1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


Download 174.94 Kb.
bet17/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

1.Basmala, bagishlov, xatmul-kitob, kolofon
Basmala, hamd, na’t, bag‘ishlov kabi asar kirish qismiga taalluqli qoidalar
Basmalahar bir kitob  «bismillo»dan boshlangan.
Kolofon – kotibning qo‘lyozma so‘nggida keltiradigan ma’lumotnomasi. Unda kotib nomi, qo‘lyozmaning ko‘chirish sanasi va kotib mulohazalari beriladi.
Poygir – o‘zidan keyingi sahifaning shu so‘z bilan boshlanishini bildirub keluvchi so‘z bo‘lib, o‘ng sahifaning eng ostiga, chap tomonga joylashtiriladi. Poygir sahifalar ketma-ketligini belgilash uchun bet raqamlari o‘rniga ishlatiladi
Masalan, har bir asarning «bismillo»dan boshlanishi (basmala), so‘ng Ollohning madhi (hamd, tamhid) va Muhammad (s.a.v.) ta’rifi (na’t), shundan keyin asarning yozilish sababi (sababi ta’lifi kitob) qaydi kitobat qilinishda tashlab ketilishi mumkin bo‘lmagan asosiy prinsiplardandir.
2.Transliteratsiya muammolari
Transliteratsiya (lotincha: trans — „qarshi“, „orqali“ va littera — „harf“) deb bir yozuvtizimidagi matnni boshqa yozuv tizimidagi belgilar bilan berishga aytiladi. Transliteratsiya (trans... va lot. littera — harf) — bir grafik tizim (alifbo) asosida yozilgan matnlar yoki alohida soʻzlarni boshqa bir grafik tizim (alifbo) vositalari bilan harflar aks ettirish. Transliteratsiya muayyan tilning grafik tizimiga asoslanib ish koʻradi. Biron bir alifboga asoslanar ekan, transliteratsiya harflarni shartli qoʻllashga, qoʻshimcha hamda diakritik belgilar kiritishga yoʻl qoʻyadi.
Bugungi kunda matnshunosligimiz oldida jiddiy vazifalar turibdi. Jumladan, ko‘plab asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlarini tayyorlash zarur. Shu kungacha Lutfiy, Sakkokiy singari shoirlar asarlari bosilib chiqqan. Biroq ular devonlarining mukammal nashrlarini tayyorlash lozim. Mana, yaqinda Lutfiyning avvalgi nashrlariga kirmay qolgan she’rlarini Anqara nashri asosida chop etdik. “Majolis un-nafois” izohlari bilan nashr qilinmoqda. Kelgusida Lutfiy devonining mukammal nashrini tayyorlashimiz lozim. Sakkokiy va yana boshqa ko‘p shoirlarning mukammal nashrlarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish zarur.
Alisher Navoiy asarlari nashrlari ustida ham amalga oshiriladigan ishlar talaygina. Masalan, shoir asarlarining akademik (ilmiy), ilmiy-ommabop nashrlarini tayyorlash kerak Shu paytgacha bizda “Xazoyin ul-maoniy”ning ilmiy matni mavjud emas. “Xazoin ul-maoniy”ning ilmiy-tanqidiy matnini yaratish bugungi kunning dolzarb muammolaridan.
Yana, “Xamsa” dostonlarini izohlari bilan qayta nashr etishga ehtiyoj bor.
Matnshunoslik oldida yechimini kutayotgan dolzarb muammolar nimalarda ko‘rinadi? Birinchidan, dunyoda fanning bu jabhasi zamon talablari darajasida rivojlangan bugungi kunda biz hanuz matnshunoslikning sistemali yaxlit nazariyasini ishlab chiqa olganimiz yo‘q.. O‘zbek matnshunosligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Matnshunoslik nazariyasini ishlashda ana shu o‘ziga xoslik e’tiborga olinishi shart.
Ikkinchidan, matnshunoslik ancha taraqqiy etgan ayrim mamlakatlardamuayyan milliy adabiyot tarixida o‘ziga xos maqomga ega har bir ijodkor asarlari yuzasidan keng qamrovli tekstologik tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bizda esa, navoiyshunoslikni istisno qilganda (vaholanki, bu borada ham hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar yetarli),
Uchinchidan, bugungi kunda jahon olimlari matnshunoslikni o‘qitishda ancha ilgarilab ketdi. Sohaga oid elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalari, entsiklopediyalar, onlayn kutubxonalar, matn tadqiqining yangicha metodlari yaratilayotgani buning dalilidir. Biz esa bu borada ancha orqada ekanimizni tan olishimiz kerak.
Tajribalar matnshunoslik bo‘yicha bakalavr yo‘nalishini ochish zaruratiborligini ko‘rsatayapti. Magistraturaga bu soha bo‘yicha dastlabki bilimlarni puxta egallagan yoshlar qabul qilinsa, natija yana ham yaxshiroq bo‘lar edi. Matnshunoslikning nazariy asoslariga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratilishi zarur. O‘quv jarayonini takomillashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish kerak.
Bundan tashqari, bizningcha, boshqa turli sohalarda bo‘lgani singari, matnshunoslar jamiyatini tashkil etish, sohaga oid barcha muammolarni muvofiqlashtirish, o‘zaro fikrlashib hal etish yaxshiroq samara berar edi.( N. Jabborov)1


Adabiyot tarixini matnlarsiz, manbalarsiz o‘rganib bo‘lmaydi. Binobarin, mumtoz adabiyot asarlarining ilmiy-tanqidiy matnlarini tuzish, adabiyotimiz tarixi uchun muhim bo‘lgan manbalarni tadqiq qilish, nashrga tayyorlash va ilmiy iste’molga kiritish o‘ta dolzarb vazifa deb e’tirof etilishi lozim. Buni faqat ilmiy jamoatchilik emas, balki fanni boshqaruvchi tashkilotlar, ular huzuridagi ekspert hay’atlari ham e’tirof etishlari va ilmiy loyihalarni baholashda hisobga olishlari zarur.
Demak, matnshunosligimiz oldidagi hozirgi eng muhim vazifa ikkita: birinchisi, matnshunoslik bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash doirasini yanada kengaytirish lozim. Buning uchun mavjud universitetlar o‘zbek filologiyasi fakultetlari talabalariga matnshunoslik fani umumkasbiy fanlar qatorida o‘qitilishi, magistrlar tayyorlanishi maqsadga muvofiq. Ikkinchisi, o‘zbek matnshunosligining nazariy asoslari, jumladan, tadqiqot, tahqiqot va nashr usullari, metodologiyasi ishlab chiqilishi zarur. Boshqa tillarda yaratilgan bunday qo‘llanmalar o‘zbek matnshunosligining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish, adabiy manbalarni nashrga tayyorlash uchun ilmiy-metodologik mezon bo‘la olmaydi.( N. Shodmonov)

3.921-yilni milodiy yilga aylantiring.1514

16.
1.Matnshunoslik vazifalari
Matnshunoslik qo‘lyozma nusxaning matn xususiyatlaridan tortib nashr ko‘rinishidagi barcha yutuq va kamchiliklari haqida tasavvur uyg‘otuvchi tadqiqotni amalga oshiradi. Matn taqdiri, saqlanish darajasi, nashr bezaklari va tavsifiy belgilarini o‘rganish matn tushunchasining klassik ta’rifiga sig‘masa-da, matnshunoslikda qabul qilingan matn tushunchasi, uni o‘rganish doirasiga kiradi. Matnshunoslikning asosiy uslubiy prinsipi matn tarixini kompleks ravishda o‘rganishdir. U matn taqdirini yoritadi va matndagi o‘zgarish xususiyatlari, sabablari va bosqichlarini oydinlashtiradi.


Matnshunoslik sohasi filologiya fanining asosiy va muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, yozma yodgorliklarning asl matnini tiklash hamda ularni nashr ettirishning nazariy va amaliy jihatlari bilan shug‘ullanadi. Matnshunoslikning asosiy vazifasi qo‘lyozma yoki toshbosma nusxadagi muayyan asarning matnini muallif qalamidan chiqqan asl holatini tiklash va nashr ettirishdir.

Download 174.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling