1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari
Download 174.94 Kb.
|
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar
matbaachilik faoliyati bilan bog‘liq manbalarni nashr qilish qonun-qoidalarini ishlab chiqishni kun tartibiga qo‘yildi.
Matn tahqiqi masalasi-Tahqiq jarayoni matndagi har bir so‘z, har bir jumlaning muallif matniga muvofiqligini ilmiy dalillar bilan har tomonlama asoslashdan iborat. Bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi olim sharqda “muhaqqiq” atamasi bilan nomlangan. Manbashunos olim Abdussator Abdulhaq Halujiy[3] ва Bashshor Avvod Ma’ruf[4]ning xabar berishicha, qo‘lyozma asarlar tahqiqi bo‘yicha soha olimlarining fikri xilma-xil. Ba’zilarining aytishicha, qo‘lyozmani nashrga tayyorlayotgan muhaqqiq uchun muhimi, bir nechta nusxani o‘rganish bilan chegaralanish, ular ichidan bitta nusxani tanlab, o‘rtadagi farqlarni ko‘rsatib nashr qilish. Boshqalarining fikricha, muhaqqiqning vazifasi tahqiqda muqobil nusxalar bilan chegaralanib qolish emas, balki qaysi nusxa matni qaysisidan kelib chiqqanini aniqlash va shu yo‘l bilan asliyatni tiklashdir O‘zbek matnshunosligi tarixidan keltirilgan misollardan ayon bo‘ldiki, ilmiy-tanqidiy matn tayyorlashning barcha manbalar uchun bir xil umumiy qonuniyatlari bilan birga, har bitta manba tadqiqida yuzaga chiqadigan spetsifik xususiyatlari mavjud. Umumiy qonuniyatlar ko‘p nusxali matnlarni o‘zaro qiyoslab saralash, saralangan nusxalarni o‘xshash va farqli jihatlariga ko‘ra guruhlash, guruhlardagi yetakchi qo‘lyozmalar asosida tayanch yoki asos nusxani tanlash bilan belgilansa, spetsifik xususiyatlar muayyan adabiy manba yo‘nalishi va tabiatidan kelib chiqib, uning ilmiy apparatini shakllantirish bilan bog‘liqdir. XIX asr Movarounnahrda adabiy jonlanish, o‘tmish mumtoz adabiyotini targ‘ib etishda yangi epkinni vujudga keltirgan asr bo‘ldi. Qo‘qon, Xorazm adabiy muhitlarida yaratilgan va ko‘chirilgan o‘nlab qo‘lyozmalar o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosini boyitdi. Ushbu ko‘tarilish o‘z-o‘zidan matnshunoslik ishlariga bo‘lgan talabchanlikni jiddiy oshirishni taqozo etdi. Xatga muhim hodisa sifatida yondashish XIX asrda yashab, ijod etgan shoir, tarixchi, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy ijodida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning “Savodi ta’lim” asari asos-e’tibori bilan xattotlik ilmiga oid hisoblansa-da, husnixat ta’limi borasidagi qimmatli fikrlari ahamiyatlidir. Shoir yozuvning jamiyat taraqqiyotidagi tarixiy zaruriyat ekanligini ta’kidlab, inson ilmining yarmi xat tufayli deb baholaydi: O‘zbek matnshunosligining rivoji, yangi imkoniyatlari kengayishida XIX asr ikkinchi yarmida Turkistonda ochilgan tipo-litografik korxonalarning o‘rni beqiyos bo‘ldi. Asli litografiya so‘zi grekcha “lithos” – tosh, “grapho” – yozmoq so‘zlaridan olingan. Toshbosma kitob bosish uchun toshning sirti bosma shakl bo‘lib xizmat qilgan, matn yoki tasvir toshbosma toshiga quyuq tush yoki maxsus qalam bilan tushirilgan va nusxalar ko‘paytirilgan. Litografiya usulida kitob tayyorlashni ba’zi olimlar yassi chop etish deb yozishadi. Jumladan, Sh.Ziyodovning yozishicha, harf terilmaydigan, poligrafiya terminologiyasi bo‘yicha yassi chop etish usuli litografiya bo‘lib, ya’ni yassi chop etish – matn oldindan qog‘oz varag‘iga bitilgan va tosh shaklga teskarisi tushirilgan aksdan nusxa ko‘chirish usuli hisoblanadi31[13]. Litografiya usuli nemis noshiri Alonziy Zenefelder tomonidan 1796-1798 yillarda kashf etilgan bo‘lib, Sharq o‘lkalariga 19 asrning ikkinchi yarmidan kirib kelgan. Otajon Abdullaev tomonidan Xivada 1880 yilda Xiva xoni rahnamoligida ochilgan litografiyada Alisher Navoiyning “Xamsa”si nashr etildi. Shu davrda Toshkentda S.Laktin bosmaxonasi ishga tushdi. 1893 yilda O.Porsev nashriyoti, 1896 yilda O. Breydenbax va V.Ilin nashriyoti tashkil etilib, arab, fors, o‘zbek tillarida turli badiiy va tarixiy asarlar chop etila boshladi. 1907 yilda Toshkentda Ko‘kcha dahasining Chaqichmon mahallasida ochilgan Mulla G‘ulom Hasan maxsum Orifjon o‘g‘li bosmaxonasi, ayniqsa, o‘zbek matbaachiligi tarixida o‘zining mahsuldorligi bilan alohida o‘rin tutadi. Ushbu bosmaxonada o‘sha davrning mashhur xattot, rassom va bosmaxona ustalari jamlangan edi. Ular tomonidan xalq ehtiyojidan kelib chiqib, “Ustodi avval”, “Adibul-avval”, “Haftiyak” kabi darsliklar, Hind xalqining falsafiy-didaktik asari ”Kalila va Dimna” tarjimasi, Firdavsiy “Shohnoma”sining tarjimasi,So‘fi Olloyor , Bedil, Alisher Navoiy asarlari bilan birga zamonaviy shoirlarning bayozlari va turli tazkiralari chop etilgan. Download 174.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling