2-mavzu. Islom va yozuv (Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari, yil hisoblari, abjad)


Download 117 Kb.
bet1/8
Sana29.01.2023
Hajmi117 Kb.
#1139860
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu Islom va yozuv Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari-1

2-mavzu. Islom va yozuv (Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari, yil hisoblari, abjad)


Reja:

        1. Islom va arab yozuvining turkiy xalqlar madaniyatidagi o‘rni.

        2. Hijriy va qamariy yil hisoblari.

        3. Abjad, ta’rix, muammo

Matnshunoslikning qat’iy prinsiplari Turonzamin yerlariga islom dini va arab yozuvi bilan birga kirib keldi. Islom madaniyatida kitobat san’ati alohida e’tiborga loyiq sifatida qaralib, matn tuzishning o‘ziga xos qat’iy strukturasi ishlab chiqilgan edi. Basmala, hamd, na’t, bag‘ishlov kabi asar kirish qismiga taalluqli qoidalar paydo bo‘ldi. Tammat yoki xatmul-kitob, sana va kotib ismi zikr etilishi lozim bo‘lgan kolofon matnshunoslikda qo‘lyozma nusxa kotibining mualliflik huquqini kafolatlash mexanizmi prinsipiga aylandi.


O‘rta Osiyoda hadis ilmining rivoji, mashhur muhaddislarimizning hadislarni sanadlariga ko‘ra sahih, nosahih, hasan, qudsiy kabi turlarga ajratib chiqishlari, mufassirlarning esa Qur’oni Karimni tafsirlash, sharhlash, fiqhiy masalalar bilan bog‘liq ijmo’, aqoyid ilmlarning keng yoyilishi manbashunoslikda va matnshunoslikda muayyan an’analar paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Hadis to‘plamlari, fiqhiy majmualar, diniy naql va rivoyatlardan xrestomatiyalar tuzish va ularni ko‘chirish maktablari shakllandi. Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy merosi keng o‘rganilib, ularning asarlari matnlari ustida turli tajribalar olib borilgan. Jumladan, ularning asarlari to‘liq holda yoki juzvlarga bo‘lingan holda ko‘chirilgan. Ko‘pincha muayyan boblar alohida matn sifatida shakllantirilib, majmualar tarkibiga kiritilgan. Ayrim holatlarda asarlar qisqartirib ko‘chirilgan.
Allomalarning asarlariga ko‘plab sharhlar yozilishi bilan qo‘lyozma nusxalar matni strukturasida ham o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Bir qo‘lyozma jildda ikki asar – birini asosiy jadvalda, ikkinchisini hoshiyada joylashtirish prinsiplari shakllandi. Muayyan asarlarni sharhlari bilan birga ko‘chirish an’anaga aylandi. Matn turlarining ko‘payishi bir asarning turli shakllarda ko‘chirilishiga va turli nomlar bilan mashhur bo‘lib ketishiga sabab bo‘ldi.
Matnshunoslikning tarixiy taraqqiyotini kuzatish bu davrlarda yig‘ma matnlar, juzv-bo‘laklar holidagi alohida matnlar, sharh-matnlar ancha keng tarqalganini ko‘rsatdi. Albatta, bu jarayonlar o‘zbek matnshunosligida muayyan prinsiplarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. Turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” qomusiy asarini yaratishda eng qadimgi manbalarni to‘pladi, matnlarni o‘rgandi va ularni tavsiflash orqali o‘z asariga kiritdi. Asarda jamlangan xalq og‘zaki ijodi namunalarining ko‘pi asar yozilgan davrdan besh–olti asr qadimiyroqdir. Masalan, Alp Er To‘nga marsiyasi, “Oltin qon” rivoyati, ayrim shaxs va joylar bilan bog‘liq afsonalar shular jumlasidandir.
Shu davrlarda yashab, ijod etgan ko‘plab mutafakkir adiblarimiz matn tuzish ishlari qanchalik muhim ekanligiga e’tibor qaratganliklarini alohida ta’kidlash kerak. Masalan, qomusiy olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg‘ariy faoliyatida buni ko‘rish mumkin. Forobiy “Xattotlik haqida kitob” (“Kitob fi san’at at-kitobat”) asarida aynan yozuv turlari va xattotlik mahorati masalalariga ahamiyat qaratdi.
XI asrning mashhur mutafakkir shoirlaridan Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarida bitigchi, ya’ni kotib to‘g‘risida mulohaza qilib, uning jamiyatdagi mavqeidan shunday bahs yuritadi:

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling