Ki, berun shud in nom bar dori ganj.
Ya’ni olti yuzga ellik besh qo‘shilganda, bu nom ganj eshigidan chiqdi. Demak, asar hijriy 655 yilda yakunlangan ekan.
Ma’naviy ta’rixda lafzning ma’nosi mavzuga mantiqan mos bo‘lishi kerak.
Ma’naviy ta’rixlar to‘rtga bo‘linadi:
1. To‘liq sonli (Komil al-a’dod)
2. Ortiq sonli (Zoid al-a’dod).
3. Kam sonli (Noqis al-a’dod).
4. Ortiq va kam sonli (Zoidu noqis al-a’dod).
To‘liq sonli ma’naviy ta’rixga misol:
Ortiq sonli ma’naviy ta’rixga misol:
Kam sonli ma’naviy ta’rixga misol:
Ortiq va kam sonli ma’naviy ta’rixga misol:
Shuningdek, ta’rixlar sarih (aniq-ravshan) va ta’miya (mavhum, tezda tushunilmaydigan ) kabi ikki qismga bo‘linadi.
Sarih ta’rixlar harf-raqamlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish orqali hosil qilinadi. Agar butun bir misra ta’rix moddasi bo‘lsa, u holda bunday ta’rix “tarixi tomm”, ya’ni to‘la tarix deb ataladi. Sarih ta’rixlarga nuqtali harflarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish orqali hosil qilinadigan ta’rixlar ham kiradi.
Ta’miya ta’rixlar muammo janrida ko‘roq uchraydi. Bunda ta’rix moddasi so‘z yoki harflarni she’rdagi ishoraga muvofiq chiqarib tashlash (isqot), ko‘paytirish, bo‘lish yoki qo‘shish orqali aniqlanadi
2.Porso Shamsiyevning o‘zbek matnshunosligi rivojidagi o‘rni.
1956 yil “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni “Sab’ai sayyor”ning ilmiy-tanqidiy matni nashrdan chiqqan. Kitob avvalida ilmiy-tanqidiy matnni tayyorlash prinsiplari haqida Porso Shamsiyevning so‘zboshi maqolasi berilgan. Maqolada ilmiy-tanqidiy matn uchun bitta tayanch va ikkita yordamchi nusxa tanlangani, shulardan ikkitasi Navoiy hayot chog‘ida ko‘chirilgani aytilgan. Nashrga tayyorlovchining fikricha, mazkur uchta nusxadan boshqa “turli asrlarda xilma-xil o‘zgarishlarga uchragan nusxalarga murojaat qilish ishni murakkablashtirib yuboradi, farqlar soni ko‘payib, tekstdan foydalanish qiyinlashadi. Bunga esa ehtiyoj yo‘q. Chunki kritik tekst tuzishdan ko‘zda tutilgan maqsad faqat ma’lum asarning har qanday shubha va nuqsonlardan xoli bo‘lgan mustahkam va ishonchli nusxasiga ega bo‘lish, bu bilan shu asardan bemalol foydalanishga yo‘l ochishdir”.[5] Maqolada har uchala qo‘lyozmadagi yozuv bilan bog‘liq holatlar, o‘zaro farqlar va ularning ilmiy-tanqidiy matndagi shartli belgilari izohlangan. Ilmiy-tanqidiy matn arab bosma yozuvida terilgan. Har bir bo‘lim o‘n bayt-o‘n baytdan ajratilib, raqamlab chiqilgan. Nusxalardagi farqlar matn ostida berib borilgan, matn ichida ularga ishora qiluvchi belgi mavjud emas.
1963 yil Porso Shamsiyev tayyorlagan ilmiy-tanqidiy matn asosida “Xamsa”ning yana bir dostoni “Farhod va Shirin” chop qilindi. Bu kitobda ham oldingi nashrdagi tartib takrorlanganini kuzatish mumkin. Farqi, muqoyasa uchun tanlangan nusxalarning soni ortgan, natijada, ularning nomlanishi biroz o‘zgarishga uchragan: asosiy tayanch nusxa; asosiy yordamchi nusxalar; yordamchi nusxalar. Shuningdek, “ish jarayonida ayrim so‘zlarning o‘qilishini aniqlashda boshqa qo‘lyozmalarga, hatto toshbosma nusxalarga ham”[6] murojaat qilingan. 1970 yilda chop etilgan “Hayratul abror” dostonining ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda asos nusxalar soni oltiga yetib, shulardan uchtasi toshbosma nusxalar ekani aytilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |