1. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari


-yilni hijriy qamariy yilga aylantiring


Download 174.94 Kb.
bet28/47
Sana18.06.2023
Hajmi174.94 Kb.
#1595292
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Bog'liq
Matnshunoslik yakuniy 1-27-biletlar

3.2020-yilni hijriy qamariy yilga aylantiring.
(2020-621):33+(2020-621)=2001-1399=602
19-bilet
1.Muammoni yechish usullari.
Muammo so'zining lug'aviy ma'nosi arab tilidagi "a'mo", ya'ni "ko'r" so'zidan olingan bo'lib, "bekitilgan" yoki "yashiringan" degan ma'noni anglatadi. Avvalgi mashgʻulotda taʼkidlanganidek, muammoni yechishda eski oʻzbek yozuvi, arab va fors tillari, shuningdek, ilmi badeʼ talab qilinadi. Shuni ham taʼkidlash lozimki, muammodagi hamma soʻzlar birday ahamiyatga ega boʻlmay, baʼzilari eng zarur, baʼzilari zarur va baʼzilari ishora uchungina zarurlik qiymatiga egadir. Ana shu eng zarur va zarur qiymatga ega boʻlgan soʻzlar muammoni oʻqish jarayonida aniqlanadi. Muammodan eng avval taqdim etilgan javob-ismga shaklan oʻxshash soʻz axtariladi. U topilmasa, qaysi soʻzga ishora qilingan boʻlsa, oʻsha soʻzning maʼnodoshi arab yoki fors tilllaridan boʻlsa ham topib solishtiriladi. Bunday soʻz ham boʻlmasa, ishoraga koʻra, maʼlum harflari yoki qismlari yigʻib javobga moslashtirilishi mumkin soʻzlarga diqqat qaratiladi. Baʼzi muammolarda son turkumi bilan shakldoshlik xususiyatiga ega otlar eng zarur soʻzga aylanadi. Ana shularga oʻxshash soʻzlar “muammo moddasi” yoki “ism moddasi” hisoblanadi. Baʼzan muammo moddasi teskari oʻqilishi natijasida, shuningdek, arabiy nuqtali harflari nuqtalarini tushirish yoki oʻrni va sonini almashtirish orqali javobga mos kelishi mumkin soʻzlardan ham tashkil topishi mumkin. Bunday xususiyatlariga koʻra, bir muammoda faqat bitta emas, bir nechta soʻzdan iborat modda boʻlishi ham mumkin. Muammo moddasi aniqlangach, u maʼlum qoidalar asosida tekshiriladi va javob isbotlanadi. Bu jarayon “muammo halli” deb ataladi. Muammo nazariyasiga oid adabiyotlarda koʻrsatilishicha, hall qoidalari dastlab uch qismga boʻlinadi. Aʼmoli tashiliy (osonlashtirish ammallari), aʼmoli tahsiliy (hosil qilish amallari) va aʼmoli takmiliy (mukammallashtirish amallari). Bu “qism”lar amallar guruhlarini anglatadi. “Amal” istilohi oʻrnida “qoida”, “tariq” kabi atamalar ham qoʻllanadi. Shuni ham taʼkidlash lozimki, muammo halli qoidalarining uch qismga boʻlinish sababi, oʻrganishning maʼlum bosqich, darajasini ham nazarda tutadi. Bu ilmda tashiliy qoidalar nisbatan yengil hisoblanadi. Shuning uchun muammo taʼlimi dastlab ularni oʻrganishdan boshlanadi. Muammo hallida tahsiliy amallarga eng koʻp murojaat qilinadi. Tashiliy va takmiliy amalar ularga nisbatan kamroq istifoda hududini 8 tashkil etadi. Lekin bu amallarning birinchisiga nisbatan ikkinchisi, ikkinchisiga nisbatan uchinchisi murakkabroqdir. Bu qarash oʻz navbatida muammolarni ana shu uch bosqichda oʻrganish tamoyiliga asos boʻladi. Lekin bu uch qismni ham oʻrganmasdan muammoni mukammal tushunish va yechish mumkin emas. Binobarin, mazkur uch qism amallar oʻz navbatida bir necha xildagi qoidalarga (tariqlarga) va bu qoidalar turli uslublarga boʻlinadi. Mazkur uch qismda muammoshunoslar jami 15 xil qoida va 48 xil uslubni sanaydilar.
Aʼmol” arabcha soʻz boʻlib, “amal”ning koʻplik shaklidir, uning lugʻaviy maʼnosi
bajariluvchi harakat”. “Tashil” oʻzbek tilida “osonlashtirish”, “engillatish”

Download 174.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling