2-mavzu. Islom va yozuv (Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari, yil hisoblari, abjad)
Download 117 Kb.
|
2 mavzu Islom va yozuv Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hijriy yil oylari tartibi
- Ramazon Shavvol Zulqa’da Zulhijja
Hijriydan milodiyni topish usuli. Buning uchun hijriy yilni 33ga bo‘lish kerak. Hosil bo‘lgan sonni hijriy yildan chiqarib, qolgan songa 621 ni qo‘shish lozim. Buning formulasi quyidagicha:
H - (H:33)+621=M 876:33=26 876-26=850 850+621=1471. Milodiyni hijriyga aylantirish usuli: (M-621):33+ (M-621) Yilni aniq belgilashda hijriy yil oylarini bilish juda muhim. Ma’lumki hijriy yil oylari bahorda boshlangani uchun milodiy yilga aylantirganda chalkashliklar chiqarishi mumkin. Masalan, yuqoridagi ta’rix moddasiga ko‘ra 1471 yil chiqib turgan bo‘lsa-da, qit’ada aytilgan sha’bon oyi milodiy yilning qaysi pallasiga to‘g‘ri kelishini aniqlash kerak. Buning uchun hijriy oylari tartibini bilish kerak bo‘ladi. Hijriy yil oylari tartibi Hijriy yil hisobiga ko‘ra bir oy taxminan 29,5 sutkaga teng. Lekin qulay bo‘lishi uchun bir oy 30 kun deb, ikkinchi oy 29 kun deb qabul qilingan. Shu tartibda islomda 6 oy 30 kundan, keyingi oy 29 kundan qilib taqsimlangan. Bu quyidagilardir: Muharram Safar Rabi ul-avval Rabi us-soni Jumod ul-avval Jumod ul-oxir Rajab Sha’bon Ramazon Shavvol Zulqa’da Zulhijja Sharq badiiyatida harflarga chuqur ma’no bag‘ishlash, ular vositasida badiiy tasvirni kuchaytirish poetik san’atlardan hisoblanadi. She’riyatda arab alifbosining har bir harfi shaklidan inson qiyofasi, xulq-atvorini tasvirlash shoir mahoratidan darak berib, she’r badiiyatining bezagi deb qaralgan. Chunonchi, alif – to‘g‘rilik belgisi, yosh qomat va dol, aksincha, qarilik, bukilgan qadni ifodalaydi. Shoirlar yangi-yangi badiiy tasvir vositalari va xilma-xil shakllarni yaratish, ulardan o‘rinli foydalanishda bir-birlari bilan musobaqalashganlar. Sharq mumtoz adabiyotida juda keng tarqalgan tasvir vositalari bo‘lmish iyhom, tarse’, tajohuli orifona, mubolag‘a, lozimi malzum, tardi aks kabi o‘nlab badiiy san’at bilan bir qatorda harf shakllaridan unumli foydalanganlar. Iloji boricha she’r jozibadorligini kuchaytirishga, tasavvur va tafakkur uyg‘unligini ta’minlashga harakat qilganlar. Harflar vositasida tasavvur uyg‘otishning bir necha usullari bor. Ular tashbeh, muvashshah, chiston, muammo, hurufi dalolat va ta’rix deb ataladi. Hatto hurufiylar degan diniy sekta ham bo‘lib, harflarning ilohiyligiga dalillar keltirish orqali ularni muqaddaslashtirishga urinish holatlari tarixdan ma’lum. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida Farhodga ism qo‘yish bobida shunday keltiriladi: Anga farzona Farhod ism qo‘ydi Hurufi ma’xazin besh qism qo‘ydi. Firoqu rashku hajr ila ohu dard. Borin ustodi ishq etgach murakkab, Tarakkabdin bu ism o‘ldi murattab. Malolat mahdida zor etti oni, Bu qayd ichra giriftor etti oni. Alisher Navoiy Farhod ismining harflaridan uning qismati chizgilarini belgilaydi. Harflarga mazmun bag‘ishlash sharq poetikasida hurufi dalolat deb ataladi. ABJAD Arab alifbosi 28 harfdan iborat. Alifbodagi birinchi kelayotgan 9 ta harf birlik sonlarni ifodalaydi. Shu tartibda o‘nliklar, yuzliklar va mingliklar keltiriladi. Bu hisob “jumal hisobi” deb ham ataladi.
Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling