1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


“Oltun yorug‘”ning asl nusxasidagi satrlar tartibini ko‘rsatish maqsadida har bir satrdagi raqamlar tartibi saqlangan


Download 174.94 Kb.
bet45/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

1. “Oltun yorug‘”ning asl nusxasidagi satrlar tartibini ko‘rsatish maqsadida har bir satrdagi raqamlar tartibi saqlangan.
2. Hozirgi o‘zbek tilidagi tabdil qadimiy turkchadagi har bir varaqdan so‘ng berilgan. Turkiya yoki uyg‘ur nashrlarida izoh berilmagan o‘rinlarda qavs ichida so‘zlar, qo‘shimchalar kiritilgan.
3. Transkripsiya belgilarini ifodalashda o‘zgarishlar kiritgan(ng o‘rniga ng, sh o‘rniga sh, g‘ o‘rniga gh, til orqa I o‘rniga i, til oldi i o‘rniga ï).
4. Izohlar tartibini asl nusxaning tartib raqamidan ajratish uchun to‘q kursiv bilan berib, ostiga chiziqcha qo‘ygan.
Yig‘ma-qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo‘lyozmalardan tayanch nusxa tanlash, farqlarni ilmiy apparatda ko‘rsatib borish, o‘zi qo‘lga kiritgan yoki imkoniyatida bo‘lgan manbalardan foydalanish asosiy prinsiplardir.
Yig‘ma-qiyosiy matn tuzish prinsiplariga quyidagilar kiradi:
· qo‘lyozmalar va jalb etilgan nusxalarning tavsifini keltirish;
· barcha qo‘lyozma nusxalarni shartli belgi bilan belgilash;
· asliyat (original) yozuvini va matn strukturasini saqlash;
· asarning boshqa nusxalari mavjud bo‘lmagan taqdirda to‘liq nusxani tayanch matn sifatida qabul qilish;
· ilmiy apparatni qo‘llash;
· asosiy matnda yordamchi nusxalarni shartli belgilar bilan nomlash;
· matniy tafovutlarni jadvallarda ko‘rsatish;
· barcha jalb etilgan nusxalardagi matnlarni umumlashtirish;
· matn varaqlarini raqamlab, birinchi betini “a”, ikkinchi betini “b” harflari bilan belgilash.
Faksimil nashr
Muallifning yagona dastxat qo‘lyozmasi bo‘lgan taqdirda, uning faksimil nashri ko‘plab yangi tadqiqotlar uchun bebaho manbaga aylanishi mumkin. Xususan, S. G‘anieva tomonidan tayyorlangan Alisher Navoiyning “Navodir un-nihoya” devoni faksimilisi shunday manbalardan biridir.
Faksimil nashr qo‘lyozma yozuvi, imlosi, bezaklari, strukturasi kabi asar matni tarixini oydinlashtiruvchi jihatlarni aniqlash ishlarini osonlashtiradi. Faksimil nashr, odatda, qo‘lyozma ustidagi tadqiqotlarni davom ettirishda qo‘lyozma nusxa o‘rnini bosadigan kitob yaratish uchun chop etiladi. 1968 yili H.Sulaymonov Alisher Navoiy “Ilk devon”ining 870/1465–1466 yili mashhur xattot Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmasining faksimilini nashr ettirdi. “Ilk devon”ning faksimilida qo‘lyozmaning xati yirik nasta’liq uslubida, Xurosonning oliy navli ipak qog‘oziga qora siyohda yozilganligi aniq ko‘rinib turadi. Xattotning xati asar matnini aniq ifodalagan, deyarli barcha harflarni o‘qisa bo‘ladi. “Navodir un-nihoya” fotokopiyasida esa, biroz xiralik bo‘lib, qo‘lyozmani o‘qishda qiyinchilik kelib chiqadi. Bu xususda S. G‘anieva quyidagi mulohazani bildiradi: “Xatning yozilish uslubi haqida aytish kerakki, u professional kotib xatiga o‘xshamaydi. Masalan, “alif”, “kof”, “lom” harflari o‘ng tomonga moyil qilib yozilgan. Misralarning notekisligi esa xatning mistarsiz yozilganidan belgi beradi. Lekin, shubhasiz, xat kitobat san’atidan puxta xabardor odamning qo‘li bilan yozilgan. Harflarning muayyan mutanosibligining saqlanishi, har bir harfning aniq ifodalanishi, xususan, harflarning nuqtalari alohida-alohida qo‘yilishi fikrimiz dalili bo‘la oladi. Ayni chog‘da, harflarning ust va ostki nuqtalarining aniq va dona-dona qo‘yilish holini qadimgi o‘zbek tilidan xabardor bo‘lmagan forsiyzabon kotiblarga engillik tug‘dirish maqsadida qilinganligidan dalolat beruvchi omil deb qarash mumkin”.
Bugungi kunda yangi topilgan asarlarni yoki yangi ma’lum bo‘lgan o‘tmish ijodkorlarning birinchi marta e’lon qilinayotgan devonlarini nashrga tayyorlashda “Muxtasar” matnida qo‘llangan prinsiplardan foydalanish eng ma’qul yo‘ldir.

2.Matnni sanalashtirish usuli. Matnning yaratilish joyini aniqlash usuli.

Download 174.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling