1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


Download 174.94 Kb.
bet5/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

3.O‘z tug‘ilgan yilingizni hijriy qamariy yilga aylantiring. M-621):33+ (M-621)
2001=1422
4

  1. Lugatlarning matnshunoslik rivojidagi o‘rni.


Matnshunoslikda tarixiy filologik lug‘atlarning ahamiyati kattaroq. Shuning uchun biz lug‘atlar deyilganda ana shunday lug‘atlarni nazarda tutamiz. Bundan tashqari, matnshunoslik fani uchun maxsus tuzilgan lug‘atlar ham juda muhimdir. Shu nuqtai nazardan biz ularni quyidagicha tasnif qilishni ma’qul hisoblaymiz:
1. Tilga doir izohli lug‘atlar.
2. Ikki tilli lug‘atlar.
3. Qomusiy lug‘atlar.
Shuni ta’kidlash lozimki, bizning filologiyamizda turkiy tilda lug‘at tuzish ishi nisbatan keyingi asrlarda yuzaga kelgan. Asosan, arab va fors tillarida yaratilgan lug‘atlardan ilmiy istifoda qilib kelingan.
Tilga doir izohli lug‘atlar ma’lum bir tildagi so‘zlarni izohlashni nazarda tutadi va bunda ularning ma’nolarini tushuntirish uchun misol sifatida adabiy parchalardan foydalaniladi. Ikki tilli (ba’zan ko‘p tilli) lug‘atlarda ham adabiy parchalardan misol sifatida foydalaniladi. Qardosh xalqlar tillari uchun tuzilgan lug‘atlarda bunday misollar ko‘proq uchraydi. Masalan, Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoiy va turki usmoniy” (“Chig‘atoycha-turkcha lug‘at”)da (XIX asr) deyarli barcha mumtoz shoirlar ijodidan namunalar keltirilgan. Qomusiy lug‘atlar, asosan, matnda uchraydigan tushunchalar haqida ma’lumot beradi. Lekin ma’lum ijodkor va uning faoliyati haqidagi qomusiy lug‘atlar matn tarixi tadqiqi yoki ijod fenomenologiyasi bo‘yicha ehtiyojlarni qondirishga katta yordam beradi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki sohasi terminlari lugatlarini ham matnshunoslikda keltirishimiz mumkin:
Lingvistik terminlar lug‘ati
Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati
Энциклопедиялар.
qadimdan ishlatib kelgan istilohlarning ko‘pini hozirgi lug‘atlardan topib bo‘lmaydi. Ulardan ayrimlarining izohi manbashunoslik va matnshunoslik tadqiqotlarida, ba’zi hollarda yo‘l-yo‘lakay uchrab qoladi.Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik terminlarining izohli lug‘atini tuzish hozirda soha oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.
Tarixiy lug‘atlarga kelsak, ularning boshida “Devonu lug‘ati-t-turk” turadi. U XI asrning buyuk tilshunos olimi Mahmud Koshg‘ariy tomonidan yozilgan bo‘lib, unda turkiy so‘zlarning ma’nolarini izohlash uchun badiiy matnlar parchalaridan keng ko‘lamda foydalanilgan. Alisher Navoiy asarlari yuzasidan bunday uzoq va juda boy leksikografik an’ananing mavjud bo‘lishi juda nodir hodisadir. Hatto, rang-barang lug‘atlarga boy bo‘lgan arab va fors leksikografiyasi tarixida xam ma’lum adib yoki bir necha adiblar asarlari asosida tuzilgan bunday lug‘atlar mavjud emas. Navoiy asarlariga tuzilgan lug‘atlar sirasiga quyidagi lug‘atlar kiradi:
1. Tole Imoni Hiraviyning "Badoye ul-lug‘at" (XV asr) nomli chig‘atoycha-forscha lug‘ati.
2. "Abushqa" nomi bilan mashhur bo‘lgan chig‘atoycha-turkcha izohli lug‘at (XVI asr),
3. Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma" deb nomlangan o‘zbekcha-forscha lug‘ati (XVII asr),
4. Muhammad Rizo Xoksorning "Muntaxab ul-lug‘ot" nomli izohli lug‘ati (XVIII asr),
5. Mirzo Mahdiyxonning "Sangloh" nomli chig‘atoycha-forscha lug‘ati (XVIII asr) (“Lug‘ati atrakiya”, “Xulosayi Abbosi”lar Sangloh"ning qisqa varianti)
6. Sulaymon Buxoriyning "Lug‘ati chig‘atoiy va turki usmoniy" (XIX asr) («Chig‘atoycha-turkcha lug‘at») kabi va boshqa lug‘atlar shu jumladandir.
Abushqa”. Bundan 450 yil muqaddam ilgari tuzilgan birinchi o‘zbek tilining izohli lug‘ati fanda «Abushqa» nomi bilan atalgan yodgorlik katta ahamiyatga ega. Ushbu lug‘atning fanda o‘ndan ortiq nusxalari ma’lum bo‘lib, ularning eng qadimgi nusxalari chet el xazinalarida.

Download 174.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling