiyotning siklligi va makroiqtisodiy beqarorlik

Reja:

1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi

2. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari

3. Inqirozlarning mazmuni va turlari
Iqtisodiy sikl - umumiy iqtisodiy faollikning muayyan yillar davomida davriy yuksalib va pasayib, tebranib turishi; bir necha yillar da-vomida iqtisodiyotda yuksalish va pasayishning davriy takrorlanib turishi, yuksalish, tanglik, depressiya, jonlanish fazalaridan iborat. Vaqtga nisbatan har 20—25-yilda takrorlanib turadigan uzoq va har 5—10-yilda takrorlanadigan qisqa I.s. bor. Alohida I.s. bir-biridan davomiyligi va jadalligi boʻyicha keskin farqlanadi. Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega boʻladi. Siklning eng yuqori nuqtasida iqtisodiyotda toʻliq bandlik kuzatiladi va i.ch. toʻliq yoki deyarli toʻliq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi oʻsish tamoyiliga ega boʻladi, iqtisodiy faollikning oʻsishi toʻxtaydi. Tanglik fazasida i.ch. va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Tanglikning quyi nuqtasida i.ch. va bandlik oʻzining eng past darajasi bilan harakterlanadi. Jonlanish fazasida i.ch. darajasi koʻtariladi, bandlik esa toʻliq bandlik dara-jasigacha oʻsadi.Sobiq sovet ittifoqi davrida iqtisodiy sikl doimo yuksalish darajasida bo'lgan.Ittifoqning parchalanishiga esa AQSH ning g'alamisligi sababchi bo'lgan.SSSR ning oxirgi prezidenti Mixail Sergeyevich Garbachyov AQSH ning laycha iti bo'lganva aynan u sobiq ittifoqni parchalagani uchun AQSH hukumatidan 15MLRD dollorlik mukofot olgan
Iqtisodiyot nazariyasida I.s.ning asosiy sababi yalpi talab bilan yalpi taklif oʻrtasidagi muvozanatning buzilishi va uning yana kaytadan tiklanishi tarzida izohlanadi. I.s. milliy iqtisodiyotning oʻzini oʻzi tartibga solishi usullaridan biridir.

Bu bobda dastlab iqtisodiy sikllarga, yaʼni bozor iqtisodiyoti uchun xususiyatli boʼlgan ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasining davriy tebranishlariga umumiy tavsif beriladi. Keyin iqtisodiy sikl fazalari va davriy tebranishlarning sabablari qarab chiqiladi. Tahlil davomida moliyaviy, tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda ularning xususiyatlarini yoritib berishga alohida oʼrin ajratiladi.
«Bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning taʼsiri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yoʼllarini izlashdan iborat» . Shunga koʼra, bob davomida hozirgi davrda roʼy berayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablari va taʼsir yoʼnalishlariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
Har qanday mamlakat iqtisodiy oʼsish, iqtisodiy resurslarning toʼla bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Аmmo uzoq muddatli iqtisodiy oʼsish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari taʼsirida tebranib turadi. Iqtisodiy oʼsish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obʼektiv qonunlarning oʼzgartirib boʼlmaydigan taʼsiri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim boʼgʼinlarda uzilishlar paydo boʼladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon boʼlishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Koʼplab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning koʼpayishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining oʼsishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga eʼtibor qaratdilar. Bu hodisalarning roʼy berish ketma-ketligidagi maʼlum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning obʼektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga taʼsiri nuqtai nazaridan ahamiyatliligi toʼgʼrisida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, А.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.Shumpeter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.
Taʼkidlash lozimki, turli darslik va oʼquv qoʼllanmalarda mazkur muammoni yoritishga ham turlicha darajada yondashilgan. Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, А.I.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng toʼxtalib oʼtilgan . Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy oʼsish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining oʼzi esa munozarali va kam oʼrganilgan muammolardan biri ekanligi taʼkidlangan. Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yoʼnalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi koʼrsatilgan. Siklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar oʼzaro taʼsir jarayonining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. Sikl fazalarini ajratib koʼrsatishda markscha sanoat sikli nazariyasiga keng toʼxtab oʼtilgan. Shundan soʼng sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud boʼlgan sikllar toʼgʼrisidagi nazariyalar bayon etilgan.
Baʼzi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muammolariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda toʼxtab oʼtilgan . Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning fazalari bayoniga toʼxtalib oʼtamiz.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib oʼtib, oʼzining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar oʼtgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan toʼxtab qolmaydi, balki u toʼxtovsiz toʼlqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy oʼzgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri boʼlib, milliy xoʼjalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi almashuvini aks ettiradi.

Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga taʼsir koʼrsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli koʼrinishdagi iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.
Koʼpchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning obʼektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga taʼsir koʼrsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali oʼrganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib koʼrsatish mumkin:
- urushlar, inqilobiy oʼzgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
- oltin, uran, neftь va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
- yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bogʼliq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining oʼzgarib turishi;
- ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan oʼzgartirishga qodir boʼlgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli oʼzgarishlar.
Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning oʼziga xos ichki omillari taʼsirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
Аsosiy kapitalning jismoniy va maʼnaviy jihatdan eskirib, xizmat muddati tugashi va uning yangilanishi koʼpchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi.
Аgar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy oʼsish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar toʼliq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida bu muddat qisqarib boradi va inqirozlar tez takrorlanadi.
Shuningdek, quyidagi boshqa ichki omillar ham ajratib koʼrsatiladi:
- shaxsiy isteʼmolning oʼzgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
- investitsiyalar, yaʼni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yoʼnaltiriladigan mablagʼlar hajmi;
- ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga taʼsir koʼrsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining oʼzgarishi.
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish toʼgʼri boʼlmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat oʼzgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikdagi taʼsiri oqibatida kelib chiqishi mumkin.
Shuningdek, iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator nazariyalar ham ilgari suriladi. Quyida ulardan asosiylarini koʼrib chiqamiz.
Sof monetar nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha bozor iqtisodiyotida markaziy oʼrinni pul va kredit egallaydi. Iqtisodiyotning siklli oʼzgarishi eng avvalo pul massasi oqimini oʼzgartirishga bogʼliq.
Iqtisodiy faollikning oʼsishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi, uning turgʼunlik bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining oʼzgarishidir. Tovarlarga talabning ortishi natijasida savdo, chakana narx oʼsib, ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi.
Pul oqimi (isteʼmol xarajatlari summasi) pul miqdorining oʼzgarishi natijasida oʼzgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi.
Pul va kredit tizimi beqaror tavsifga ega ekanligi sababli pul oqimini barqarorlashtirish murakkab hisoblanadi. Hozirgi paytda kredit pullari toʼlov va muomala vositasi sifatida asosiy rolni oʼynaydi. Аynan bank tizimi kredit pullarni yaratadi, shunga koʼra, pul oqimining oʼzgarishida banklarning hisob stavkalari katta ahamiyat kasb etadi. Bu nazariyaning ayrim namoyandalari pulni harakatga keltiruvchi kuch sifatida qarab, muvozanatning buzilishiga asosiy sabab deb koʼrsatadilar.
Ikkinchi guruhi esa pul tizimi mutanosiblikni buzmaydi, faqat mutanosiblikni buzilishiga olib keluvchi boshqa omillar uchun sharoit yaratadi, degan fikrni ilgari suradilar. Muvofiq ravishda monetar va nomonetar yoʼnalish vujudga keldi. Monetar nazariyaning eʼtiborli tomonlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1) yuksalish fazasi davrida kreditni kengaytirish tufayli kelib chiqqan ishlab chiqarish tuzilmasi nomutanosibliklarini tahlil qilinadi;
2) mazkur nomutanosibliklarning salbiy oqibati sifatida kelib chiquvchi inqirozlar tahlil qilinadi.
Shunday qilib, bu nazariya jamgʼarishning davriy ravishda oshib ketishi va mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulni koʼrsatadilar. Nomonetar nazariya tarafdorlari esa texnologik oʼzgarishlar, yangiliklar, ixtirolarning ahamiyatini alohida taʼkidlab, pul jamgʼarishning koʼpayib ketishidagi rolini koʼrsatishadi. Monetar va nomonetar yoʼnalish oʼrtasidagi farq uncha katta emas, biri ikkinchisini toʼldiradi.
Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faollikning kuchayishiga isteʼmol emas, balki investitsiya sabab boʼladi, degan fikrni ilgari suradi.
Iqtisodiy sikllarni isteʼmol tovarlariga talabning oʼzgarishiga bogʼlab, akseleratsiya printsipiga eʼtibor qaratiladi. Bu printsip mohiyatiga koʼra texnik sabablar tufayli isteʼmol tovarlariga boʼlgan talabning ozginagina oʼzgarishi ishlab chiqarish uchun zarur tovarlarga talabni keskin oʼzgarishiga olib keladi.
Yetarlicha isteʼmol qilmaslik nazariyasi. Bu nazariyaning mohiyati koʼproq jamgʼarib, samarali darajada isteʼmol qilmaslik jamiyatni siklli rivojlanishining sababi qilib koʼrsatiladi:
1) mablagʼni jamgʼarish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turgʼunlikka olib kelishi mumkin, chunki bu mablagʼ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi;
2) pulni jamgʼarish isteʼmol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi, chunki u isteʼmolga sarflanmaydi.
3) natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamgʼarish hajmi oʼsib borib, isteʼmol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, isteʼmol tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi.
Jamgʼarish nazariyasi. Bu nazariyaga koʼra iqtisodiy sikl ishlab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish bilan bogʼliq. Kundalik isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish bilan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sikllari oʼrtasida katta farq bor.
Kundalik isteʼmol mollari doimiy ravishda isteʼmol qilinadi. Ularning isteʼmol miqdori oʼzgargan taqdirda ham uncha katta oʼzgarishlar sodir boʼlmaydi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni domiy ravishda xarid qilinmaydi. Balki ular isteʼmolchi daromadi koʼpaygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni davom ettirish uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish zarur.


Download 38.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling