1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


Download 174.94 Kb.
bet10/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

O‘zbek matnshunosligining tadqiq ususllari turlari

  • Matniy tafovutlarni tahlil qilish usuli

  • Asosiy matn tuzish usuli

  • Ko‘chirishdagi xatoliklarni tahlil qilish usuli.

  • Muallif matni xatoliklarini aniqlash usuli.

  • Matnni ongli ravishda o‘zgartirish hollarini tahlil qilish usuli.


    2.Yig‘ma-qiyosiy matn tuzish prinsiplari
    3.Hijriy 890-yilni milodiyga aylantiring.1484
    7
    1. Matn tarixi tadqiqida bevosita va bilvosita belgilarning o‘rni
    Matn tarixi muayyan matn haqidagi barcha ma’lumotlar yig‘indisidir. U asarning shakl va mazmuni haqida aniq tasavvur beradi, matnga oid bilvosita va bevosita ma’lumotlarning barchasini qamrab oladi. Matn tarixini o‘rganishda tarixiy yoki adabiy yodgorlikning yaratilgan va ko‘chirilgan davrini aniqlash, manba nusxalari ko‘p bo‘lsa, ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish muhim hisoblanadi. Shu sababli yodgorliklar matni ustida tekstologik tadqiqotlar olib borishdan avval shu yodgorlikning mavjud barcha qo‘lyozmalarini yig‘ish, ko‘chirilish davri, matniy to‘liqligiga qarab tasniflash va shundan keyingina uning tarixini kuzatish lozim. Chunki har bir qo‘lyozma birinchi navbatda o‘z davrining tarixiy yodgorligi sifatida o‘zigagina xos bo‘lgan muayyan tarixga ega.
    Matntarixinio‘rganishqo‘lyozmanusxaningmavjudnusxalarinio‘zaroqiyosiytekshirishdanboshlanadi. Matnlar to‘liq, nuqsonli, tuzatilgan (redaksiyaga uchragan) yoki tugatilmagan ko‘rinishlarda uchraydi. Qo‘lyozma nusxalarda uning tarixi bevosita qayd etilgan yoki bilvosita aniqlanadigan belgilar yordamida tiklanadi. Bevosita belgilarga qo‘lyozma asarning yaratilish va ko‘chirilish sanalari, muallif va uning asarni yozish maqsadi ifodalangan so‘zboshisi, kotib nomi yoki uning qaydlari kabi matnshunoslik uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tavsifiy mezonlar kiradi. Bilvosita belgilarga ushbu asar va uning muallifi haqida turli asarlar, xususan, tazkiralarda berilgan ma’lumotlar, shuningdek, qo‘lyozma nusxalarni qiyoslash natijasida olinadigan tekstologik natijalar kiradi.
    2.Abjad hisobining matnshunoslik ilmidagi ahamiyati haqida
    3.Hijriy 622-yilni milodiy yilga aylantiring.1224
    8

    1. To‘liq, nuqsonli, tuzatilgan (tahrir qilingan) va tugatilmagan matnlar.

    2.XVI–XIX asrlar o‘zbek matnshunosligi tarixi XVI–XIX asrlar o‘zbek matnshunosligi tarixini kuzatar ekanmiz, kotiblarning ko‘chirilayotgan asarning ishonchli, qadimiy nusxasini tanlashga yoki manbaning yig‘ma matnini yaratishga intilganliklarini ko‘ramiz. Bunday asarlar sirasiga diniy, kalom, tasavvufiy, didaktik asarlar bilan birga adabiy, tarixiy-tazkiraviy xarakterdagi asarlar kiradi. Shu bilan birga, qo‘lyozmalarning har xil saviyadagi kotiblar tomonidan ko‘chirilishi, ayrim xattotlarning e’tiborsizligi, ba’zi kotiblarning baytlarni o‘qiy olmasligi yoki ba’zi baytlarni ataylab tushirib yoki o‘zgartirib yozilishi natijasida asar muallif tahriridan uzoqlasha borgan. Bu davrda yaratilgan yuzlab qo‘lyozmalarda aks etgan xatoliklar, muallif matnini buzish hollari, saktaliklar havaskor yoki xattotlik kasbini egallash yo‘lidagi ilk mashqlar natijasida ham ro‘y berganligini nazardan qochirmasligimiz kerak.
    XVI–XIX asrlar o‘zbek matnshunosligida ko‘ringan yana bir yangilik matn mazmunini saqlagan holda uni shaklan o‘zgartirish hodisasidir. Masalan, XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asr boshlarida Xorazmda yashagan shoir Umar Boqiy Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi dostonlarni nasriy qissaga aylantirgan. Unga “Nasri Xamsai benazir” deb nom bergan. Umar Boqiy dostonlarning asosiy voqea va epizodlarini saqlab qolgan. Umar Boqiy asar kompozitsiyasidan yiroqlashib ketmasdan, qahramonlar xarakterining asosiy mohiyatini ham saqlashga harakat etgan. Umar Boqiy tayyorlagan nasriy bayonning diqqatga sazovor joyi shundaki, bu ish “Xamsa”ni ommalashtirish va uning oddiy o‘quvchiga tushunarli matnini tuzish yo‘lida qo‘llangan ilk tajribadir.

    Download 174.94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling