1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


Matnni sanalashtirish usuli


Download 174.94 Kb.
bet46/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

Matnni sanalashtirish usuli. Matnning sanasi bo‘lmagan taqdirda matnshunos nusxalardagi tafovutlar, birlamchi matn varianti haqida xulosa chiqarishga qiynaladi. Qo‘lyozma asarni yoki uning nusxasini sanalashtirish nusxaning tavsifiy belgilari, qog‘ozi yoki hoshiyalardagi qaydlar vositasida taxminan belgilanishi mumkin. Sananing belgilanishi nusxalar tahriri va boshqa xronologik voqealarning matn ko‘chirilishi bilan bog‘liq jarayonlarga ta’sirini aniqlash uchun muhimdir.
Matnning yaratilish joyini aniqlash usuli. Matn muallifi aniq bo‘lmagan holatlarda matnning yaratilish joyiga qarab muayyan xulosalarga kelish mumkin. Bunda matn voqealari bayoni, hoshiyalar va ochiq sahifalardagi qaydlar, muhrlar kabi matn tarixini ochishga imkon beradigan barcha imkoniyatlar o‘rganiladi. Matndagi shevaga xos fonetik, morfologik va leksik shakllar, muayyan makonga xos marosim va urf-odat, an’analar matnning yaratilish joyini aniqlashda yaxshi ko‘rsatkich bo‘la oladi.

3.843-yilni milodiy yilga aylantiring.
H - (H:33)+621=M
843-(843:33)+621=1439


27-bilet
1.Qolyozma tavsifini amalga oshirish.
Qo'lyozmalarni tavsiflash. Sharq qo'lyozmalarini to'liq yoki qisqacha tavsif qilishning mukammal va barqaror qonun-qoidalari mavjud emas. G'arbdagi va o'zimizdagi ba’zi sharqshunos olimlarning bu sohadagi ayrim risolalari va maqolalari e’lon qilingan bo'lsa-da, biroq keyingi paytlarda tavsifning har xil turlari ishlatilgan fihrist kitoblari yuzaga kelmoqda. O'z FA ShI ning tavsif bilan shug'ullanuvchi olimlari bu borada o'zaro maslahatlar va tajribalarga suyanib, ma’lum tartib va muvaffaqiyatlarga erishdilar. Albatta bu borada Yevropadagi sharqshunos olimlar tomonidan tuzilgan tavsiflar va fihristlar qo'llanma rolini oynagani turgan gap. Biroq bularning barchasiga qaramay, bu sohada o'zgarmas qilib tuzilgan yagona qolip mavjud emas. Ba’zi qo'lyozmalarning tavsifi o'ta to'liq va uzun, ba’zilariniki nisbatan qisqa bolishi mumkin. Tavsifning qanday chiqishida tavsifchining bilimi, tajribasi, tilni mukammal bilishi, o'z ishiga halol va vijdonan yondashuvi alohida ahamiyat kasb etadi. O'zbekistonda sharq qo'lyozmalarining to'liq tavsiflarini o'z ichiga olgan birinchi fihrist O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasjning «FAN» nashriyoti tomonidan 1952 yilda "
Download 174.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling