1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari
Download 174.94 Kb.
|
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar
Qoshing go‘shasi chekkali g‘amzada sin,
Yangi oyning ustida ko‘rsatdi yosin. Ҳалли: исм моддаси “қош” ва “ёсин”. “Қош”нинг муродифи “ҳожиб”, унинг карашмаси бошидаги “ҳо” ҳарфидир, ундан мурод “ҳ”дир. “Ёсин” таҳлил қилинса, “ё” (йо), “син” (син+йо+нун) бўлади. Энди ундан “син” таркибидан “йо”ни чиқариш мазмунини англаса бўлади. Бунда “сан” қолади. Бу “ҳ” билан бириктирилса, “Ҳасан” исми ҳосил бўлади. №14 1.Kitob bosishning ilk namunalari Matnshunoslik ishlari shakllanishi bilan bog‘liq yana bir hodisa kitob tuzish ishlarining joriy etilishi bo‘ldi. Q.Sodiqovning yozishicha, “turk buddaviylari orasida ancha keng tarqalgan kitob turi potxidir. Bunday usul bilan kitob tayyorlash uchun, dastavval, kitobga mo‘ljallanayotgan varaqlar o‘rtasiga bir o‘lchamda doirachalar chizib chiqilgan. Matnni yozayotgan paytda esa satr doiraga kelib tutashganda to‘xtatilib, doirachaning ikkinchi yog‘idan davom ettirilavergan. Shunday qilib, doiracha ichi bo‘sh qolgan. Qo‘lyozma to‘liq qo‘ldan chiqqach, haligi doirachalar o‘rtasidan teshib chiqilgan. Varaqlarni dastalab turib, ularning teshigidan ipga tizilgan. So‘ngra qog‘oz bichimiga teng ikki payraxa olib, taxlog‘liq qog‘ozning ikki yog‘idan qoplangan va tizimchasi mahkamlab qo‘yilgan. O‘z navbatida, payraxalar muqova vazifasini o‘tagan hamda kitobni yaxshi saqlash imkonini bergan. Kitobni o‘qish zarur bo‘lgan taqdirda tizimchasi bo‘shatilib, foydalanib bo‘lgach, yana joylab qo‘yilavergan” [6]. Potxi usulida kitob tartib berishni qadimgi hindlar kashf etgan bo‘lib, turklarga Tibetdan o‘tganligi qayd etiladi. Kitob bosishning ilk namunalari qadimgi Xitoy tarixidan ham o‘rin olgan. “Milodiy 868 yili Xitoy ustasi Van Sze kitob bosish uchun yog‘och gravyuradan foydalangan. Kitob bosishning bunday usuli ksilografiya deb atalgan, unda kitob bosish texnologiyasi juda oddiy, lekin mashaqqatli bo‘lgan”[7]. O‘zbek (turkiy) matnshunosligi shakllanishining tarixiy ildizlarini yoritishda turkiytilli xalqlar orasida e’tiborga molik bo‘lgan yozma yodgorliklardan biri “Oltin yorug‘” muhim o‘rin tutadi. “Oltin yorug‘”ning asl matni taxminan milodiy I asrda yaratilgan bo‘lib, asar X–XVIII asrlar davomida o‘n marta ko‘chirilgan va Sharqdagi ko‘p tillarga tarjima qilingan[8]. N.Rahmonov X asrda Beshbaliq (Sharqiy Turkiston) shahrida yashagan Sengi Seli Tug‘ung “Oltin yorug‘”ni xitoy tilidan uyg‘ur tiliga tarjima etish davomida yig‘ma matnini ham tuzib chiqqanligini ta’kidlaydi. U xitoy tilidagi matnga kirmay qolgan o‘rinlarni boshqa tillardan tarjima qilib asarga kiritganligining o‘zi turkiy matnshunoslikda matn tuzish prinsiplari qadimdan shakllanib kelganligini anglatadi.Matnshunoslikning qat’iy prinsiplari Turonzamin yerlariga islom dini va arab yozuvi bilan birga kirib keldi. Islom madaniyatida kitobat san’ati alohida e’tiborga loyiq loyiq sifatida qaralib, matn tuzishning o‘ziga xos qat’iy strukturasi ishlab chiqilgan edi. Basmala, hamd, na’t, bag‘ishlov kabi asar kirish qismiga taalluqli qoidalar paydo bo‘ldi. Tammat yoki xatmul-kitob, sana va kotib ismi zikr etilishi lozim bo‘lgan kolofon matnshunoslikda qo‘lyozma nusxa kotibining mualliflik huquqini kafolatlash mexanizmi prinsipiga aylandi. 2.Gloss va interpolyasiyalar tahlili usuli 3.Muammoda yashiringan ismni toping va izohlang. Gul avroqin sabo qildi parishon, Qabul etdi nechakim topdi imkon. Ҳалл қилиш: исм моддаси “сабо”. “Сабо”ни тасҳиф қилинса, яъни “сабо”нинг “сод” ҳарфи устига нуқта берилса, “зод” бўлади. Мазкур сўз “забо”га айланади. Кейин бу сўзнинг “бе” ҳарфи нуқтасига тағйир бериб, икки нуқта қўйилса, “бе” ҳарфи “йо”га айланади. Натижада мазкур сўз – “забо” “Зиё” исмига айланади. №15 Download 174.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling