1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari
Download 174.94 Kb.
|
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar
Toshkent va Xivada ochilgan bosmaxonalar shu davrda o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari bilan xalqni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Markaziy Osiyoda ilk tipografiya rasman Toshkentda 1868-yili harbiy shtabda tashkil etildi. Turkistonda kitob bosishning ikki xil usuli qo‘llandi. Birinchisi tipografik (mixbosma) usul bo‘lib, unda mix shaklidagi metall harflarni qo‘lda terish orqali kitob bosilgan. Bunda arab yozuvining nasx yozuvidan keng foydalanilgan. Ikkinchisi esa litografiya (toshbosma) usul, unda dastlabki, asosiy ishni xattot bajargan. O‘rta Osiyoda toshbosma usulidagi dastlabki matbaa Xivada Muhammad Rahimxon II saroyida yuzaga keladi. “Sharqda birinchi matbaa 1832 yili Eronda paydo bo‘lgan edi. XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida Xiva xonligi madaniy va ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynagan Muhammad Rahimxon II kutubxonalar tashkil etish hamda qo‘lyozma manbalarni asrash va ko‘paytirishga katta ahamiyat qaratgan. Navoiy “Xamsa”si 1297/1879 yili Muhammad Rahimxon II farmoni bilan toshbosma matbaada chop etiladi. Asarni toshbosma uchun So‘fi Xorazmiy degan xattot ko‘chirgan. “Xamsa”ni shoir Komil Xorazmiy nashrga tayyorlaydi va “Hayrat ul-abror” dostoni kitobiga o‘zi uch sahifalik muqaddima ham yozadi Ushbu davrda matnshunoslikda devon, bayoz, tazkiralar va badiiy-tarixiy nasr namunalari bo‘lgan memuar-qissalardan (masalan, Bobur va Ogahiy asarlari) so‘ng lug‘atlarning ahamiyati ham kattadir. 3.Navoiy “Xamsa”si yozilgan yilni hijriy qamariyga aylantiring. 1483-888 1485-890 №9 Navoiy va kitobat san’ati. Alisher Navoiy davlat va o‘z ijodiy ishlari bilan nihoyatda band bo‘lishiga qaramay, butun bo‘sh vaqtini “kitob iboratlarini tuzatish, ma’nolarini tekshirish, dalillar bilan isbot etish”ga sarf etgan. Kitob ko‘chiruvchi kotiblardan u muallif matnlarini buzmasdan, o‘zicha o‘zgartirmasdan, kamoli diqqat va bilimdonlik bilan ko‘chirishni talab qilgan. Jumladan, shoir “Sab’ai sayyor” dostoni Ko‘z (کوز) uza nuqta qo‘ymay aylab zo‘r, Mardumi bo‘lmag‘ondek aylasa ko‘r)کور( . G‘ayb )غیب( din nuqtai yo‘nub amaldo, Xat aro ayb (عیب) aylasa paydo. Navoiy kuchli matnshunos sifatida matn tuzish, badiiy asarning eng to‘g‘ri nusxasini tayyorlashda jiddiy talablarni o‘rtaga tashlagan. Shoirning quyidagi mulohazalari xattotlik san’ati katta iqtidor va mas’uliyat talab qilishi haqidadir: “Chiroyli xati bor kotib so‘zga oro beradi va so‘zlaguvchiga rohat bag‘ishlaydi. Agar xat bituvchi xattot to‘g‘ri yozsa, uning bitgani to‘g‘rilar ko‘ngliga so‘zsiz maqbul bo‘ladi. Muharrir xoh bir bayt, xoh yuz bayt yozsin, tahriri durust bo‘lsa, maqbul tushadi. Agar yozuv shakli chiroyli va to‘g‘ri bo‘lmasa, bilimli kishini tashvishga soladi”. Alisher Navoiy ijodiy faoliyatidan xabar beruvchi XV asrga oid qo‘lyozma manbalarda ulug‘ shoirning o‘zi ham ajoyib xattot bo‘lganligi hamda xattotlarga ustozlik qilganligi haqida ko‘plab ma’lumotlar uchraydi Shoirning lirik merosidan tashqari uning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Mahbub ul-qulub”, “Xamsat ul-mutahayyirin” kabi ma’rifiy-ilmiy asarlarida matnshunoslik masalalariga oid fikrlarni uchratish mumkin. Navoiy o‘z asarlari matni ustida doim kuzatish olib borgan. Buni ba’zi asarlari qo‘lyozma nusxalarini qisman qayta tahrir etganida ko‘rish mumkin. Devonlaridagi ayrim she’rlariga o‘zgartirishlar kiritgani, misralarni qayta ishlagani, ayrim so‘zlarni boshqa so‘zlar bilan almashtirgani, misralar sonini kamaytirib yoki ko‘paytirishni lozim topgani uning matnshunos sifatida yuqori malakaga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Shoir ilk devonidagi she’rlarini “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritar ekan, kotib tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarnigina tuzatib qo‘ya qolmay, balki ko‘pchilik she’rlarni qayta tahrir qilgan. Natijada “Ilk devon”dagi bir necha she’rlarning yangi variantlari vujudga kelgan. Navoiyning xos kotibi Abduljamilning “Tuhfat us-salotin” kitobi ana shunday hayrat natijasida tuzilgan. “Tuhfat us-salotin”ning muqaddimasidan ma’lum bo‘ladiki, kotib Navoiy nazmidan bahra olib, hayratli hayajon dengiziga g‘arq bo‘lgan va taassuroti nihoyat darajada jo‘shqinligidan ushbu majmuani jam qilmoqqa jazm etgan. 2.Turkistonda kitob bosish usullari O‘zbek matnshunosligining rivoji, yangi imkoniyatlari kengayishida XIX asr ikkinchi yarmida Turkistonda ochilgan tipo-litografik korxonalarning o‘rni beqiyos bo‘ldi. Asli litografiya so‘zi grekcha “lithos” – tosh, “grapho” – yozmoq so‘zlaridan olingan. Toshbosma kitob bosish uchun toshning sirti bosma shakl bo‘lib xizmat qilgan, matn yoki tasvir toshbosma toshiga quyuq tush yoki maxsus qalam bilan tushirilgan va nusxalar ko‘paytirilgan. Litografiya usulida kitob tayyorlashni ba’zi olimlar yassi chop etish deb yozishadi. Litografiya usuli nemis noshiri Alonziy Zenefelder tomonidan 1796-1798 yillarda kashf etilgan bo‘lib, Sharq o‘lkalariga 19 asrning ikkinchi yarmidan kirib kelgan. Qo‘lyozmalarni ko‘paytirish ishlarida litografiya juda katta qulaylik yaratgan. Hindistonda litografik usulda kitob nashr etish ishlarining rivojlanishi Sharq qo‘lyozma nashrlarining keng tarqalishiga olib keldi. 19 asrning oxiri va XX asrning boshlarida O‘rta Osiyo va Hindiston o‘rtasida savdo aloqalari jonlanib, O‘zbekiston hududiga ko‘plab Sharq adiblari va tarixchilari asarlarining litografik nashrlari kirib keldi. Otajon Abdullaev tomonidan Xivada 1880 yilda Xiva xoni rahnamoligida ochilgan litografiyada Alisher Navoiyning “Xamsa”si nashr etildi. Shu davrda Toshkentda S.Laktin bosmaxonasi ishga tushdi. 1893 yilda O.Porsev nashriyoti, 1896 yilda O. Breydenbax va V.Ilin nashriyoti tashkil etilib, arab, fors, o‘zbek tillarida turli badiiy va tarixiy asarlar chop etila boshladi. Ular tomonidan xalq ehtiyojidan kelib chiqib, “Ustodi avval”, “Adibul-avval”, “Haftiyak” kabi darsliklar, Hind xalqining falsafiy-didaktik asari ”Kalila va Dimna” tarjimasi, Firdavsiy “Shohnoma”sining tarjimasi,So‘fi Olloyor , Bedil, Alisher Navoiy asarlari bilan birga zamonaviy shoirlarning bayozlari va turli tazkiralari chop etilgan. Toshkent va Xivada ochilgan bosmaxonalar shu davrda o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari bilan xalqni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Markaziy Osiyoda ilk tipografiya rasman Toshkentda 1868-yili harbiy shtabda tashkil etildi. Toshkentdagi bu bosmaxona xizmat doirasi uchungina tashkil etilgan bo‘lib, tipo-litografiyada, asosan, Turkiston gubernatorligi rasmiy xatlari, buyruqlari, telegramma va boshqa hujjatlarini chop etish mo‘ljallangan edi. Toshkentda birin-ketin matbaalar ish yurita boshladi. Turkistonda kitob bosishning ikki xil usuli qo‘llandi. Birinchisi tipografik (mixbosma) usul bo‘lib, unda mix shaklidagi metall harflarni qo‘lda terish orqali kitob bosilgan. Bunda arab yozuvining nasx yozuvidan keng foydalanilgan. Ikkinchisi esa litografiya (toshbosma) usul, unda dastlabki, asosiy ishni xattot bajargan. Xattot bosiladigan kitobning matnini maxsus qog‘ozga ko‘chirgan. Bu qog‘ozdagi matn toshqolip sirtiga o‘tkazilgan va unga kimyoviy ishlov berilgan. So‘ngra ana shu toshqoliplardan nusxalar olingan. Xattot toshbosmaga matn ko‘chirganda asosan nasta’liq xatidan foydalangan. Lito-tipografikka nisbatan litografik usul keng qo‘llangan. O‘rta Osiyoda toshbosma usulidagi dastlabki matbaa Xivada Muhammad Rahimxon II saroyida yuzaga keladi. Toshbosma nashr uchun matn tayyorlashda xattot qo‘lyozmalarni ma’lum darajada o‘rganib, ularning ishonchlilari asosida toshbosma uchun matn tayyorlagan va muayyan matnshunoslik faoliyatini olib borgan. 3.Muammoda yashiringan ismni toping va izohlang. Mayda ikki yuz agar ko‘rsatmasa ul mahjabin, Durd dardin istabon jon bermagay ahli yaqin. Бу муаммо икки хил йўл билан ҳалл қилинади: Биринчиси, интиқод, қалб ва тасҳиф амалларининг бирга қўлланиши билан. Чунончи, исм моддаси “май”, “ул”, “жабин” ва “дард” сўзларидир. “Май”нинг юзи “мим”, “ул”нинг юзи “алиф”, “жабин”нинг юзи “жим” ҳарфларидир. “Дард”нинг дурди – қуйқаси, яъни охирги ҳарфи “дол”ни олиб улар билан таркиб берилганда “можид” бўлади. Бу сўз шакли муаммо исми (Аҳмад)га мослаб қалб қилинса, “ажмад” шакли келиб чиқади. Бу шакл тасҳиф қилинса, яъни “ажмад”нинг нуқтаси олиб ташланса, “Аҳмад” исми ясалади. Иккинчи йўл ҳисоб амали билан амалга оширилади. Исм моддаси “икки юз”, “дард”, “жабин” калималаридир. Чунончи, “юз” калимаси абжад ҳисобида 23 бўлади. 23 яна бир мартаба юз кўрсатса, 46 бўлади. “Жабин”нинг юзи “жим” ҳарфи абжад ҳисобида 3 га тенг. “Дард”даги “дол” ҳарфи жумал ҳисобида 4 га тенг. Уни 49 га қўшса 53 бўлади. “Аҳмад” исмининг абжад ҳисоби миқдори 53 дир №10 1.Temuriy shahzodalar faoliyatida kitobatga e’tibor. Kitobat san’atida temuriy shahzodalarning o’zlari ham yaxshigina faoliyat ko’rsatishgan. Xattotlik san’atiga mehri baland Boysunqur Mirzo talaygina kitoblarni qalamdan chiqarish bilan birga Mashxadda qurilgan, onasi Gavharshodbegim nomi bilan atalmish masjid devorlariga suls yozuvida kitobalar bitgan (bu yozuvlar hozir xam qisman saqlanib qolgan). Uning ulug’ tarixchi SHarafiddin Ali YAzdiyning ta’limini olgan akasi Mirzo Ibrohim (1431 yilda vafot etgan) ham olti xil xatda tengi yo’q xattot edi. Mashhur xattot YOqut uslubiga taqlid qilib, xat san’atida undan o’tib ketgan edi. U yozgan xat qoldiqlarining ba’zilari o’zi hokimlik qilgan SHerozdagi qadimiy binolarda hozir ham qisman saqlanib qolgan. Download 174.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling