1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari
Download 174.94 Kb.
|
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.876-yilni milodiy yilga aylantiring.
- Yordamchi nusxa
Faksimil nashr
Muallifning yagona dastxat qo‘lyozmasi bo‘lgan taqdirda, uning faksimil nashri ko‘plab yangi tadqiqotlar uchun bebaho manbaga aylanishi mumkin. Xususan, S. G‘anieva tomonidan tayyorlangan Alisher Navoiyning “Navodir un-nihoya” devoni faksimilisi shunday manbalardan biridir97[18]. Faksimil nashr qo‘lyozma yozuvi, imlosi, bezaklari, strukturasi kabi asar matni tarixini oydinlashtiruvchi jihatlarni aniqlash ishlarini osonlashtiradi. Faksimil nashr, odatda, qo‘lyozma ustidagi tadqiqotlarni davom ettirishda qo‘lyozma nusxa o‘rnini bosadigan kitob yaratish uchun chop etiladi. 1968 yili H.Sulaymonov Alisher Navoiy “Ilkdevon”ining 870/1465–1466 yili mashhur xattot Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmasining faksimilini nashr ettirdi. “Ilkdevon”ning faksimilida qo‘lyozmaning xati yirik nasta’liq uslubida, Xurosonning oliy navli ipak qog‘oziga qora siyohda yozilganligi aniq ko‘rinib turadi. Xattotning xati asar matnini aniq ifodalagan, deyarli barcha harflarni o‘qisa bo‘ladi. “Navodir un-nihoya” fotokopiyasida esa, biroz xiralik bo‘lib, qo‘lyozmani o‘qishda qiyinchilik kelib chiqadi. Bu xususda S. G‘anieva quyidagi mulohazani bildiradi: “Xatning yozilish uslubi haqida aytish kerakki, u professional kotib xatiga o‘xshamaydi. Masalan, “alif”, “kof”, “lom” harflari o‘ng tomonga moyil qilib yozilgan. Misralarning notekisligi esa xatning mistarsiz yozilganidan belgi beradi. Lekin, shubhasiz, xat kitobat san’atidan puxta xabardor odamning qo‘li bilan yozilgan. Harflarning muayyan mutanosibligining saqlanishi, har bir harfning aniq ifodalanishi, xususan, harflarning nuqtalari alohida-alohida qo‘yilishi fikrimiz dalili bo‘la oladi. Ayni chog‘da, harflarning ust va ostki nuqtalarining aniq va dona-dona qo‘yilish holini qadimgi o‘zbek tilidan xabardor bo‘lmagan forsiyzabon kotiblarga engillik tug‘dirish maqsadida qilinganligidan dalolat beruvchi omil deb qarash mumkin. Bugungi kunda yangi topilgan asarlarni yoki yangi ma’lum bo‘lgan o‘tmish ijodkorlarning birinchi marta e’lon qilinayotgan devonlarini nashrga tayyorlashda “Muxtasar” matnida qo‘llangan prinsiplardan foydalanish eng ma’qul yo‘ldir. 3.876-yilni milodiy yilga aylantiring. 876-(876:33)+621=1471 25-bilet 1.Dastxatnusxa. Tayanch nusxa. Yordamchi nusxa Yig‘ma-qiyosiy matn asar nusxalari kam yoki ishonchli qadimiy qo‘lyozma nusxalar mavjud bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunday matn muallif asari haqida to‘liq tasavvur uyg‘otish uchun tuziladi. Yig‘ma-qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo‘lyozmalardan tayanch nusxa tanlash katta ahamiyatga ega. Tayanch nusxa sifatida imkon qadar to‘liq, boshqalariga qaraganda tashqi nuqsonlari kam, xatolari, noaniq joylari oz nusxa tanlanadi. Shuning uchun ham M. N. Osmanov “SHohnoma”ning 1966 yilgi nashrini tanqidiy matn emas, balki yig‘ma matn deb hisoblaydi. U o‘z fikrini ilmiy-tanqidiy matnni tuzishda qo‘lyozmalar bazasining kamligi, matn turli tahrirlar aralashuvidan tuzilganligi, asarning kompozitsion qurilishi to‘liq ifodalanmasligi, ya’ni ba’zi dostonlarning qo‘shilishi yoki ajratilishi kabi asosli kamchiliklarni ko‘rsatish bilan tasdiqlaydi. 2.Ko‘chirishdagi xatoliklarni tahlil qilish usuli. Muallif matni xatoliklarini aniqlash usuli. Download 174.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling