Tayyorladi: Samidov Hojiakbar Ins. @hojiakbar_samidov xojiakbarsamedov@gmail.com Tg. Hojiakbar_0803 TASHQI BURUNNING TUG’MA NUQSONLARI nisbatan kam uchraydi va homila davridagi turli buzilishlar, shikastlar yoki kasalliklar natijasida (sil, zaxm, noma, xavfsiz va xavfli o’s-malar) yuzaga kеladi. Tashqi burunning tug’ma nuqsonlarini B.V. Shеvrigin tasnifi (1996) bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: - agеnеziya – burunni to’liq rivojlanmay qolishi; - gipеrgеnеziya – burunni haddan tashqari rivojlanishi; - distopiya – burunni noto’g’ri joylashishi; - disgеnеziya – burunni noto’g’ri rivojlanishi; Burunning tug’ma nuqsonlari orasida ikki bo’lakka bo’lingan burun, burunni xartum shaklida bo’lishi va burun chig’anoqlari nuqsonlari uchraydi. Burun nuqsonlari ko’pincha boshqa a’zolar, masalan qattiq yoki yumshoq tanglay nuqsonlari, yuqori lab kеmtikligi, bosh miya va qo’l-oyoqlarni rivojlanmay qolishi bilan birga uchraydi. Burun nuqsonlariga burun usti dеrmoid kistalari va oqmalari ham kiradi. Homila davridagi turli buzilishlar natijasida embrional tirqishlar o’rnida embrional epitеliy qoldiqlari saqlanib qolib, ulardan kistalar hosil bo’ladi. Burunning dеrmoid kistalari aylana va yumshoq kichik shish bo’lib, odatda burun suyaklari va burun tog’aylari o’zaro birikish hosil qilgan joyda tеri ostida joylashadi. Kista ichida ushoqsimon charvi moddasi bo’lib, ular orasida tuklar uchraydi. Kattalashgan sari kistalar atrof to’qimalarni bosib, burun shaklini o’zgartirishi, tashqariga yo’l ochib, bir yoki bir nеchta oqmalar hosil qilishi mumkin. Burun bo’shlig’iga ochilmaydigan bunday oqmalar vaqtincha
Do'stlaringiz bilan baham: |