1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari
Download 174.94 Kb.
|
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Matn va nashr.
Собрание восточных рукописей Академии наук УзССР" («O'zSSR Fanlar akademiyasining Sharq qo'lyozmalari to'plami») nomi bilan nashr qilingan. Fihrist o'sha paytdagi O'z FAning muxbir a’zosi, tarix fanlari doktori, professor A.A. Semenov tahriri va ishtirokida tuzilgan edi. A.A Semyonovning yozishicha, I.Odilov, A.A. Molchanov, B.S.Sergeyeva va A.E.Shmidtdan iborat guruh qo'lyozmalarning qisqacha tavsifini birinchi bo'lib amalga oshirishga kirishganlar. Tavsif quyidagi usulda olib borilgan: 1. Asarning nomi 2. Muallif nomi 3. Qisqacha ta’rif (annotatsiya) 4. Asarning yozilgan yili 5. Kotibning nomi 6. Kochirish yili 7. Asarning dunyodagi kutubxona yoki fondlarda mavjud mavjud emasligi. 8. Asarning yozilgan yoki kochirilgan yilini aniqlash imkoni bolmasa, bu haqida ma’lumot berish 9. Asarning mazmuni uning sarlavhasidan anglashilib turganda yoki mazmuni unchalik ahamiyatga molik bo'lmaganda annotatsiya bermaslik. Semyonovning ta’kidlashicha, qo'lyozmalarni tavsiflashdagi birinchi guruhning izdoshlari hamda keyinchalik «O'z SSR FA qo'lyozmalarni o'rganish instituti»ning (1950 yilda tashkil topgan) ilmiy xodimlari qo'lyozmalarni tavsiflashda yuqorida ko'rsatilgan uslub boyicha ishlaganlar va undan keyin ham shu usulda ishlashni davom ettirganlar. A.A.Semenovning davom etib yozishicha, qo'lyozmalar fondini yaxshilab o'rganish natijasida, tavsiflash qolipini bir oz kengaytirish ehtiyoji paydo bo'lgan. Bu kengaytirish quyidagilar hisobiga bo'lgan: 1. Qo'lyozma asarning mazmunini (annotatsiyasini) mufassalroq yoritish (ayniqsa noyob qo'lyozmalarni); 2. Qo'lyozmalarga beriladigan rasmiy ma’lumotlarni kengaytirish (ayniqsa chiroyli, badiiy bezatilgan, mashhur mualliflarning asarlariga miniatyuralar ishlangan qolyozmalarni). A.A.Semenovning yozishicha, tavsiflar ko'payib, fihristlar jildlarga aylanib borishi bilan tajribalar ham oshib borgan va fihristlar ma’lum tartibga tusha boshlagan. Tavsifchilar soni ham kopayib, bu ishga yuqori malakali olimlar jalb qilingan. O'z SSR Davlat Xalq kutubxonasi qoshidagi sharq qo'lyozmalari bo'limi, keyinroq esa O'z SSR FA Sharq qo'lyozmalarini o'rganish institutida quyidagi olimlar tavsiflar tuzish bilan shug'ullanganlar: I.Odilov, I.Belyaev, Ye.K.Betcher, V.D.Jukov, A.N.Kononov, N.E.MakluxoMaklay, A.A.Molchanov, M.A.Sale, A.A.Semenov, B.S.Sergeyev, O.D.Chexovich, A.E.Shmidt, E.A.Shmidta. Sanab otilgan olimlar fors, arab va turkiy tillar bo'yicha yirik mutaxassislar bo'lgan. Keyinchalik bular qatoriga D.G.Voronovskiy ham qoshiladi. Yillar otishi va 1950 yilda O'z FA Sharqshunoslik institutining tashkil topishi bilan olimlar doirasi kengayib borib, estafeta boshqa yosh olimlar qo'liga o'ta boshladi. Tavsif bilan olimlardan I.Abdullaev, A.B.Vildanova, G.A.Voloshina, L.M.Epifanova, Ye.A.Polyakova, Z.G.Rizaev, H.Hikmatullaev, Q.Munirov, U.Hamraev, L.A.Azizzoda, Sh.Zunnunov, N.Mannonova, A.L.Kaziberdov, A.P.Qayumov, D.Yusupova, T.Ne’matov, B.A.Vohobova, M.A.Akmalova, X.Tllashevlar shug'ullandilar. Tarix fanlari doktori A.Orinboyevning tavsif ishlarida va fihristlarning bosilib chiqishida katta xizmati borligini alohida ta’kidlab o'tish lozimki, olim ko'p yillar tavsif bo'limini boshqardi, tavsiflarni tahrir qildi va nashr etishda faollik ko'rsatdi.
2.Matn va nashr. Sharh va izohlar. Nasriy bayon. JAVOBI 26-BILETNING BIRINCHI SAVOLIDA 3.834-yilni milodiy yilga aylantiring H - (H:33)+621=M 834-(834:33)+621=1430 1 Download 174.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling