1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


Download 174.94 Kb.
bet9/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

2.Yig‘ma-qiyosiy matn tuzish prinsiplari
1940 yili Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari yig‘ma-qiyosiy matn shakli va uning ilmiy apparati tayyorlangani diqqatga loyiqdir. Ushbu asar O.Usmonov va P.Shamsiev tomonidan tayyorlanib, lotin alifbosida keng ommaga mo‘ljallanib nashr etildi Yig‘ma-qiyosiy matn – bu darajasida qo‘lga kiritilgan matnlarni o‘zaro qiyoslash natijasida tuzilgan muallif matnining nisbatan to‘liq variantidir.
Yig‘ma-qiyosiy matn asar nusxalari kam yoki ishonchli qadimiy qo‘lyozma nusxalar mavjud bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunday matn muallif asari haqida to‘liq tasavvur uyg‘otish uchun tuziladi. Yig‘ma-qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo‘lyozmalardan tayanch nusxa tanlash katta ahamiyatga ega. Tayanch nusxa sifatida imkon qadar to‘liq, boshqalariga qaraganda tashqi nuqsonlari kam, xatolari, noaniq joylari oz nusxa tanlanadi. Matnshunos yig‘ma-qiyosiy matnni tayyorlashda o‘zi qo‘lga kiritgan yoki imkoniyatida bo‘lgan manbalardan foydalanadi. Yig‘ma-qiyosiy matn tuzishning muhim prinsipi asarning dastlabki to‘liq matnini tiklashdir. Yig‘ma-qiyosiy matnlar asar ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash uchun ilmiy zamin yaratadi.
O‘zbek matnshunosligida yig‘ma-qiyosiy matn tuzishning o‘ziga xos prinsiplari N.Rahmon tomonidan tayyorlangan “Oltin yorug‘” matnida ko‘rinadi[16]. Mazkur asar qo‘lyozmasi qadimgi uyg‘ur-turk tilida yozilgan bo‘lib, 1910 yili rus olimi S.Malov tomonidan topilgan va birinchi marta V. Radlov bilan hamkorlikda eski uyg‘ur-turk alifbosida nashr etilgan edi. Turk olimi Cheval Qoya tomonidan ushbu asar o‘rganilib, 1994-yili Turkiyada chop etildi. U garchi Radlov-Malov nashri asosida Berlin Fanlar akademiyasi va Mayiz fondida saqlanayotgan 20ga yaqin nusxa parchalarini o‘zaro qiyoslab, asarning mukammal matnini amalga oshirgan bo‘lsa-da, asar tilining murakkabligidan uni turk tiliga tabdil qilmagan[17]. Asar 1986 yili Xitoyda uyg‘ur tiliga tabdil etilgan, ammo N.Rahmonning yozishicha, tabdil ancha erkin bo‘lib, asl matndan uzoqlashgan. O‘zbek olimi asarning Xitoyda uyg‘ur tiliga qilingan tabdili va Cheval Qoya nashrini Radlov-Malov matni bilan o‘zaro qiyoslab, asarning yig‘ma-qiyosiy matnini tuzib chiqdi va qadimiy turk tilidan lotin yozuviga tabdil qildi. Matnshunos olim matn uchun tayanch sifatida Radlov-Malov matnini tanlab, Xitoy va Turkiyada chop etilgan matnlardagi tafovutlarni matn ichida qavsda berib borish prinsipini qo‘llagan. Yig‘ma-qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo‘lyozmalardan tayanch nusxa tanlash, farqlarni ilmiy apparatda ko‘rsatib borish, o‘zi qo‘lga kiritgan yoki imkoniyatida bo‘lgan manbalardan foydalanish asosiy prinsiplardir.
Yig‘ma-qiyosiy matn tuzish prinsiplariga quyidagilar kiradi:
· qo‘lyozmalar va jalb etilgan nusxalarning tavsifini keltirish;
· barcha qo‘lyozma nusxalarni shartli belgi bilan belgilash;
· asliyat (original) yozuvini va matn strukturasini saqlash;
· asarning boshqa nusxalari mavjud bo‘lmagan taqdirda to‘liq nusxani tayanch matn sifatida qabul qilish;
· ilmiy apparatni qo‘llash;
· asosiy matnda yordamchi nusxalarni shartli belgilar bilan nomlash;
· matniy tafovutlarni jadvallarda ko‘rsatish;
· barcha jalb etilgan nusxalardagi matnlarni umumlashtirish;
· matn varaqlarini raqamlab, birinchi betini “a”, ikkinchi betini “b” harflari bilan belgilash.

3.2021-yilni hijriy qamariyga aylantiring. 1442
6

  1. Matn tarixi tushunchasi.

Matn tarixi muayyan matn haqidagi barcha ma’lumotlar yig’indisidir. U asarning shakl va mazmun haqida aniq tasavvur beradi, matnga oid bilvosita va bevosita ma’lumotlarning barchasini qamrab oladi . Matn tarixini o’rganishda tarixiy yoki adabiy yodgorliklarning yaratilgan va ko’chirilgan davrini aniqlash, manba nusxalari ko’p bo’lsa , ularning o’zaro bog’liqligini o’rgasnish muhim hisoblanadi.
Matn tarixini o’rganish qo’lyozma nusxaning mavjud nusxalarini o’zaro qiyosiy tekshirishdan boshlanadi.Matnlar to’liq ,nuqsonli tuzatilgan yoki tugatilmagan ko’rinishlarda uchraydi.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling