Ko‘chirishdagi xatoliklarni tahlil qilish usuli. Qo‘lyozma nusxani ko‘chirish jarayoni to‘rt harakat majmuidan iborat bo‘lib, tanlangan matnni o‘qish, matnni eslab ko‘chirish, ichida takrorlab ko‘chirish va, nihoyat, matnni tushunib-tushunmay ko‘chirishni o‘z ichiga oladi. Ko‘chirish jarayonida ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bunga sabab, kotib asliyat husnixati xususiyatlarini yaxshi tushuna olmagan bo‘lishi mumkin. Matnshunos qo‘lyozma nusxadagi xattotlar uslubini diqqat bilan o‘rganishi, harflarning “bejirim tasvirlari” o‘rtasidagi bog‘liqlikka, ularning o‘ziga xos bezak-unsurlariga e’tibor berib, xatolik nima sababdan sodir bo‘lganini aniqlashi lozim. Ba’zi hollarda, xattotlar so‘zni o‘qiy olmasalar, kontekstdan kelib chiqib, o‘zlaricha matnni tuzatib yoki to‘ldirib ketganlar. Matnshunos tomonidan xolis aniqlangan xato qiyosiy tahlil orqali asosiy matnda tuzatib boriladi.
Muallif matni xatoliklarini aniqlash usuli. Ayrim ijodkorlar o‘z asarlarini ko‘chira turib, xattotlar faoliyatida ko‘ringan xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Masalan, ayrim harflarning tushib qolishi, sanalarning noto‘g‘ri belgilanishi, sarlavha yoki ayrim jumlalarning qisqarishi mexanik tarzda ro‘y berishi mumkin. Xatoning muallif tomonidan ongli ravishda qilinmaganligini aniqlash muallifning g‘oyaviy pozitsiyasi tahlili, ilmiy-badiiy iqtidori, matn mazmuniga talabchanligi darajasini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
3.907-yilni milodiy yilga aylantiring
907-(907:33)+621=1501
26-bilet
1.Matn shakllari: Ilmiy-tanqidiy matn, yig‘ma-qiyosiy matn, ilmiy-ommaviy matn.
Nashr turlari
O‘zbek matnshunosligi tarixini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zbek matnshunosligining yangi davrida (1920 yillardan keyingi davr nazarda tutilmoqda – mualliflar) yuzaga kelgan ko‘plab nashrlarda matnshunoslikning bir qancha prinsiplari aks etgan. Ular tuzilayotgan matn shakllariga qarab farqlanadilar. Ma’lumki, matnshunoslikda matn tuzishning bir necha shakllari qabul qilingan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |