1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


Muammoda yashiringan ismni toping va izohlang


Download 174.94 Kb.
bet25/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

3.Muammoda yashiringan ismni toping va izohlang.
Bu gulshan ichraki yo‘qtur baqo guliga sabot
Ajab saodat erur, yaxshilik bila chiqsa ot.
Saʼd
Matnda ishtirok etgan har bir soʻz uning mantiqiy mazmun yaxlitligiga xizmat qilgan. Zero, bu hayot gulshani – olamda baqo guliga – boqiy yashashga imkon yoʻq, yashamoq imkoni berilganda yaxshilik bilan nom chiqara olmoq oʻsha imkonsizlik oʻrnini toʻldiruvchi ajoyib saodatdir. Ana shu mantiqdan tashqari yoki uni ochishda kamlik qilayotgan biror soʻz yoʻq. Nisbatan nofaol koʻringan “sabot” soʻziga diqqat qaratadigan boʻlsak, u “yaxshilik bilan chiqsa ot”ga qofiyani taʼminlash bilan birga bu saodat uchun katta sabr-toqat va matonat kerakligiga dalolat qiladi. Muammo birgina ismni aniqlashga qaratilar ekan, unga sheʼrdagi hamma soʻzlar birday ahamiyatga ega boʻlmaydi, baʼzilari eng zarur, baʼzilari zarur va baʼzilari ishora uchungina zarurlik qiymatiga ega boʻladi. Chunonchi, keltirilgan muammoda “saodat” va “ot” – eng zarur, “chiqsa” – zarur, qolganlari ishoraviy ahamiyatga ega soʻzlardir. “Gulshan”ning ichida “gul” borligi mantiqqa ham imloga ham mos. “Gulshan” soʻzi tarkibidan “gul” ajratib olinganda ham, “shan” (goʻzallik) qoladi. Lekin “gul”ga sabot yoʻq, yaʼni bu sheʼr muammo boʻlgani uchun mutlaq eʼtibor “gul”ga emas, “gulshan”gadir. Bulardan xulosa qilib, zarur soʻz “chiqsa”ning ishorasi bilan “saodat”ning tarkibida boʻlgan “o” va “t” harflari chiqarilib, qolgan “sada” qismi arab imlosi boʻyicha oʻqilsa, “Saʼd” ismi hosil boʻladi. Demak, muammoni oʻrganishda undagi har bir soʻzga eʼtibor qaratilishi lozim.
18-bilet
1.Abjad hisobi va ta’rix.
Arab alifbosi 28 harfdan iborat. Alifbodagi birinchi kelayotgan 9 ta harf birlik sonlarni ifodalaydi. Shu tartibda o‘nliklar, yuzliklar va mingliklar keltiriladi. Bu hisob “jumal hisobi” deb ham ataladi. 


Download 174.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling