1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


Izohli lug‘atda “matnshunoslik” istilohiga shunday ta’rif beriladi


Download 174.94 Kb.
bet18/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

Izohli lug‘atda “matnshunoslik” istilohiga shunday ta’rif beriladi:
Matnshunoslik – adabiyot va folklorga oid qo‘lyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning haqiqiy, asl matnlarini aniqlash va tanqidiy o‘rganish, sharhlab e’lon(nashr)qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boruvchi yordamchi tarixiy-filologik fan sohasi; tekstologiya”[1].
O‘zbek tilida bu istiloh arabcha “matn” (ﻤﺘﻥ) lug‘aviy ma’nosi – mustahkam, pishiq, qattiq degani bo‘lib, qo‘shma so‘zning ikkinchi qismi “shunos”(“tanimoq”, “bilmoq” ma’nolarini ifodalovchi forscha “shenoxtan” fe’lidan olingan) va turkiy “-lik” ot yasovchi qo‘shimcha tarkibidan yasalgan.
Matnshunoslik” fanining vazifalari – talabalarda shu fanning asosiy masalalari, mavzulari, xulosalari, umumlashmalari haqida tasavvur tug‘dirish, eski o‘zbek yozuvidagi manbalarni o‘qish, uqish, tahlil va talqin qilishga o‘rgatish, qadimiy matn adabiy-badiiy asar tahliliga o‘rgatishdan iborat.
2.Bayozlarning umumiy belgilari.
Bayoz” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “oqlik” bo‘lib, atama sifatida “she’rlar to‘plami”ni anglatadi. Bayozlar odatda ikki yoki undan ortiq shoirlar she’rlaridan tashkil topadi. Bayozlar asosan mashhur shoirlarning lirik asarlaridan tuzilgan. Bayozlar ma’lum bir g‘oya yoki muayyan dunyoqarashni tashviq va targ‘ib qilmaydi, umuman saylab olingan asarlarda davriylik ham bo‘lmaydi. Kimning she’ridan qanchalik kiritish bayoz tuzuvchining xohishiga bog‘liq bo‘lgan. Bayozlar sarbayoz (so‘z boshi), lirik she’rlar (asosiy qism), xotima va ilovadan tashkil topadi. Ayrim bayozlarda asarlari kiritilgan shoirlar nomi mundarija sifatida beriladi. Bu xil to‘plamlar mualliflarning o‘zi yoki adabiyot ixlosmandlari va xattotlar tomonidan tuzilib, adabiyot targ‘ibida muhim vazifa bajargan.
«Gulshani ash’or»-XX asr boshlarida tuzilgan bayozlardan biri «Gulshani ash’or» bayozidir.
Bayozi Haziniy. Bayozga Haziniy, Xislat, Komil Xorazmiy, Kamiy, Fuzuliy, Amiriy, Muqimiylar asarlari, Saryomiyning ham she’rlari kiritilgan. Bayozning noshiri Mirzo Ahmad bin Maxdum Karim, kotibi Sirojiddin Maxdum mulla Mirzo Oxund Sidqiy Xondayliqiy. Toshkentdagi H.Orifjonov matbaasida chop etilgan. Muqovasi ko‘k, qizil hoshiyali kartondan ishlangan. Mazkur bayoz mavjud bayozlar ichida to‘laligi, kotibi, noshiri aniq bo‘lganligi sababli ishonchli majmua sifatida ahamiyatlidir.
Tuzuvchisi noma’lum bayoz-Bayozning kotibi, noshiri, matbaa va yili noma’lum. Titul varag‘i 1, 2, 3, 4 hamda 21, 26, 33, 40 sahifalari yo‘q. Mazkur bayozda Jomiy, Ado, Kamiy, Saryomiy, Gulshan kabi 20 dan ortiq shoirning she’rlaridan namunalar bor. Saryomiy asarlariga ajratilgan sahifalar, g‘azallarning joylanish tartibi yuqorida sharhlab o‘tilgan 170 inv. raqamli «Gulshani ash’or»ga ko‘p jihatdan yaqin, deyarli bir xil. Shu sababli ularni takrorlab o‘tirishga hojat sezmadik.


Download 174.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling